AQSh dollarining barqarorligi so‘zsiz ravishda AQShning iqtisodiy etakchiligi hamda uning oltin zahiralariga monopol tarzda egaligi orqali ta’minlandi. Valyutalarning bozor kursi paritetdan 1% chegarada tebranishi mumkin edi. Bretton-Vuds valyuta tizimi barqaror, keskin tebranishlarga uchramaydigan valyuta kurslarini o‘rnatish asosida yuzaga keldi. AQSh dollarining barqarorligi so‘zsiz ravishda AQShning iqtisodiy etakchiligi hamda uning oltin zahiralariga monopol tarzda egaligi orqali ta’minlandi. Valyutalarning bozor kursi paritetdan 1% chegarada tebranishi mumkin edi. Bretton-Vuds valyuta tizimi barqaror, keskin tebranishlarga uchramaydigan valyuta kurslarini o‘rnatish asosida yuzaga keldi. Xalqaro valyuta fondiga a’zo mamlakatlar o‘zlarining valyuta kurslarini dollarga yoki oltinga nisbatan belgiladilar, o‘z navbatida dollar oltinga bog‘langan edi. Shuning uchun oltinning dollardagi bahosi barcha narx xisob-kitoblari uchun asos bo‘ldi. Barcha jahon narxlari dollarda belgilana boshladi. Xalqaro to‘lov vositalari asosiy zahira valyutasi sifatida AQSh dollari va oltindan tashkil topgan bo‘lishi kerak edi. Odatda, Bretton-Vuds tizimi 1944 yildan 1971 yilgacha davr mobaynida mavjud bo‘lgan bo‘lsa ham, haqiqatda mazkur tizim 1959 va 1968 yillar o‘rtasidagina muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatgan xolos. 1946 yildan 1959 yil yanvargacha valyuta kurslari barqarorlashtirish kreditlari hisobiga ushlab turilgan. 1959 yildagina G‘arbiy Evropa mamlakatlarining valyutalari erkin konvertatsiyalanishi bilan Bretton-Vuds tizimi to‘liq miqyosda faoliyatini boshlagan. Odatda, Bretton-Vuds tizimi 1944 yildan 1971 yilgacha davr mobaynida mavjud bo‘lgan bo‘lsa ham, haqiqatda mazkur tizim 1959 va 1968 yillar o‘rtasidagina muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatgan xolos. 1946 yildan 1959 yil yanvargacha valyuta kurslari barqarorlashtirish kreditlari hisobiga ushlab turilgan. 1959 yildagina G‘arbiy Evropa mamlakatlarining valyutalari erkin konvertatsiyalanishi bilan Bretton-Vuds tizimi to‘liq miqyosda faoliyatini boshlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |