4-mavzu. Billaterial simmetriyalilar. Yassi chuvalchanglar (Platyhelminthes) umumiy tavsifi. Reja: 1


Download 72.26 Kb.
bet8/22
Sana03.02.2023
Hajmi72.26 Kb.
#1149456
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Bog'liq
4-mavzu. Billaterial simmetriyalilar. Yassi chuvalchanglar (Platyhelminthes) umumiy tavsifi. (1)

Ayirish sistemasi. Tanasining g’ovak to’qimasida juda ko’p uchi berk naychalar joylashgan. Bu naychalar tananing ikki yonidagi yirik ikkita naychaga kelib tutashadi. Moddalar almashinuvi natijasida hosil bo’ladigan zararli moddalar tanadagi ortiqcha suv bilan mayda naychalarning ichiga sizib o’tib, ana shu naylar orqali chiqarib yuboriladi. Maxsus ayirish sistemasi kiprikli chuvalchanglarda birinchi marta paydo bo'ladi. Bu sistema tana bo'ylab o'tadigan ikki yoki bir nechta umumiy naylardan va ularning parenximaga ko'p marta maydalanishi natijasida hosil bo’lgan juda ingichka naychalardan iborat.
Naychalar uchida yulduzsimon kiprikli hujayralar joylashgan. Kipriklarning ishlashi yonib turgan sham shulasini shamolda hilpirashiga o'xshaydi. Shu sababdan ular “hilpirovchi hujayralar” deyiladi. Kipriklar suvda erigan ayirish mahsulotlarini naylarga haydaydi. Bunday ayirish sistemasi protonefridiylar, ya’ni oddiy buyraklar deyiladi. Tuban ichaksiz kiprikli chuvalchanglarda maxsus ayirish organi bo’lmaydi, ayirish mahsulotlarini amyobotsitlar tanadan olib chiqib ketadi.
Nerv sistemasi. Planariyaning nerv hujayralari gidranikiga o’xshab tarqoq joylashmasdan, aksincha, tananing oldingi tomonida to’planib, ikkita nerv tugunini hosil qiladi. Bu nerv tugunlaridan tananing keyingi tomoniga ikkita nerv tomiri chiqadi. Har qaysi nerv tomiri nerv tolalaridan va ularning ustida joylashgan nerv hujayralaridan tashkil topgan. Nerv tomirlari ko’ndalang nervlar orqali o’zaro qo’shilib, narvon shaklini hosil qiladi. Nerv tugunlari va tomirlaridan tananing hamma qismiga nervlar ketadi. Ayniqsa, tananing oldingi tomonidagi paypaslagichlarida va ko’zlarida nervlar ko’p bo’ladi. Shunday qilib, planariyada va boshqa yassi chuvalchanglarda nerv hujayralari va nerv tomirlari birgalikda nerv sistemasini hosil qiladi.
Planariya nerv sistemasi yordamida har xil ta’sir (harorat, suvning tarkibi, mexanik ta’sir) ni, ko’zlari yordamida yorug’likni sezadi. Paypaslagichlar, teri va ko’zlar sezgi organlari hisoblanadi. Nerv sistemasining barcha yassi chuvalchanglarga xos boigan bu tipi ortogon deyiladi. Sezgi organlari. Kiprikli chuvalchamglaming sezgi a’zolari kuchsiz rivojlangan. Tuyg’u vazifasini teri, ayrim vakillarida esa tana oldingi qismida joylashgan bir juft o’simtalari bajaradi. Mexanik va kimyoviy la’simi tana bo’ylab tarqalgan harakatsiz kiprikchalar sezadi. Bu kiprikchalar xuddi bo’shliqichlilar knidotseliga o’xshash tuzilgan, lekin nerv hujayralari bilan bog’langanligi bilan ulardan farq qiladi. Nerv hujayralarming o’simtasi miya gangliysi bilan bogiangan. Bunday sezgi a'zolari sensillalar deyiladi. Ko’zlari bitta yoki bir necha hujayradan hosil bo’lgan pigmentli qadahchadan iborat. Hujayralardan chiqadigan nerv tolalari ko’rish nervlariga birlashib, miya gangliysiga boradi. Pigmentli qadahning botiq tomoni tashqariga o'girilgan. Yorug’lik retseptor hujayra tanasidan o’tib, uning yorug’likka sezgir qismiga tushadi. Bunday ko’zlar teskari ag'darilgan, ya’ni invertirlangan deyiladi.

Download 72.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling