4-mavzu. Billaterial simmetriyalilar. Yassi chuvalchanglar (Platyhelminthes) umumiy tavsifi. Reja: 1


So’rg'ichlilarning patogen ahamiyati


Download 72.26 Kb.
bet12/22
Sana03.02.2023
Hajmi72.26 Kb.
#1149456
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Bog'liq
4-mavzu. Billaterial simmetriyalilar. Yassi chuvalchanglar (Platyhelminthes) umumiy tavsifi. (1)

So’rg'ichlilarning patogen ahamiyati. Ko'pchilik so’rg’ichlilar odam va hayvonlarda parazitlik qiladi). Ular orasida jigar qurti - Fasciola hepatica katta xo’jalik ahamiyatiga ega. Bu qurtning voyaga yetgan davrida uzunligi 3- 5 sm bo’lib, deyarli barcha sutemizuvchilar, jumladan odam jigari o’t yo’llarida parazitlik qiladi. Parazit ta’sirida mollar jigarining o’t yollari bekilib, o’t suyuqligining oqishi qiyinlashib qoladi. Ayrim yillari chorva mollari (qo’ylar)ning zararlanishi epizootiya tusini olgan. Sutemizuvchi hayvonlar jigarida Jametsimon so'rg'ichli - Dicrocoelum lanceatum ham parazitlik qiladi. Bu parazitning uzunligi 0,5 1,2 sm, birinchi oraliq xo'jayini quruqlikda yashovchi qorinoyoqli mollyuskalar, ikkinchi oraliq xo'jayini chumolilar bo’ladi. Chumolilar mollyuskalar ajratib chiqaradigan serkariyli qopchalari, sutemizuvchilar bilan birga chumolilarni yeb zararlanadi. Mushuk ikki so'rg'ichlisi - Opisthorchis felineus (mushuk, it va odam jigarida parazitlik qiladi. Uzunligi 8-13 mm. Birinchi oraliq xo’jayin bitiniya mollyuskasi -Bithynia leachi, ikkinchisi baliq hisoblanadi. Odam va hayvonlar metatserkariyli baliq go’shtini yaxshi pishirilmagan yoki dudlamagan yeganida parazitni yuqtiradi. Kuchli zararlangan odam halok bo’lishi mumkin. Parazit Sibir hamda Yevropaning sharqiy va janubiy hududlarida tarqalgan. Qon so’rg’ichlisi (Shistosoma haematobium, - ikki jinsli hayvon. Erkagi (uzunligi 12-14 mm) urg’ochisi (20 mm) ga nisbatan kalta, biroz keng bo’ladi. Urg’ochisi ingichka, erkagining qorin tomonidagi tarnovsimon chuqurchasida joylashgan bo’ladi. Shistozomalar odamning qorin bo’shlig’idagi yirik vena tomirlarida, shuningdek buyrak va qovuq venalarida yashaydi. Urg’ochisi qovuq devori va orqa ichak venasiga tuxum qo’yadi. Miratsidiy lichinkasi bo’lgan tuxumlar qovuq devorini teshib, uning bo’shlig’iga, undan siydik bilan tashqariga chiqib ketadi. Suvda tuxumdan chiqqan miratsidiylar ayrim chuchuk suv qorinoyoqli mollyuskalari tanasiga kirib oladi. Mollyuskalar tanasidan suvga chiqqan miratsidiylar cho’milayotgan yoki sholipoyada ishlayotgan odamlar terisini teshib qon tomiriga o’tib oladi. Bu parazit paydo qiladigan kasallik nistozomatoz deyiladi. Bu sinf digenetik so’rg’ichlilar va aspidogasterlar kenja sinflariga ajratiladi.
Digenetik, so’rg’ichlilar (Digenea) kenja sinfi. Digenetik so'rg'ichlilar deyarli barcha vakillarining ikkita sorg’ichi bo’ladi. Rivojlanish sikli juda murakkab, nasl almashinuv orqali boradi. So'rgichlilarning asosiy ko’pchiligi, shu jumladan yuqorida keltirilgan ular ham ana shu kenja sinfga kiradi. Aspidogasterlar (Aspidogasteraea) kenja sinfi.
Aspidogasterlarning 40 ga yaqin turi ma’lum. Ularning yopishuv organlari juda keng yopishuv diskidan iborat. Disk bir necha qator so’rg’ich chuqurchalariga bo’lingan. Aspidogasterlar metamorfoz orqali rivojlanadi, lekin hayot siklida nasl gallanishi bo’lmaydi. Tipik vakili Aspidogaster conchicola baqachanoq yurak oldi xaltasida parazitlik qiladi. Boshqa vakillari asosan mollyuskalar, baliqlar va toshbaqalarda parazitlik qiladi.
So’rg’ichlilar sinfidan odam va mahsuldor hayvonlarga ko’proq Fasciolata, Paramphistomata, Heterophyata, Echinostomatata va Schistosomatata kenja turkumlarning vakillari katta ziyon yetkazadi

Download 72.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling