4-mavzu. Billaterial simmetriyalilar. Yassi chuvalchanglar (Platyhelminthes) umumiy tavsifi. Reja: 1


Download 72.26 Kb.
bet5/22
Sana03.02.2023
Hajmi72.26 Kb.
#1149456
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
4-mavzu. Billaterial simmetriyalilar. Yassi chuvalchanglar (Platyhelminthes) umumiy tavsifi. (1)

Tana simmetriyalari. Simmetriya hayvonlar tanasinnng o’xshash qismlarini simmetriya markazi (nuqta, to’g’ri chiziq yoki yuza) atrofida ma’lum bir geometrik tartibda mutanosib joylashuvidan iborat. Tana simmetriyasi uzoq davom etib kelayotgan evolyutsion taraqiyot natijasi bo’lib, yashash muhiti bilan chambarchas bog’liq. Hayvonlar tana simmetriyasinnng asosiy xillari quyidagilardan iborat.
1.Radial nurli, ya’ni teng o’qli simmetriya suvda qalqib hayot kechiradigan sharsimon plankton hayvonlar (quyoshlilar, nurlilar, volvokslar va boshqalar)da ko’rish mumkin. Ular tanasinnng o’xshash qismlari bir nuqtadan tarqaladigan radial nurlar yo’nalishida joylashgan.
Radial nurli simmetriya suv muhitida qalqib turuvchi hayvon yashab turgan muhitining tananing hamma tomonida bir xil bo’lishi bilan bir xildagi tana simmetriyasiga ega bo’lgan hayvonlar tashqi muhit tasiriga javob reaksiyasi ham tananing hamma tomonida bir xilda bo’ladi.
2.Radial o’qli simmetriya suv tubida o’troq yashaydigan bo’shliqichlilar va ularning erkin yashovchi meduzalari, shuningdek taroqlilar va ninaterililar uchun xosdir. Radial o’qli simmetriyaga ega bo’lgan hayvonlar tananing o’xshash qismlari aylanish o’qi atrofida joylashgan. Hayvonlar tanasidagi simmetrik bo’laklar soni tana sirtida joylashgan paypaslagichlar (bo’shliqichlilar, taroqlilar, g’ovaktanlilar) yoki tana markazidan ketuvchi nurlar soni bilan belgilanadi.
Ninaterililar ya’ni ikki yoqlama simmetriya juda ko’pchilik harakatchan umurtqasiz hayvonlar va hamma umurtqali hayvonlar uchun xos bo’ladi. Bu hayvonlar tanasini markaziy o’q orqali o’tadigan yagona chiziq orqali faqat ikkita teng bo’laklarga ajratish mumkin. Bilaterial simmetriyasiga ega bo’lgan hayvonlar tanasining chap va o’ng yarmini, oldingi (bosh) va keyingi (dum), orqa (elka) va qorin tomonlarini aniq ajratib olish mumkin.
Odatda radial nurli tana simmetriyasi faqat bir hujayralilar, radial o’qli simmetriya birmuncha sodda tuzilgan umurtqasizlar uchun xarakterlidir.
Shuning bilan birga ayrim hayvonlar tanasi simmetriyasiz tuzilmagan bo’ladi. Bunday hayvonlarga sodda tuzilgan yalang’och amyobalar bilan bir qatorda qorin oyoqli mollyuskalar ham misol bo’ladi. Qorin oyoqlilar tanasining assimmetrik tuzilishi spiral chig’anoqning hosil bo’lishi bilan tananing bir tomonga buralishi natijasida kelib chiqan bo’lib, ikkilamchi xarakterga egadir.

Download 72.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling