4-mavzu. Billaterial simmetriyalilar. Yassi chuvalchanglar (Platyhelminthes) umumiy tavsifi. Reja: 1


Download 72.26 Kb.
bet19/22
Sana03.02.2023
Hajmi72.26 Kb.
#1149456
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
4-mavzu. Billaterial simmetriyalilar. Yassi chuvalchanglar (Platyhelminthes) umumiy tavsifi. (1)

Qo’y miya qurti (Milticeps multiceps) asosiy xo'jayini, asosan cho'pon itlari, oraliq xo'jayini qo'y va boshqa ba’zi uy va yovvoyi hayvonlar hisoblanadi. It ichidagi chuvalchangning uzunligi 40 mm dan 80 mm gacha bo’lib, itlarga katta ziyon yetkazmaydi. Miya quitining pufaksimon flnnasi yong'oqdan yoki undan kattaroq bo'lib, senur deyiladi. Senur devorida parazitning yuzlab boshchasi hosil bo'ladi. Bunday pufak qo'y va boshqa hayvonlar miyasi yarim sharlaridan birida hosil bo'lganidan hayvon faqat bir tomoni bilan aylana boshlaydi. Ana shuning uchun bu kasallik "gir aylanma" yoki "tentak kasalligi" deyiladi.
Tasmasimon chuvalchanglarning zarari. Tasmasimon chuvalchanglar hayvonlarga katta ziyon keltiradi. Kasallik tug’diruvchi ko'pchilik chuvalchanglar Cyclophyllidea va Pseudophylldea turkumiga kiradi. Birinchi turkumdan ichak ligulasi baliqlarga katta zarar yetkazadi. Uning uzunligi 50-80 sm, karpsimon Imliqlar (qora baliq, zog’ora, leshch, qizil ko’z) tana bo’shlig’ida parazitlik qiladi. Kasal baliqlar o'sishdan qolib; ko’pincha halok bo'ladi. Voyaga yelgan ligulaning uzunligi 1 m yaqin. U suvda va suv bo yida yashovchi qnshlar ichagida parazitlik qiladi. Ligula tanasi bo'g'imlarga bo’linmaydi, lekin germafrodit jinsiy organi tanasi bo’ ylab ko’p marta takrorlanadi. Xo’jayin ichagidan suvga tushgan tuxumdan koratsidiy lichinkasi chiqadi. Lichinka birinchi oraliq xo’jayin diaptomus qisqichbaqasi tana bo’shlig'iga o’tadi. Ikkinchi oraliq xo'jayin- baliqlar diaptomus qisqichbaqasini yeb parazit bilan zararlanadi. Qushlar esa kasal baliqlami yeganida zararlanadi. Odam va sutemizuvchi hayvonlarga exinokokk, miya qurti, qoramol vu cho’chqa tasmasimon chuvalchanglari ham katta ziyon keltiradi. Cho'chqa tasmasimon chuvalchangining tuzilishi va hayot kechirishi) tasmasimoniga o'xshaydi, lekin undan birmuncha kichikligi (uzunligi 2-3 m), boshida so'rg'ichlari bilan birga ilmoqlari ham bo' lishi, yetilgan bo’g’imlari 5-6 tadan uzilib chiqishi bilan farq qiladi. Cho'chqa lasmasimoni bilan zararlangan odamning ko'ngli aynib, qayd qilganida purazitning yetishgan bo’g'imlari uzilib ichakka tushishi va tuxumlardan chiqqan lichinkalai- ichki organlarga borib finnaga aylanishi mumkin. Odamlar, ayniqsa yosh botalarga kalta zanjirsimon chuvalchang Hymenolepis папа katta ziyon etkazadi. Parazit uzunligi 1-4,5 sm keladigan tanasi 100-200 ta mayda proglottidlardan iborat. Kalta zanjirsimon odam ichagida yashaydi. Uning onkosferasi dastlab ichak vorsinkasiga kirib, sistitserkoid tipidagi finnaga aylanadi. Parazit ichak bo’shlig'iga chiqib voyaga yetadi va tuxum qo’ya boshlaydi. Tuxumdan chiqqan lichinkasi 19 kunda voyaga yetadi. Odam parazit tuxumlarini iflos qoli orqali yoki oziq-ovqat bilan chetdan yuqtirishi mumkin. Parazit ayniqsa, bolalarga ko’p azob beradi. Kasal bolaning qorni og'rib, ichi ketadi yoki ichi qotadi. Parazit bolaning nerv sistemasiga ham ta’sir etadi. Moneziya (Monezia expama) muhim iqtisodiy ahamiyatga ega. Moneziya otlar va chorva mollari ichagida parazitlik qilib, og’ ir ichak kasalligini paydo qiladi. Moneziya kasallagan hayvonlar ko'plab qirilib ketadi. Moneziya mayda finnalari sovutli kanalar (Oribatidae oilasi) tanasida rivojlanadi. Hayvonlar kanalarni o’t bilan birga yutib zararlanadi.


Download 72.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling