4-mavzu. Billaterial simmetriyalilar. Yassi chuvalchanglar (Platyhelminthes) umumiy tavsifi. Reja: 1
Download 72.26 Kb.
|
4-mavzu. Billaterial simmetriyalilar. Yassi chuvalchanglar (Platyhelminthes) umumiy tavsifi. (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rivojlanishi.
Tuzilishi. Jigar qurti (Fastsiola hepatitsa) ning tanasi bargsimon yassi bo’lib, uzunligi 3-5 sm keladi. U ko’pchilik sutemizuvchilar, jumladan, qo’y, sigir, ot, tuya, echki, kiyik, quyon, cho’chqa kabi uy hayvonlari, ko’pchilik yovvoyi hayvonlar va ba’zan odam jigarining o’t yo’llarida parazitlik qiladi. Parazitlik qilib yashash munosabati bilan jigar qurtida ikkita so’rg’ich rivojlangan. Ulardan biri tanasining oldingi uchida, ikkinchisi undan keyinroqda - qorin tomonida joylashgan. Ikkala so’rg’ich yordamida jigar qurti o’t yo’llariga yopishib oladi.
Jigar qurtining og’iz teshigi og’iz so’rg’ichining o’rtasida joylashgan. Og’zi qisqa halqum bilan tutashgan. Halqumdan ikki shoxli ichak boshlanadi. Ichakning har qaysi shoxi yana ko’p yon shoxlarga ajraladi. Shoxlarning uchi berk bo’lib, oziq qoldig’i og’iz teshigi orqali chiqib ketadi. Jigar qurti o’t suyuqligi va qon so’rib oziqlanadi. Uning ayirish, nerv va jinsiy sistemalari oq planariyanikiga o’xshash tuzilgan bo’ladi. Rivojlanishi. Jigar qurti germafrodit hayvon. Uning urug’langan tuxumlari xo’jayin jigari o’t yo’llaridan ichakka va undan tezak bilan birga tashqi muhitga chiqadi. Tuxumlar suvga tushganida ulardan mikroskopik mayda mirasidiy lichinkasi chiqadi. Lichinkalar kipriklar bilan qoplangan bo’lib, suvda erkin suzib yuradi. Bunday lichinkalar chuchuk suv shillig’ini topib, uning tanasiga kirib oladi va kiprikchalarini tashlab, ikkinchi lichinkalik davri - rediyga aylanadi. Lichinkalar shilliq ichida rivojlanish bilan birga ko’paya boshlaydi. Bu davrda lichinka tanasida yana ko’p lichinkalar hosil bo’ladi. Bu lichinkalar dumli bo’lib, serkariy deb ataladi. Ular mollyuska tanasidan suvga chiqadi va birmuncha suzib yurgach, dumini tashlaydi, qalin qobiqqa o’ralib, sista hosil qiladi. Sistalar suv yuzasida qalqib yurishi yoki o’simliklarga yopishib olishi mumkin. Bunday sista suv yoki oziq bilan hayvonlarning ichagiga tushib qolganida uning qobig’i erib, lichinkalar ichak bo’shlig’iga chiqadi. Lichinka ichak devoridan qon orqali jigarga boradi va o’t yo’llariga yopishib, parazitlik qilishga o’tadi. Shunday qilib, jigar qurti ikkita organizmda rivojlanadi. U jinsiy voyaga yetgan davrida turli chorva mollari va yovvoyi hayvonlar, ba’zan odam jigari o’t yo’llarida parazitlik qiladi. Shuning uchun odam va sutemizuvchi hayvonlar jigar qurtining asosiy xo’jayini hisoblanadi. Parazit lichinkasi suv shillig’i tanasida parazitlik qiladi. Suv shillig’i jigar qurtining oraliq xo’jayini bo’ladi. Jigar qurti chorva mollari va uy hayvonlarida keng tarqalgan xavfli parazit hisoblanadi. Odam ham dalada ko’lmak suvlardan ichganida yoki yaylovdagi o’tlardan tatib ko’rganida unga jigar qurti yuqishi mumkin. Mushuk ikki so’rg’ichlisi (Opistgjrchis felineus). Onistorxis asosan mushuk, it, tulki, sher, chuchqa va boshqa sut emizuvchilar, hamdam odamning jigar, o’t yo’llari, o’t pufagi, oshqozon osti bezlarida parazitlik qilib hayot kechiradi. Tuzilishiga ko’ra lansetsimon surg’ichlilarga o’xshash bo’lib, tanasi 8-10 mm kattalikda. Mushuk ikki surg’ichlisining rivojlanish sikli quyidagicha: Yuqorida tilga olingan hayvonlar va odam oxirgi, chuchuk suvda yashovchi qorin oyoqli molyuska (Bithynia) birinchi oraliq xo’jayin va turli xil (sazan, karas) baliqlar ikkinchi oraliq xo’jayini hisoblanadi. Mollyuska ichida mirasidiy bo’lgan tuxumni yutib yuboradi. Unda sporosista, rediya va serkariya kabi davrlari o’tadi. Suvga chiqqan serkariyalar baliqlar terisi va jabrlariga yopishib, muskul to’qimalariga o’tadi. Keyinchalik metaserkariyga aylanadi. Definitive xo’jayinlar zararlangan baliqlarni ist’emol qilishi orqali parazitni o’ziga yuqtiradi. Mushuk ikki surg’ichlisi keltirib chiqaruvchi kasallikka opistorxoz deb ataladi. Opistopxozni kasallik sifatida birinchi marta 1891 yil Tomskda vrach K. H. Vinogradov aniqlagan. Parazit baliqchilik bilan shug’ullanuvchi rayonlar Sibir, hamda Evropaning sharqiy va janubiy hududlarida keng tarqalgan. Opistorxiz juda xavfli kasallik. O’limgacha olib borishi mumkin, shu kasallik bilan o’lgan kishining jigarida 25320 dona parazit borligi aniqlangan. Kasallikni davolashdan tashqari, boshqa turli xil (ayniqsa profilaktik) tadbirlarni qo’llash talab etiladi. Shistosoma (Schistosoma mansoni). Shistosomalar qon paraziti bo’lib, odam va hayvonlarning qon tomirlarida yashaydi. Asosan issiq iqlimli mamlakatlarda-Afrika, Osiyo va janubiy Amerkada keng tarqalgan. Shistosomaning boshqa trematodlardan farqi ular ayrim jinsli bo’ladi. Erkagining tanasi ancha yo’gon, 10-15 mm uzunlikda, qorin tomonida maxsus ariqsimon yorug’i bo’lib, ushanga uzun (20 mm li) va ingichka urg’ochisini joylashtirib birga yashashadi. Bular so’rg’ichlar uncha rivojlanmagan yoki butunlay bo’lmaydi. Shistosoma biogel’ment. Parazitning tuxumlari ichak va siydik pufagi devorlari orqali (qondan) bo’shliqqa va undan tezak hamda siydik bilan tashqi muhitga chiqadi. Suvga tushgan tuxumlardan mirasidiylar chiqib, oraliq xo’jayin-qorin oyoqli mollyuskalar tanasiga kiradi va bu erda serkariyalar etishadi Shistosoma serkariysining dumlari ayrisimon va nihoyatda serxarakat. Mollyuska organizmiga kirgan bitta mirasidiydan 200000 gacha serkariylar etishadi. Shunisi harakterliki bir mirasidiydan faqat bitta jinsning (yo erkak yoki urg’ochi) serkariylari voyaga etadi. Parazitning (serkariyning) definitive xo’jayiniga o’tishi quyidagi tartibda boradi: odam cho’milish paytida yoki serkariylar mavjud bo’lgan botqoqliklarda, (masalan: sholipoyada) ishlaganda serkariylar terini teshib, qon aylanish sistemasiga o’tib oladi va 43-55 kundan keyin jinsiy voyaga etadi. Suv ichish va suv o’tlarini ist’mol qilish orqali ham sistasomalar bilan zararlanish mumkin. Shistosomalar keltirib chiqaruvchi kasallik shistosomoz deyiladi. Eng xavfli gel’mentoz kasalliklaridan biri bo’lib, jahon sog’liqni saqlash tashkilotining (VOZ) ma’lumotiga ko’ra er yuzida 200 mln dan ortiq axoli shistasomoz kasalidan azob chekadi. Bu kasallikni davolash juda ham qiyin. Chunki parazit qonda uzoq vaqt yashaydi. Shistosomozga qarshi bir qator tadbirlar kompleksi amalga oshiriladi. Download 72.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling