4-mavzu. Billaterial simmetriyalilar. Yassi chuvalchanglar (Platyhelminthes) umumiy tavsifi. Reja: 1
- Ma’ruza: Neodermata taksoni. So’rg’ichlilar (Trematoda) sinfi Tasmasimon chuvalchanglar (Cystoda) sinfi
Download 72.26 Kb.
|
4-mavzu. Billaterial simmetriyalilar. Yassi chuvalchanglar (Platyhelminthes) umumiy tavsifi. (1)
13 - Ma’ruza: Neodermata taksoni. So’rg’ichlilar (Trematoda) sinfi Tasmasimon chuvalchanglar (Cystoda) sinfi
Reja 1. So’rg’ichlilar sinfi: tuzilishi va funksiyalari. 2. Jinsiy tizimi va ko’payishi. 3. Biologiyasi va hayot sikllari. 4. Odam va uy hayvonlarining parazit vakillari. 5. Tasmasimon chuvalchanglar sinfiga umumiy tavsifi. 6. Tana tuzilishi va funksiyalari. 7. Ko’payishi va vakillarini hayot sikllari. So’rg’ichlilar tanasi bargsimon yassilashgan, sirti qalin kutikula bilan qoplangan parazit yassi chuvalchanglar. Voyaga yetgan so’rg’ichlilar tanasi sirtida kipriklar bo’lmaydi, og’iz va qorin so’rg’ichlari rivojlangan. Shu sababli ular so’rg’ichlilar deyilgan. Ularning hazm qilish, ayirish, nerv va jinsiy sistemasi rivojlangan. 5000 ga yaqin turi ma’lum. Bir qancha turlari yovvoyi va uy hayvonlari, shuningdek, baliqlar jigarida, ayrim turlari esa odam jigari va vena qon tomirida yashovchi xavfli parazitlar hisoblanadi. So'rg’ichlilar (Trematoda) sinfi. Trematodalar sinfi vakillari ham monogeneyalar singari kiprikli chuvalchanglardan kelib chiqqan. Ammo ular barcha umurtqalilar - baliqlar, amfibiyalar, reptiliyalar, qushlar va sutemizuvchilar, shu jumladan, odamlarning hamda umurtqasizlarning ichki parazitlari hisoblanadi. Bu sinf haqidagi dastlabki ma’lumotlar XVII asrning o’rtalarida paydo bo’lgan. Taniqli italiyalik olim Redi birinchi marta qoramollar jigarida jigar qurtini topib, uning tuzilishini o’rganadi. Shved olimi K. Linney trematodalarning 40 dan ortiq turini o’rganib, birinchi marta trematodalar sinfiga asos solgan. 1819-yili mashhur gelmintolog olim K.A. Rudolfi 220 dan ortiq trematodalar turini o’rganadi. Trematodalarni har tomonlama o’rganishda rus olimlari yetakchi ro’l o’ynaydi. Akademik K.I. Skryabin o’z shogirdlari bilan trematodalar bo’yicha 26 tomlik kapital asarlar yozgan. Hozirgi vaqtda trematodalar, ya’ni so’rg’ichlilar sinfiga 5000 dan ortiq tur kiradi, shulardan qariyib 50 % baliqlarda qolganlari esa boshqa umurtqalilarda parazitlik qiladi. Odamlarda ularning 30 ga yaqin turi uchraydi. Trematodalar o’z xo’jayinlarining hazm organlarida, jigar va jigar o’t yo’llarida, qon tomirlarida va boshqa ichki organlarda parazit holda yashaydi. Bu sinfga kiruvchilarning hammasi endoparazitlar hisoblanadi. Trematodalarning ko’pchiligi bargsimon shaklga ega. Ammo ular orasida noksimon, ipsimon shaklga ega bo’lganlari ham uchraydi. Trematodalarning tana uzunligi 0,1 mm dan 10-15 sm gacha yetadi. Akulalarning ogiz bo’shligida parazitlik qiladigan ayrim so’rgichlilarning uzunligi 1,5 m ga (Didymozoidae oilasi turlari) yetadi. Tana qoplag’ichi tegument deb ataladigan kipriksiz epiteliydan iborat. Epiteliyning sirtqi qavati yadrosiz sitoplazmatik plastinkadan iborat. Bu qavat hujayralari juda ko’p mitoxondriylar va vakuollarga ega, lekin hujayralar o’rtasida chegara yo’qolib, sinsitiy hosil qiladi. Epiteliy sirtidagi har xil pixlar qo’shimcha yopishuv organi hisoblanadi. Sitoplazmatik ipchalar yordamida tegument qavati sitoplazmaning parenximasiga botib turadigan yadroli qismi bilan bog’langan. Tegument ostida bazal membrana va uning ostida halqali-bo’ylama muskullar joylashadi. Hazm sistemasi ektodermali oldingi ichak (og’iz, tomoq, qizilo’ngach) va entodermali o’rta ichakdan iborat. Yirik vakillarida ichak kuchli tarmoqlangan bo’lsa, birmuncha mayda turlarida ikkita yon nayidan tuzilgan. Ichaklarining uchlari berk. Og’zi tananing oldingi qismida, og’iz so’rg’ichining ostida joylashgan. Ayirish sistemasi protonefridiy tipida bo’lib, odatda bir juft yig’uvchi naylar va ulardan tarqaladigan juda ko’p naychalardan iborat. Naylar siydik pufagiga, pufak esa tashqariga ochiladi. Nafas olish va qon aylanish sistemalariga ega emas. Nerv sistemasi ortogon tipda tuzilgan bo’lib, bir juft miya gangliylaridan hamda ulardan oldinga va orqaga ketadigan uch juft bo’ylama nerv tomirlaridan iborat. Nerv tomirlari ko’ndalang nerv tolalar bilan qo’shilgan. Bo’ylama nervlardan ayniqsa, qorin nerv tomiri yaxshi rivojlangan. Sezgi organlari voyaga yetgan davrida rivojlanmagan, suvda erkin suzib yuradigan lichinkalarning bir yoki ikki juft oddiy ko’zchalari - teri retseptorlari bo’ladi. Endoparazitizmga o’tish tufayli ko’zlari yo’qolgan. Trematodalarning ko’pchiligi germafrodit. Ular ichida faqat qon parazitlari - shistosomalar ayrim jinslidir. Jinsiy sistemasi xilma-xil va murakkab tuzilgan. Erkaklik jinsiy organi qorin so’rg’ichidan orqaroqda joylashgan bir juft urug’dondan iborat. Urug’donlardan bittadan urug’ yo’li boshlanadi. Qorin so’rg’ichidan keyinroqda urug’ yo’llari qo’shilib, urug’ chiqarish nayini hosil qiladi. Bu nay urug’lantiruvchi organ ichidan o’tadi. Urug’lantiruvchi organ maxsus xaltacha jinsiy kloakada joylashgan. Tuxumdoni bitta; urug’donlardan keyinroqda joylashadi. Tuxumdon ootip deb ataladigan xaltachaga ochiladi. Ootipga urg’ochilik jinsiy bezlarining yo’li ochiladi. Tananing ikki yonida juda ko’p pufakchalar shaklidagi sariqdonlar joylashgan. Tananing oldingi va keyingi qismidan chiqadigan sariqdon yo’llari bitta ko’ndalang nayga birlashadi va ootipga kelib qo’shiladi. Ootipdan uzun egri-bugri bachadon boshlanadi. Bachadon yetilgan tuxum hujayralar bilan to’lgan bo’lib, jinsiy kloakaga ochiladi. Ootipga urug’ qabul qilgich va qisqa laurerov nayi ham ochiladi. Bundan tashqari ootipni mayda po’choq bezlari ham o’rab turadi. Yetilgan tuxumlar ootipga tushib urug’lanadi. Buning uchun kuyikish organi bachadonga kiritiladi. Urug’lar bachadondan urug’ qabul qilgichga va undan ootipga o’tadi. Laurerov nayi orqali ootipdagi ortiqcha urug’ hujayralari chiqarib turiladi. Sariqdon hujayralarining sitoplazmasida zahira oziq modda glikogen to’planadi. Sariqdon hujayralari tuxum hujayrani o’rab oladi. Sariqdon hujayralari ajratadigan maxsus modda bu hujayralar sirtida qattiq po’choq hosil qiladi. Yetilgan tuxum bachadonga tushadi u joydan tashqi muhitga chiqib ketadi. Barcha trematodalar xo’jayin almashtirish yo’li bilan rivojlanadi. Ular ikki yoki uch xo’jayin orqali taraqqiy etadi. Necha xo’jayin ishtirokida rivojlanmasin barcha trematodalaming birinchi oraliq xo’jayini suvda yoki quruqlikda yashovchi mollyuskalar hisoblanadi. Mollyuskalar uchramaydigan hududlarda trematodalaming ontogenezi to’xtaydi. O’zbekiston hududida suv mollyuskalari orqali rivojlanuvchi trematodalar odatda, ikki xo’jayinli (birinchi-oraliq xo’jayin-mollyuskalar, ikkinchisi-asosiy, yoki definitiv xo’jayinlar-umurtqalilar), quruqlikda yashovchi mollyuskalar orqali rivojlanuvchilari uch xo’jayinli bo’ladi. Trematodalarning taraqqiyoti, ya’ni ontogenezi o’z ichiga 4 bosqichni oladi, ya’ni embriogoniya, partenogoniya, sistogoniya va maritogoniya. Ikki xo’jayinli trematodalarda embrional taraqqiyot bosqichi suv muhitida, nam sharoitda kechadi. Bu bosqichda tuxum ichida 1- avlod lichinka - kiprikli miratsidiy yetiladi, bu lichinka tuxum qopqoqchasini ochib tuxum ichidan suvga ochadi. Bunday miratsidiyda ikkita oddiy ko’zcha, bosh nerv tuguni, protonefridiyalar, muskul qavatlar rivojlangan bo’ladi. Unda ichak va jinsiy apparat bo’lmaydi. Shunday qaraganda trematodalarning 1 - avlod lichinkasi — miratsidiyning tuzilishi ancha murakkab va ko’p jihatdan turbellyariyalarni eslatadi. Miratsidiy ichaksiz bo’lganligi tufayli oziqlana olmaydi, shuning uchun uning umri juda qisqa bo’ladi (36 soatgacha). Shu orada u suzib yurgan holda o’zining oraliq xo’jayini-mollyuskalarni qidiradi va faol holda uning tanasini teshib kiradi. Buning uchun ular tana uchidagi xartumcha va maxsus bezlar shirasidan foydalanadi. Mollyuskaning jigarida kiprikchalari, ko'zchalari, nerv tugunlari, protonefridiyalarini yo’qotib, 2- avlod lichinka - xaltasimon sporotsistaga aylanadi. Shu paytdan boshlab trematodalaming partenogoniya taraqqiyot bosqichi boshlanadi. Sporotsistalar ichagi bo’lmagan holda tana yuzasi bilan xo'jayin tanasidan erigan moddalarni shimib oziqlanadi. Sporotsistadagi tuxum hujayralari otalanmasdan, partenogenetik yo’li bilan ko’payib, ko'plab 3- avlod lichinka - rediylarni hosil qiladi. Rediylar sporotsistalar ichidan ajralib chiqadi. Partenogenetik yo’li bilan ularning tuxum hujayralaridan 4 - avlod lichinkalar - dumli serkariyalar rivojlanadi. Serkariylarda ikkita so’rgich, ikki shoxli ichak, protonefridiyalar yetilgan bo’ladi. Shu darajaga yetgan serkariylar rediylarni yorib mollyuskalarning maxsus teshigidan suvga chiqadi. Shu bilan trematodalarning partenogoniya taraqqiyot bosqichi tugab, sistogoniya taraqqiyot bosqichi boshlanadi. Bunda serkariylar suv ostiga va boshqa qattiq substratlarga, ayrim hollarda suv yuzasida o’zining sistogenli bezlaridan ajralib chiqqan yelimsimon modda bilan yopishib, yumaloq shaklga keladi va maxsus qobiqlarga o'raladi, dumini yo’qotib, sista-adoleskariy hosil qiladi. Adoleskariylar trematodalarning 5 - avlod lichinkasidir. Maritogoniya taraqqiyot bosqichida o’tlarga yopishgan yoki suvdagi bunday yuqumli adoleskariylar asosiy xo’jayinlar (barcha umurtqalilar, shu jumladan, barcha qishloq xo’jalik hayvonlari, odamlar) organizmiga og’iz orqali tushgach, oshqozonda va ichakda ularning qobiqlari yorib, ajralib chiqqan lichinkalar o’zlarining parazitlik qilish joylariga tushadi va asta-sekin maritaga, ya’ni voyaga yetgan trematodaga aylanadi. Bunday trematodalardan tashqi-suv muhitiga ajralib chiqqan tuxumlarda rivojlangan miratsidiylar yuqorida ko’rsatilgan taraqqiyot bosqichlarini bosib o’tadi. So’rg’ichlilar (Trematoda) sinfi So rg'ichlilar sinfiga 400 dan ortiq tur kiradi. Hamma vakillari umurtqali va umurtqasiz hayvonlarning ichki organlarida parazit yashaydi. Kattaligi bir necha mm, ba’zan bir necha sm gacha, baliqlarda parazitlik qiladigan ayrim so’rg’ichlilar tanasi uzunligi 1,5 m ga yetadi (l)idymozoidae oilasi turlari). Tuzilishi. Tanasi shakli kiprikli chuvalchanglarga o’xshash bargsimon, lekin parazit yashashga moslanish belgilari mavjud. Tanasi sirtida kipriklari bo’lmaydi; og’iz va qorin so’rg'ichlari yordamida yopishib yashaydi. Og'iz so’rg’ichi tanasining oldingi uchida; uning o’rtasida og’iz teshigi joylashgan. Qorin so'rgichi og'iz so'rg’ichidan orqaroqda joylashgan; faqat yopishish uchun xizmat qiladi. Maxsus muskullar qisqarib bo'shashganida so'rg'ichlar xaltasi kengayishi va torayishi tufayli parazit xo'jayin organlariga yopishib oladi. Tana qoplag’ichi tegument deb ataladi kipriksiz epiteliydan iborat. Epileliyning sirtqi qavati yadrosiz sitoplazmatik plastinkadan iborat. Bu qavat hujayralari juda ko’p mitoxondriyalar va vakuolalarga ega, lekin hujuyralar o’rtasida chegara yo’qolib, sinsitiy hosil qiladi. Epiteliy sirtidagi xar xil pixlar qo’shimcha yopishuv organi hisoblanadi. Sitoplazmatik ipchalar yordamida tegument qavat sitoplazmaning parenximasiga botib turadigan yadroli qismi bilan bog'langan. Tegument ostida bazal membrana va uning ostida halqa bo’ylama muskullar joylashadi. Hazm qilish sistemasi nayi og’iz teshigidan boshlanadi. Og’iz teshigi muskulli ektodermal halqum, qizilo’ngach va endodermal o’rta ichakdan iborat. O’rta ichak odatda ikki shoxga ajralgan, yirik turlarda esa ko’p shoxli bo'ladi. Ayirish sistemasi protonefridiy tipida bo’lib, odatda bir juft yig'uvchi naylar va ulardan tarqaladigan juda ko’p naychalardan iborat. Naylar siydik pufagiga, pufak esa tashqariga ochiladi. Nerv sistemasi ortogon tipda tuzilgan bo’lib, bir juft miya gangliylaridan hamda ulardan oldinga va orqaga ketadigan uch juft bo’ylama nervlardan iborat. Nervlar ko’ndalang nerv tolalar bilan qo'shilgan. Bo'ylama nervlar orasida, ayniqsa, qorin nervlari yaxshi rivojlangan. Sezgi organlari voyaga yetgan hayvonlarda rivojlanmagan, suvda erkin suzib yuradigan lichinkalarning bir yoki ikki juft oddiy. Jinsiy sistemasi. Ko’pchilik so rg ‘ichlilar germafrodit, jinsiy sistemasi xilma-xil va murakkab tuzilgan. Erkaklik jinsiy organi qorin so’rg’ichidan orqaroqda joylashgan bir juft urug’dondan iborat. Urug’donlardan bittadan urug' yo’li boshlanadi. Qorin so’rg’ichidan ko’zchalari- teri retseptorlari bo’ladi. Keyinroqda urug’ yo’llari qo’shilib, urug' chiqarish nayini hosil qiladi. Bu nay urug’lantiruvchi organ ichidan o'tadi. Urug’lantiruvchi organ maxsus xaltacha - jinsiy kloakada joylashgan. Tuxumdon bitta, urug’donlardan keyinroqda joylashadi. Tuxumdon ootip deb ataladigan xaltachaga ochiladi. Ootipga urg’ ochilik jinsiy bezlarining yo’li ochiladi. Tananing ikki yonida juda ko’p pufakchalar shaklidagi sariqdonlar joylashgan. Tananing oldingi va keyingi qismidan chiqadigan sariqdon yo’llari bitta ko’ndalang nayga birlashadi va ootipga kelib qo'shiladi. Ootipdan uzun egri-bugri bachadon boshlanadi. Bachadon yetilgan tuxum hujayralar bilan to’lgan bo’lib, jinsiy kloakaga ochiladi. Ootipga urug’ qabul qilgich va qisqa laurerov nayi ham ochiladi. Bundan tashqari ootipni mayda po’choq bezlari ham o’rab turadi. Yetilgan tuxumlar ootipga tushib urug’lanadi. Buning uchun urug’lantirgich organ bachadonga kiritiladi. Urug’lar bachadondan umg’ qabul qilgichga va undan ootipga o’tadi. Laurerov nayi orqali ootipdagi ortiqcha urug’ hujayralari chiqarib turiladi. Sariqdon hujayralarining sitoplazmasida zaxira oziq modda - glikogen to’planadi. Sariqdon hujayralari tuxum hujayrani o’rab oladi. Sirti sariqdon ajratadigan maxsus modda bu hujayralar sirtida qattiq po’choq hosil qiladi. Tuxum yetilgach bachadonga tushadi, u joydan tashqi muhitga chiqib ketadi. Rivojlanishi. So’rgichlilarning hayot sikli juda murakkab bo’lib, nasi Nhiiushinish orqali boradi. Jigar qurti (Fasciola nepatica) ning rivojlanishi (|uyidagicha boradi. So’rg’ichlilaming voyaga yetgan davri marita deyiladi. Jigar qurtining maritasi jigaming o’t yoilarida parazitlik qiladi vn shu joyga tuxum qo’yadi. Tuxumlari o’t yo’li orqali ichakka, so’ngra ho’ jayini axlati bilan tashqi muhitga chiqib ketadi. Tasodifan suvga tushib qolgan tuxumlardan kipriklar bilan qoplangan mikroskopik lichinka - miratsidiy rivojlanib chiqadi. Miratsidiyning ikkita oddiy ko'zchasi, nerv gangliysi va bir juft protonefdiylari bo’ladi. Miratsidiyning tanasi keyingi qismida maxsus partenogenetik tuxumlari, ya’ni murtak hujayralar bo’ladi. Lichinka tanasining oldingi uchida kichikroq muskulli xartumi bor. Xartumi uchiga maxsus lichinka uchining yo’li ochiladi. Miratsidiy o’z tanasidagi zaxira glikogen hisobiga yashaydi. Miratsidiyning bundan keyingi rivojlanishi oraliq xo’jayini tanasida davom etadi. Bunday xo’jayin chuchuk suvlarda uchraydigan har xil qorinoyoqli mollyuskalar hisoblanadi. Jigar qurtining lichinkasi kichik chuchuk suv shillig’i (Lamnaea truncatula) tanasida rivojlanadi. Miratsidiy xartumchasi yordamida shilliq tanasini teshib, uning ichki organlariga kirib oladi. Maxsus bez suyuqdigi suv shillig’i to’qimalarini eritib lichinkani mollyuska tanasiga o’tib olishiga imkon beradi. Mollyuska tanasidagi miratsidiy kipriklarini tashlab, xaltasimon shakldagi sporotsistaga aylanadi. Sporotsista parazitning ko'payish xususiyatiga ega bo'lgan voyaga yetgan davri deyish mumkin. U holda miratsidiy sporosistaning lichinkasi bo’ladi. Sporotsista davrida uning ichidagi partenogenetik tuxumlar bo’linib, navbatdagi lichinkalar - rediyalar hosil bo'ladi. Rediyaning xaltaga o’xshash kalta ichagi bor. Sporotsista yorilib, rediyalar mollyuska tanasiga chiqadi. O’z navbatida rediyalar ichidagi partenogenetik tuxum hujayralardan yana yangi lichinkalar- serkariyalar hosil bo’ladi. So’rg’ichlari, ikki shoxli ichagi, ayirish sistemasi va nerv tugunlarining tuzilishi bilan serkariya voyaga yetgan parazit maritaga o’xshaydi, lekin undan uzun va yo’g’on muskulli dumining rivojlanganligi bilan farq qiladi. Serkariyalar rediya tanasidagi teshik orqali mollyuska tanasiga, so'ngra sporotsistaning lichinkasi bo’ladi. Serkariylar ham miratsidiylar singari oziqlanmaydi, bir necha kundan so’ng suv o’tlariga o’tirib olgach, dumini tashlab tanasi sirtida sista hosil qiladi. Parazitning bu davri adoleskariy deyiladi. Suvga kelgan hayvonlar o'tlarni yeb, parazitni yuqtiradi. Ichakda sistaning qobig’i eriydi. Yosh parazit hayvonning tana bo’shlig’i orqali jigar o't yo'llariga o’tib olib voyaga yetadi. So’rg’ichlilar nasl almashinish orqali ko’payadi. Ularning lichinkalik davrida murtaklik hujayralarining bo’linishi orqali ko’payishi pedogenezdan iborat. Partenogenezning bu xili pedogenez (lichinkalik davrida ko'payish) deb ham ataladi. Agar miratsidiy lichinka deyiladigan bo'lsa sporotsista va rediyalarni ikkita urg’ochi nasl deyish mumkin. So’rg’ichlilar hayot sikli germafrodit va partenogenetik naslini almashinuvidan iborat. Bu hodisa, shuningdek ayrim jinsli va germafrodit, ayrim jinsli va partenogenetik nasllarni almashinib turishini geterogoniya deyiladi. Pedagenezning biologik ahamiyati asosiy xo’jayin tanasida rivojlanish imkoniyatiga ega bo'lgan parazitlar sonini keskin oshirishdan iborat. Download 72.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling