4-mavzu. Billaterial simmetriyalilar. Yassi chuvalchanglar (Platyhelminthes) umumiy tavsifi. Reja: 1


Monogeniyalar (Monogeniodea) sinfi


Download 72.26 Kb.
bet14/22
Sana03.02.2023
Hajmi72.26 Kb.
#1149456
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Bog'liq
4-mavzu. Billaterial simmetriyalilar. Yassi chuvalchanglar (Platyhelminthes) umumiy tavsifi. (1)

Monogeniyalar (Monogeniodea) sinfi.
Monogeniyalar, ya’ni ko’p so'rg'ichlilar baliqlar terisi va jabralarida yashaydigan ektoparazitlar. Ba’zan ular suvda ham quruqlikda yashovchilar va sudralib yuruvchilar qovug'i va boshqa organlarida parazitlik qiladi.
Tuzilishi. Monogeniyalar tanasi cho’ziq va yassi bo’lib, keyingi tomonida yopishuv diski joylashgan. Diskda xo’jayin tanasiga yopishish uchun zarur bo’lgan bir qancha ilmoqlar, so’g’ichlar yoki ikki tavaqali klapanlar bo’ladi. Bunday yopishuv organlari ularni tez harakatlanadigan baliqlar tanasiga yopishib olishga yordam beradi. Monogeniyalar tanasi oldingi tomonida ham uncha katta bo’lmagan so’rg’ichlari bo’ladi. So'rgichlarga yopishqoq suyuqlik ajratadigan bir hujayrali bezlar yo’li ochiladi. So’rg'ichlar parazitni xo'jayini tanasiga yopishib turishi uchun xizmat qiladi. Jinsiy sistemasi germafrodit. Urug'donlari bitta yoki ko’p, tuxumdoni bitta.
Kо’payishi. Hayot siklida xo’jayin almashinish va nasl gallanish sodir bo’lmaydi. Baqa ko’p so’rg’ichlisi polistoma (Polystoma integerrium) voyaga yetgan davrida baqa qovug’ida yashaydi. Uning ko'payishi baqalarning ko'payishi bilan bir vaqtda boshlanadi. Parazit baqa qovug'idan uning kloakasiga o'tib, urug’langan tuxumlarini suvga tashlaydi. Tuxumdan chiqqan juda mayda kiprikli lichinkalarning16 ta mayda ilmoqchalari bo’ladi. Lichinkalar itbaliq jabralariga yopishib olib, kipriklarini tashlaydi. Ular tanasi keyingi qismida ikkita yirik ilmoq va so'rgichlar hosil bo’ladi. Voyaga yetgan parazit qo’ygan tuxumlardan lichinkalarning ikkinchi nasli rivojlanadi. Itbaliq jabralar baqaga aylanish davrida yo’qolib ketishi sababdan itbaliq baqaga aylanishga ulgurmaydi. Shuning uchun parazit xo’jayin terisi orqali uning kloakasiga va undan siydik pufagiga o’tib oladi. Lichinka endi uch yildan so’ng, ya’ni baqa voyaga yetishi bilan birga voyaga yetadi. Karpsimon baliqlar paraziti daktilogirus (Dactylogyrus vastator) ning rivojlanishi boshqacharoq boradi. Uning uzunligi 1-3 mm, baliqlar jabrasida parazitlik qilib, o’lja joyga tuxum qo’yadi. (Girodaktilus -Gyrodaclylus ko’p so’rgichli tirik tug’adi. Uning bachadonida partenogenetik yo’l bilan bitta embrion shakllanadi. Bu embrion voyaga yetguncha uning ichida ikkinchi embrion, keyingisi ichida uchinchi, uchinchisi ichida to’ rtinchisi shakllanadi. Monogeniyalar germafrodit bo’lib, ular o’z-o’zini imigiantiradi. Shuning bilan birga ayrim turlarida o’z-o’zini urug’lantirishga to’sqinlik qiluvchi omillar ham rivojlangan. Masalan, spaynik- Diplozoon paradoxum ayrim jinsli, yosh davrida erkagi urg’ochisidan alohida yashaydi. Keyinroq parazitlar qorin so’rg’ichlari orqali bir-biriga yopishib olishadi. Parazitlardan birining urug’i yoki ikkinchisi tuxum yo'liga ochilishi tufayli ular bir-birini urug’lantiradi.
Ahamiyati. Monogeniyalar baliqchilikka katta ziyon keltiradi. Ular orasida ayniqsa, chuchuk suv baliqlari jabrasida parazitlik qiladigan Dactylogyridae oilasi vakillari katta patogen ahamiyatga ega. Ular teridagi shilimshiq modda va epiteliy, ba’zan qon bilan oziqlanib, baliqlami yoppasiga qirilib ketishiga sabab bo’lishi mumkin. Gyrodactylidae oilasi vakillari ham katta ziyon keltiradi. Volga daryosida osetrsimon baliqlarga nitsha - Nitzchia sturionis katta ziyon keltiradi. Bu parazit iqlimlashtirilgan neviyuga balig'i bilan Orol dengiziga kelib qolgan va mahalliy osetrsimon baliqlarda (baqra) parazitlik qilishga o’tgan.

Download 72.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling