4-mavzu. Billaterial simmetriyalilar. Yassi chuvalchanglar (Platyhelminthes) umumiy tavsifi. Reja: 1


Download 72.26 Kb.
bet22/22
Sana03.02.2023
Hajmi72.26 Kb.
#1149456
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
4-mavzu. Billaterial simmetriyalilar. Yassi chuvalchanglar (Platyhelminthes) umumiy tavsifi. (1)

NEMIRTINALAR (NEMERTINI) TIPI Nemertinalar - asosan dengizlarda erkin hayot kechiradigan, qisman, parazit yashaydigan chuvalchanglar. Tanasi hilpillovchi epiteliy bilan qoplangan. Epiteliy ostida halqa va bo'ylama muskullar joylashgan. Tanasi oldingi uchida maxsus xaltachaga kirib turadigan uzun xartumi bor. Xnrtum o'ljasini tutish uchun zarur. Tana bo'shlig'i bo’lmaydi, ichki organlar oralig'i parenxima bilan to'lgan. Hazm qilish sistemasi oldingi, o'rta va keyingi ichakdan iborat. Qon aylanish va protonefridiy tipidagi ayirish sistemasi rivojlangan. Nerv sistemasi ortogon tipida tuzilgan. Nemertinalar - ayrim jinsli. Jinsiy sistemasi, sodda tuzilgan xaltachalar follikulalardan iborat. Jinsiy yo'llar va qo'shilish organi bo’lmaydi. Nemertinalarning 750 ga yaqin turi bor. Bu tipga nemertinalar (Nemertini) sinfi kiradi.
Tashqi tuzilishi. Tanasi cho' ziq, odatda silindr shaklida, ba’zan dorzoventral (orqa-qorin) yo'nalishida yassilashgan. Kattaligi 1-2 sm dan 2 in gacha, ba’zan 30 m ga yetadi. Ko'pchiligi qoramtir tusli, ba’zi vakillari yashil, qizil, pushti yoki chipor tusda bo'ladi. Og'iz teshigi tanasi oldingi qismining. qorin tomonida joylashgan. Tanasining eng uchki qismida joylashgan teshigidan uzun xartumini damba-dam chiqarib turadi. Keng tarqalgan: suvli muhit, tuproqlar ichida, odam, hayvon va o’simliklar organizmining turli to’qimalarida (qushlarning asosiy parazitlari-demak havo muhitga ham moslashgan) yashashga muvoffiqlashgan. Bunchalik ko’p tarqalishiga asosiy sabab, ularning gavdasini qoplab turuvchi kutikula qavatining murakkab tuzilganligidadir. Shuningdek gavdasining shakli va harakatlanishi ham bunga muvoffiqlashgan. Nematodlar turli xil muhit sharoitlarida yashashidan qat’iy nazar, ularning tuzilishida umumiy birlik bor.
Tanasi hilpillovchi epiteliy bilan qoplangan. Epiteliy ostida bazal membrana, uning ostida esa muskullar joylashgan. Bir guruh nemertinalarda muskullar tashqi halqa va ichki bo’ylama qavatlardan iborat. Boshqalarida esa halqa muskullar bilan epiteliy orasida yana bitta bo'ylama muskullar qavati joylashgan. Bundan tashqari orqa-qorin muskullar boylarai ham rivojlangan. Ichki organlari oralig’i g’ovak parenxima bilan to’lgan. Ichki tuzilishi. Ichagi to'g'n naysimon, tana bo’ylab joylashgan. Oldingi ichak qizilo’ngach deyiladi. 0 ‘rta ichak ikki yonida xaltasimon cho’ntaklialar bo’ladi. Keyingi ichak ektodermadan kelib chiqqan bo’lib, anal teshigiga ochiladi. Nemertinalar - yirtqich, chuvalchanglar, qisqichbaqalar, mollyuskalar va boshqa mayda hayvonlar bilan oziqlanadi. 0’ljani tanasi orqa tomonida maxsus qin ichiga joylashgan xartumi bilan tutadi. Lekin xartum hazm qilish nayi bilan bog’lanmagan. Qin muskullari qisqarganida xartum qayta ag’darilib tashqariga chiqariladi. Xartum hujum qilish va himoyalanish organi hisoblanadi. Ba’zi nemertinalar xartumida ninaga o’xshash o’tkir stileti bor. Qurollanmagan nemertinalar xartumi zaharli sekret ishlab chiqaradi. Qon aylanish sistemasi ilk bor paydo bo’lgan, ancha sodda tuzilgan. Asosiy qon tomirlari uchta; ulardan biri- orqa qon tomiri ichak ustida, boshqa ikkita yon tomiri tanasi ikki yonida joylashgan. Qon tomirlari tana oldingi uchida o’zaro tutashgan. Yirik qon tomirlari ko’ndalang tomirlar orqali o’zaro tutashgan bo’ladi. Qon oziq moddalar va kislorodrli organlar
Download 72.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling