4-mavzu. Billaterial simmetriyalilar. Yassi chuvalchanglar (Platyhelminthes) umumiy tavsifi. Reja: 1


Download 72.26 Kb.
bet17/22
Sana03.02.2023
Hajmi72.26 Kb.
#1149456
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
4-mavzu. Billaterial simmetriyalilar. Yassi chuvalchanglar (Platyhelminthes) umumiy tavsifi. (1)

Ko’payishi. Qoramol tasmasimoni jinsiy organlari har bir tana bo’g’imida takrorlanib turadi. Gavdasining bo’yinga yaqin qismidagi yosh bo’g’imlarda jinsiy organlari yetilmagan bo’ladi, o’rta qismiga yaqin joylashgan bo’g’imlarida esa jinsiy organlar yaxshi rivojlangan bo’lib, germafrodit bo’g’imlar deyiladi. Bu bo’g’imlarda tuxumdonlar, sarig’donlar, bachadon va jinsiy yo’llarning naylari yaxshi bilinib turadi. Keyingi tomonda joylashgan bo’g’imlarda esa yetilgan tuxumlarga zich to’lgan, juda kengaygan bachadonni ko’rish mumkin.
Qoramol tasmasimoni tuxumga to’la bo’g’imlari tanasining keyingi uchidan bittadan uzilib, odamning ichak bo’shlig’iga tushadi va axlati bilan tashqi muhitga chiqib ketadi. Yetilgan har bir bo’g’imda 175000 tagacha tuxum bo’lishi mumkin. Tashqi muhitda tuxum ichida olti ilmoqli juda mayda lichinka rivojlanadi. Ana shunday tuxumlar yem-xashak bilan birga qoramollar ichagiga tushganida ulardan olti ilmoqchali lichinkalar chiqadi. Lichinkalar ichak devoridan o’tib, qonga tushadi va qon oqimi bilan turli ichki organlar: muskullar va jigarga tarqaladi. Organlarda lichinkalar moshdek keladigan pufakchalarni hosil qiladi. Bu pufakchalar finna deb ataladi. Mikroskop ostida finna ichiga qayrilib kirib turgan so’rg’ichli boshchani ko’rish mumkin. Finnalar tasmasimon chuvalchanglarning yuqumli davri hisoblanadi. Agar finnali go’sht yaxshi pishirilmasdan iste’mol qilinsa yoki finnali go’sht qiymasi tatib ko’rilsa, odam o’ziga parazitni yuqtiradi. Odam ichagida pufakchadan lichinkaning boshchasi buralib chiqadi. Lichinka so’rg’ichlari yordamida ichak devoriga yopishib olib, rivojlana boshlaydi. Tasmasimon chuvalchanglar har xil usulda urug’lanadi. Xo’jayin ichagida bir necha chuvalchang bo’lganida ular bir-birini urug’lantiradi. Xo’ jayin ichagida faqat bitta chuvalchang bo’lganida har xil proglottidlar bir-birini urag’lantirishi, hatto bitta proglottid ham o'z-o’zini urug’lantirishi mumkin. Lichinkalaming rivojlanishi ham bir xilda kechmaydi. Qoramol va cho’chqa tasmasimon chuvalchangi lichinkalari tuxum ichida, serbar tasmasimon chuvalchang (Diphyllobothrium latum) lichinkasi tashqi muhitda (suvda) rivojlanadi. Odatda tuxumdan olti ilmoqli lichinka chiqadi. Lichinkaning bundan keyingi rivojlanishi xo'jayin almashtirish orqali boradi. Qoramol tasmasimon chuvalchangining tuxumi asosiy xo'jayin (odam) ichagidan axlat bilan tashqariga tushganida tuxum ichida onkosfera lichinkasi yetiladi. Lichinkali tuxumlar yem-hashak bilan oraliq xo’jayin ichagiga tushadi. Tuxumdan chiqqan onkosfera ilmoqlar yordamida ichak yoki oshqozon devorini teshib, limfatik sistema yoki qon tomirlariga, ulardan esa har xil ichki organlar, ko’proq jigar, ba'zan o’pka, miya yoki boshqa organlarga o’tib oladi. Bu organlarda onkosfera pufaksimon finna (lavriga aylanadi. Finna tasmasimon chuvalchanglarning invaziyali (yiiqumli) davri hisoblanadi. Tasmasimon chuvalchanglarning finnalari sistitserk, protserkoid, plerotserkoid, senur yoki exinokokk deb ataladi. Sistitserk ichi suyuqlik bilan to’lgan mosh kattaligidagi pufakdan iborat. Pufak devorining bir cheti pufak bo’shlig’iga botib kirgan bo’ladi. Shu joyda lichinkaning to’rt so'rg’ichli boshchasi joylashadi. Finnalar ana shu holatda bir necha yil yashashi mumkin. Finna faqat asosiy xo’jayini, yani odam ichagiga tushgandan so’ng rivojlanib voyaga yetadi. Yaxshi pishirilmagan finnali go’sht yoki jigar odam ichagiga tushganida pufak ichidagi boshcha tashqariga chiqadi. Pufak yemirilib, lichinka boshchasi V« bo’yinchasi tez o’sa boshlaydi. Bo’yincha keyingi qismi ko’ndalangiga bo'linish orqali yangi bo’g’imlarni chiqarib, uzun proglottidlar zanjiri hosil qiladi. Shunday qilib, qoramol tasmasimon chuvalchangi rivojlanishi xo'jayin almashinishi va murakkab o’zgarishlar, ya’ni onkosferani finnaga aylanishi voyaga yetgan parazitga aylanishi orqali boradi.

Download 72.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling