4-mavzu. Billaterial simmetriyalilar. Yassi chuvalchanglar (Platyhelminthes) umumiy tavsifi. Reja: 1


Yassi chuvalchanglarning o’ziga xos xususiyatlari


Download 72.26 Kb.
bet6/22
Sana03.02.2023
Hajmi72.26 Kb.
#1149456
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
4-mavzu. Billaterial simmetriyalilar. Yassi chuvalchanglar (Platyhelminthes) umumiy tavsifi. (1)

Yassi chuvalchanglarning o’ziga xos xususiyatlari. Yassi chuvalchanglar ancha murakkab tuzilgan ikki yonlama simmetriyali hayvonlar. Agar ular tanasi bo’ylab xayolan bitta o’q chiziq o’tkazilsa, bu chiziq ularning tanasini teng ikki bo’lakka bo’ladi. Tanasi orqadan qorin tomoniga qarab yassilashgan, shakli bargsimon yoki tasmasimon bo’ladi. Yassi chuvalchanglarda haqiqiy to’qimalar, maxsus organlar (hazm qilish, ayirish, jinsiy, sezgi organlari) hamda nerv sistemasi rivojlangan. Faqat birmuncha sodda tuzilgan vakillarining hazm qilish sistemasi to’la rivojlanmagan. Parazit tasmasimon chuvalchanglarning hazm qilish sistemasi yo’qolib ketgan. Yassi chuvalchanglarning tana bo’shlig’i rivojlanmagan. Organlar oralig’i g’ovak to’qima bilan to’lgan.
Yassi chuvalchanglar tipining 13000 dan ortiq turi ma’lum. Ko’pchilik turlari odam va turli hayvonlar organizmida parazitlik qiladi. Ular orasida chuchuk suvda va dengizda yashovchi vakillari ham bor. Yassi chuvalchanglar tipi kiprikli chuvalchanglar, so’rg’ichlilar, tasmasimon chuvalchanglar) sinfi, Monogeniyalar (Monogenea) sinfi, Sestodasimonlar (Cestodaria) sinflariga bo’linadi.
Kiprikli chuvalchanglar (Turbellaria) sinfi
Kiprikli chuvalchanglarning bargsimon yassilashgan tana sirti juda ko’p mayda kiprikchalar bilan qoplangan. Ovqat hazm qilish sistemasi qisqa halqum va o’rta ichakdan iborat Ichagining uchi berk bo’lib, orqa ichagi va orqa chiqaruv teshigi rivojlanmagan. Ko’pchilik turlarining ichagi uch shoxli bo’ladi. Bir qancha turlarida esa ichak ko’p shoxli yoki shoxlanmagan (to’g’ri ichakli) bo’ladi. Ayrim kiprikli chuvalchanglarning ichagi umuman bo’lmaydi. Hamma kiprikli chuvalchanglarning ayirish, nerv va jinsiy sistemalari rivojlangan.
Kiprikli chuvalchanglar chuchuk suv havzalari, dengiz va okeanlarning tubida erkin hayot kechiradi. Ularning 3500 ga yaqin turi ma’lum. Bu sinfning keng tarqalgan tipik vakili oq planariyadir. Kiprikli chuvalchanglar (Turbellaria) sinfi kiprikli chuvalchanglaming tana yuzasi mayda kiprikchalar bilan qoplangan cho'ziq bargsimon shaklda bo’ladi. Dengiz yoki chuchuk suvlarda erkin yashaydi, ayrim turlari quruqlikda ham uchraydi.
Teri-muskul xaltasi. Kiprikli chuvalchanglar tanasi uzunligi bir necha mm dan bir necha sm gacha yetadi. Ayrim turlari (masalan, oq planariya) tanasining oldingi qismida paypaslagichga o’xshash kalta o’simtalari bo'ladi. Tanasi silindrsimon kiprikli epiteliy bilan qoplangan. Ba'zan sitoplazmaning yadro joylashgan bir qismi parenximaga chuqur botib kirishi tufayli hujayralar orasida chegara yo’ qoladi. Bu xildagi tana qoplag'ichi botib kirgan epiteliy deyiladi. Epiteliy hujayralari orasida va parenximada yakka yoki to’p bo'lib “teri bezlari” deb ataladigan qadahsimon hujayralar joylashgan. Ulardan bir xili- tayoqchasimon rabditlar hayvon ta’sirlanganida tashqariga otilib сhiqib, tana sirtini himoya qiladigan qobiq hosil qiladi. Epiteliy ostida elastik bazal membrana, uning ostida esa halqa va bo’ylama muskullar qavati hamda tolalari o’zaro kesishgan diagonal muskullar joylashgan. epiteliy va muskul qavatlari birgalikda teri-muskul xaltasini hosil qiladi

Download 72.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling