4-mavzu. Billaterial simmetriyalilar. Yassi chuvalchanglar (Platyhelminthes) umumiy tavsifi. Reja: 1


Download 72.26 Kb.
bet16/22
Sana03.02.2023
Hajmi72.26 Kb.
#1149456
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
Bog'liq
4-mavzu. Billaterial simmetriyalilar. Yassi chuvalchanglar (Platyhelminthes) umumiy tavsifi. (1)

Tuzilishi. Qoramol tasmasimoni voyaga yetgan davrida odamning ingichka ichagida parazitlik qiladi. Tanasining uzunligi 8-10 m ga etadi. Tanasi to’g’nag’ich boshchasi kattaligidagi juda kichik boshcha, kalta bo’yin, keng va uzun bo’g’imli gavdaga bo’lingan. Boshida to’garak shaklli to’rtta so’rg’ichi bo’ladi. So’rg’ichlar yordamida parazit o’z xo’jayini ichagi devoriga yopishib oladi. Tanasining boshchasidan keyingi bo’g’imlarga bo’linmagan qismi bo’yincha deyiladi. Bo’yinchadan keyingi uzun qismi 1000 ga yaqin bo’g’imlardan iborat. O’sish davrida bo’yin doim yangi bo’g’im hosil qilib turadi; eski bo’g’imlar esa tananing orqa tomoniga qarab surilaveradi. Tanasi qalin kutikula bilan qoplangan. Kutikula parazitni xo’jayini ichagida ishlab chiqariladigan hazm shirasi ta’siridan himoya qiladi.
Ayirish sistemasining naychalari tanasining ikki yoni bo’ylab joylashgan bo’lib, har bir bo’g’imida ko’ndalang naychalar orqali o’zaro tutashgan. Yon tomondagi naychalar tanasining keyingi qismida tashqariga ochiladi. Qoramol tasmasimoni - Taeniarhynchus saginatus tanasining bo'yindan keyin joylashgan yosh bo'g'imlarida jinsiy organlar rivojlanmagan. Bunday organlar tanasi o'rta qismida, taxminan 200 segmentdan boshlab rivojlanadi. Erkaklik jinsiy organlari parenximada sochilgan juda ko'p urug'donlar, ulardan boshlanadigan urug' chiqarish naylari va naychalar hosil qiladigan umumiy urug' yo'lidan iborat. Urug' yo’li bo'g'im chetida joylashgan qo'shilish organi ichidan o'tadi. (qo'shilish organi muskulli naydan iborat bo'lib, yon tomondagi chuqurcha- jinsiy kloakaga kirib turadi.
Urg'ochilik jinsiy organlari shoxlangan bitta tuxumdon va undan chiqadigan tuxum yo'lidan iborat. Tuxum yo’li va bo’g’imning keyingi qismida joylashgan to'rga o'xshash sariqdon yo'li ootipga ochiladi. Ootipdan boshlanadigan ikkita naydan biri yon tomonga yo'nalib, jinsiy qin - kloakaga ochiladi. Ootipdan boshlanadigan ancha keng uchi berk ikkinchi nay oldinga yo’nalgan bo'lib, bachadon deyiladi. Yetilgan tuxum va spermatozoidlar ootipga tushadi. Tuxum hujayra ootipda urug’lanib, qobiqqa o’raladi. Tuxumga to’lgan bachadon kengayib, bo’g’imning hamma qismini egallab oladi. Jinsiy sistemaning boshqa qismlari esa asta-sekin yo'qolib boradi. Tuxumga to’lgan bunday bo’g’imlar "yetilgan" deyiladi. Yetilgan bo’gimlar chuvalchang tanasi keyingi qismi dim bir nechtadan uzilib ichakka tushadi va axlat bilan tashqariga chiqib ketadi. Qoramol tasmasimoni juda serpusht bo’ladi. Parazit ichakda 18-20 yil yashab, har yili 600 mln gacha, hayoti davomida 11 mid ga yaqin tuxum qo' yadi.

Download 72.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling