4-mavzu. Billaterial simmetriyalilar. Yassi chuvalchanglar (Platyhelminthes) umumiy tavsifi. Reja: 1
Download 72.26 Kb.
|
4-mavzu. Billaterial simmetriyalilar. Yassi chuvalchanglar (Platyhelminthes) umumiy tavsifi. (1)
Tasmasimon chuvalchanglar tana shakli tasmaga o’xshash yassi va uzun bo’ladi. Tanasi bo’g’imlarga bo’lingan. Parazit hayot kechirishi tufayli ularning tuzilishi juda o’zgarib ketgan. Chunonchi, tanasining oldingi qismida xo’jayin ichagi devoriga yopishib olishga moslashgan har xil so’rg’ichlar va ilmoqchalar rivojlangan. Hazm qilish sistemasi yo’qolib ketgan. Ular tana yuzasi orqali xo’jayin ichagida hazm bo’lgan tayyor oziqni so’rib oladi. Jinsiy sistemasi juda kuchli rivojlangan bo’lib, har bir tana bo’g’imida takrorlanadi. Tasmasimon yassi chuvalchanglar odam va turli hayvonlarning ichki organlari va to’qimalarida parazitlik qiluvchi 3300 ga yaqin turni o’z ichiga oladi. Tipik vakili qoramol tasmasimoni hisoblanadi. Tasmasimon chuvalchanglar voyaga yetgan davrida umurtqali hayvonlar va odam ichagida parazitlik qiladi. Ularning lichinkasi umurtqasiz va umurtqali hayvonlar tana bo’shlig’i va ichki organlarida parazitlik qiladi
Tuzilishi. Tanasi ko’pincha uzun tasmasimon bo’lib, ko’p sonli bo’g’imlar - proglottidlarga bo’lingan. Tanasining oldingi qismi kichik boshcha- skoleksni hosil qiladi. Tananing skoleksdan keyingi bo’g’imlarga bo'linmagan qismi bo’yin deyiladi, undan keyinda esa proglottidlar joylashgan. Tasmasimon chuvalchanglar boshchasida yopishuv organlari bo’ladi. Yopishuv organi monogeniyalamikiga o'xshash soigichlar tipida yoki ikkita tirqishsimon chuqurchadan iborat bo’lishi mumkin. Ko’pchilik tasmasimon chuvalchanglar boshchasining uchida har xil shakldagi ilmoqchalar ham boiadi. Ba’zan ilmoqchalar xartumda joylashgan bo'ladi. Ba’zan xartum to’rtta boiib, juda ko’p ilmoqlar bilan ta'minlangan. Tasmasimon chuvalchanglar hazm qilish sistemasi reduksiyaga uchragan. Ular ichak bo’shlig’ida hazm bo’ladigan oziq moddalarni butun tana yuzasi bilan so’rib oladi. Mikrotrixiyalarga ega bo’lgan tegument bunga imkon beradi. Ayirish sistemasi protonefridiy tipdagi buyraklar tana bo’ylab o’tadigan ikkita ayirish naychalaridan iborat. Naychalar tananing keyingi qismidan boshlanadi, oldingi bosh qismiga yaqinlashgach, yana orqaga burilib, tanasining keyingi qismida tashqariga ochiladi. Tasmasimon chuvalchanglarda yon ayirish naylari o'zaro ko’ndalang naylar orqali qo'shilib, narvon ko’rinishga ega bo’ladi. Nerv sistemasi kuchsiz rivojlangan. Markaziy nerv sistemasi bir juft miya gangliylardan va ulardan tana bo’ylab orqaga ketadigan nerv stvollaridan iborat. Jinsiy sistemasi germafrodit, so’rg’ichlilarga o'xshash tuzilgan. Ko'pchilik tasmasimonlar tanasi bo'g'imlarga bo’lingan, jinsiy organi xar bir bo’g’imda takrorlanadi. Bo’g’imlarga bo’linmagan tasmasimonlar jinsiy sistemasi (C. aryophyllaeus) takrorlanmaydi. Download 72.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling