4-mavzu. Kalibrlar
Kalibrlarning bajariluvchi о‘lchamlarini hisoblash
Download 475.41 Kb. Pdf ko'rish
|
4-M
- Bu sahifa navigatsiya:
- Misol
2. Kalibrlarning bajariluvchi о‘lchamlarini hisoblash.
Bajariluvchi о‘lcham deb yangi kalibrlar tayyorlanadigan chekka о‘lchamlarga aytiladi. Bu о‘lchamlarni joriy qilish uchun skobaning chizmasida uning eng kichik chekka о‘lchami va musbat og‘ishi, tiqin hamda nazorat kalibri (kontr-kalibr) uchun eng katta chekka о‘lchami va manfiy og‘ishi kо‘rsatiladi. Binobarin, chizmada og‘ish kalibrning “badani” tomoniga qо‘yiladi, bu metall tayyorlashning maksimumini ta’minlaydi va yaroqli kalibrlar chiqish ehtimolini oshiradi. Kalibrlarning bajariluvchi о‘lchamlari standartda keltirilgan formulalar yordamida hisoblanadi. Misol: 1. D = 60 mm, joizlik maydoni H7 bо‘lgan teshikni nazorat qilish uchun tiqin-kalibrning о‘lchamlarini hisoblang. Standartdan buyumning chekka og‘ishlarini topamiz: ES = + 30 mkm; EI = 0. Teshikning eng katta va eng kichik chekka о‘lchamlari: D max = 60,030mm; D min = 60,000mm. Standartdan kalibr о‘lchamlarini hisoblash uchun kerak bо‘lgan ma’lumotlarni olamiz: H = 5mkm; z = 4mkm; Y = 3mkm. Joizlik maydonlari joylashish sxemasi 4.15-rasmda kо‘rsatilgan. Yangi о‘tuvchi tiqin-kalibrning eng katta о‘lchami: PR max = D min + z + H/2 = 60,000 + 0,004 + 0,005/2 = 60,0065 mm. PR kalibrning chizmasida qо‘yiladigan о‘lcham 60,0065 -0,005 . Bajariluvchi о‘lchamlari: eng kattasi 60,0065 mm; eng kichigi 60,0015 mm. 49- rasm.Joizlik maydonlari joylashish sxemasi Yeyilgan о‘tuvchi tiqin-kalibrning eng kichik о‘lchami: PRe yilg. = D min - Y = 60,000 - 0,003 = 59,997 mm. Agar PR kalibr shu о‘lchamga ega bо‘lsa, uni foydalanishdan chiqarib tashlash lozim. О‘tmaydigan yangi tiqin-kalibrning eng katta о‘lchami: Nem ax = D max + H/2 = 60,030 + 0,005/2 = 60,0325 mm. NE kalibrning chizmasida qо‘yiladigan о‘lcham 60,0325 -0,005 . Bajariluvchi о‘lchamlari: eng kattasi 60,0325 mm; eng kichigi 60,0275 mm. K-I max = d max + Y 1 + Hp/2 = 60,000 + 0,003 + 0,002/2 = 60,004 mm. K-I kalibrning chizmasida qо‘yiladigan о‘lcham 60,004 -0,002 mm. Qо‘shimcha hisob-kitob qilmasdan yangi ishchi kalibrlar о‘lchamlari va ularning chekka og‘ishlarini joriy qilish uchun tarkibida bajariluvchi kalibrlar о‘lchamlarining jadvallari keltirilgan standart ishlab chiqarilgan. Download 475.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling