4-mavzu. Billaterial simmetriyalilar. Yassi chuvalchanglar (Platyhelminthes) umumiy tavsifi. Reja: 1


Download 72.26 Kb.
bet9/22
Sana03.02.2023
Hajmi72.26 Kb.
#1149456
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Bog'liq
4-mavzu. Billaterial simmetriyalilar. Yassi chuvalchanglar (Platyhelminthes) umumiy tavsifi. (1)

Jinsiy sistemasi va ko’payishi. Tanasining oldingi qismida oval shakldagi ikkita urg’ochilik ko’payish organi - tuxumdonlar, tanasining o’rtaroq qismida esa juda ko’p erkaklik ko’payish organlari - pufakka o’xshash urug’donlar joylashgan. Bu organlar uning jinsiy sistemasini tashkil etadi. Tuxumdonlarda tuxumlar, urug’donlarda esa spermatozoidlar hosil bo’ladi. Tuxum hujayrasi organizm ichida urug’lanadi. Urug’lanishda ikkita planariya yaqinlashib, urug’ hujayralari almashinadi. Urug’langan tuxumlar sariq modda bilan qoplanadi va to’p-to’p qilib pilla ichiga qo’yiladi. Pilla tuxumlarni noqulay sharoitdan saqlaydi. Yosh planariyalar pilla devorini yorib suvga chiqadi. Dengizda yashovchi chuvalchanglar metomorfoz orqali rivojlanadi. Tuxumdan myullerov lichinka chiqadi.
Demak, bitta planariya tanasida ikki xil jinsiy hujayralar - tuxum va spermatozoidlar rivojlanadi. Organizmida bir vaqtning o’zida urg’ochilik va erkaklik jinsiy organlari bo’lgan hayvonlar germafrodit deyiladi. Jinsiy sistemasi germafrodit, odatda murakkab tuzilgan. Ko'pchilik chuvalchanglarda jinsiy bezlar yaxshi rivojlangan va xilma-xil tuzilgan. Quyida ko’p shoxli va uch shoxli chuvalchanglar jinsiy sistemasining tuzilishi keltirilgan. Erkaklik jinsiy sistemasi parenximada yoyilib joylashgan juda ko’p mayda pufakchalar, urug’ naychalari va tana ikki yonida joylashgan urug’ yo’lidan iborat. Ikkita urug’ yo’li qo’shilib, urag’lanuvchi nayni hosil qiladi. Bu nay kuyikish organi orqali kloakaga ochiladi. Kloakaga urg’ochilik organlari nayi ham ochiladi.
Urg'ochilik jinsiy sistemasi har xil sondagi tuxumdonlar, ulardan boshlanadigan ikkita tuxum yo’li, jinsiy qin va juda ko'p sariqdonlardan iborat. Sariqdonlar rivojlanayotgan embrion uchun oziq modda bo'lib, ularning nayi tuxum yo'liga ochiladi. Sariqdon hujayralari urug'lanish xususiyatini yo'qotgan tuxum hosil qiluvchi ootsitlar hisoblanadi. Urg'ochlik jinsiy bezlari va ko'pincha urug' qabul qilgich yo'li ham kloakaga ochiladi. Tuxum hujayra tuxum yo'lida urug’lamb, sariq modda va qobiq bilan o'raladi. Tuxumning bunday tuzilishi boshqa yassi chuvalchanglarga ham xos bo'ladi. Ko'payishi va rivojlanishi. Ko'pchilik kiprikli chuvalchanglar faqat jinsiy yo’1 bilan ko'payadi. Har xil sistematik guruhlaming embrional rivojlanishi turlicha boTadi. Odatda tuxum hujayrasi to’liq, lekin notekis bo'linadi. Ko'p shoxlangan ichakli dengiz kiprikli chuvalchanglari metamorfoz orqali rivojlanadi. Tuxumdan chiqqan Myullerov lichinkasi voyaga yetgan davri dan keskin farq qiladi. Lichinkaning tanasi tuxumsimon, ichagi xaltaga o'xshash bo’ladi. Dastlab lichinka radial simmetriyaga xos belgilarga ega bo'ladi. Lichinka tanasining o'rta qismida, ya’ni og'iz teshigidan oldinroqda 8 ta eshkaksimon uzun o’simtalar osilib turadi. O'simtalar qirrasida uzun kipriklari joylashgan. Lichinka kipriklar yordamida planktonda suzib yuradi; mayda chuvalchangga aylangandan so'ng suv tubiga cho'kadi. Bir qancha turlari o'zgarishsiz rivojlanadi. Makrostomidlar turkumi vakillari ko'ndalang bo’linish orqali ko'payadi. Kiprikli chuvalchanglar 12 turkumga bo'linadi.

Download 72.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling