4-mavzu. Billaterial simmetriyalilar. Yassi chuvalchanglar (Platyhelminthes) umumiy tavsifi. Reja: 1


Tashqi tuzilishi va yashash muhiti


Download 72.26 Kb.
bet7/22
Sana03.02.2023
Hajmi72.26 Kb.
#1149456
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
Bog'liq
4-mavzu. Billaterial simmetriyalilar. Yassi chuvalchanglar (Platyhelminthes) umumiy tavsifi. (1)

Tashqi tuzilishi va yashash muhiti. Oq planariya uzunligi 2-3 sm bo’lgan bargsimon oqish, sut rangida yoki kulrang tusli hayvon. U ko’l va daryolarning tubida faol hayot kechiradi. Oq planariyani respublikamizda kichikroq soylarning tubida yotgan tosh, barg va cho’plarning ostida uchratish mumkin.
Planariya tanasining kengaygan oldingi uchida bir juftdan kalta paypaslagichlari va qoramtir nuqta shaklidagi ko’zchalari joylashgan. Tashqi tomondan planariya tanasi bir qavat kiprikli hujayralar bilan qoplangan. Halqumdan va uchi berk o’rta ichakdan iborat. Hazm bo’lmagan oziq qoldiqlari og'iz orqali chiqarib yuboriladi. Ko'pchilik turlari yirtqich bo'lib, har xil mayda hayvonlar bilan oziqlanadi. Og'iz teshigi qorin tomonining o'rtasida, tanasining oldingi yoki keyingi uchiga yaqin joyda joylashgan. Mayda vakillarining o'rta ichagi uchi berk oddiy xaltaga yoki nayga o'xshaydi. Yirik vakillarining ichagi shoxlangan. Ko’p shoxlilaming halqumi oshqozonga ochiladi, oshqozondan esa har tomonga ichak shoxlari taraladi. Uch shoxlilarda esa halqumdan birdaniga ichakning uchta shoxi boshlanadi, ulardan biri oldinga, ikkitasi orqaga taraladi. Bu shoxlar o’z navbatida yana bir necha marta shoxlanib, parenximadaga barcha to’qima hamda organlarga yetib boradi. Ichak oziq moddalami barcha to’qimalarga yetkazib beradi. Oziq bo’shliqichlilar singari hujayra ichida fagotsitoz orqali hazm bo’ladi. Nafas olish va qon aylanish organlari bo’lmaydi. Kiprikli chuvalchanglar tanasiga suvda erigan kislorod butun tana yuzasi orqali diffuziya yo'li bilan o’tadi.
Hazm qilish sistemasi. Planariyaning og’iz teshigi qorin tomonining o’rta qismi yaqinida joylashgan. Og’zi qisqa muskulli halqum bilan tutashgan. Halqumdan uchta shoxchaga ajralgan uchi berk ichak boshlanadi. Ichak shoxlaridan biri bosh tomonga, qolgan ikkitasi orqa tomonga yo’nalgan. Har qaysi ichak, shoxlari o’z navbatida juda ko’p uchi berk yon shoxlarni, og’iz teshigi, halqum va ichak ovqat hazm qilish sistemasini hosil qiladi. Planariyaning orqa ichagi va chiqaruv teshigi bo’lmaydi.
Planariya mayda suv hayvonlari - chuvalchanglar, qisqichbaqasimonlar va hasharotlarning lichinkasi bilan oziqlanadi. O’ljasini dastlab o’z tanasi bilan qoplab oladi, so’ng o’tkir tishli halqumini og’zidan chiqarib, o’ljasining tanasiga sanchadi va uning ichidagi suyuqlikni so’rib oladi. Oziq ichakda hazm bo’ladi. Ichak shoxchalari orqali oziq butun tanasiga tarqaladi. Oziqning hazm bo’lmagan qismi og’iz teshigi orqali tashqariga chiqarib tashlanadi.

Download 72.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling