4-mavzu. Kalibrlar


nazoratchi kalibrlarga bolinadi.  Konstruktiv belgilarga qarab kalibrlar qattiq


Download 475.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana16.06.2023
Hajmi475.41 Kb.
#1517838
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-M

nazoratchi kalibrlarga bolinadi. 
Konstruktiv belgilarga qarab kalibrlar qattiqsozlanuvchibir tomonli va ikki 
tomonli bo‘ladi. 
Tekshiriluvchi mahsulot bilan kalibr ortasidagi tutashish xarakteriga ko‘ra 
kalibrlar sirtlichiziqlinuqtalitutashuvchi bo‘ladi. 
1. Normal va chekka kalibrlar. 
Mavjud kalibrlar majmuini ikki guruhga bо‘lish mumkin: normal kalibrlar
va 
chekka kalibrlar. 
Normal kalibrlar deb о‘lchamlari nazorat qilinuvchi ob’yektning normal 
о‘lchamlariga mos kalibrlar ataladi. Hozirgi kunda normal kalibrlarning shablon, 
shchup, konus kabi ayrim turlari qо‘llaniladi. 
Shablon deb nazorat qilinuvchi detalning tekislik bilan kesimida nisbiy 
joylashishi va shakli tо‘g‘riligini tekshiradigan normal kalibr ataladi. 
43-rasm. Radiusli shablonlar [3]. 
Mashinasozlikda qavariqli va botiqli yuzalarning egrilik radiuslarini 
tekshirish uchun radiusli shablonlar keng tarqalgan (43- rasm). 
Radiusli shablonlar – botiq yoki qavariq yumaloqlangan uchli, qalinligi 0,5-
1 mm bо‘lgan pо‘lat plastinkalardir. Yumaloqlanish radiuslari 1 mm dan 25 mm 
gacha bо‘ladi. Nazorat qilinayotgan detal yumaloqlanish radiusining qо‘yilgan 
shablonga nisbatan og‘ishi yorug‘lik о‘tishiga qarab aniqlanadi. Odatda, radiusli 
shablonlar radius qiymatiga qarab ma’lum tо‘plamlar shaklida chiqariladi (1-6 mm; 
8-25 mm va boshqalar). Bundan tashqari, rezba shablonlari ham mavjud (44- rasm). 


44- rasm. Rezba shablonlari 
 
Shchup deb tekisliklar orasidagi tirqishni tekshiradigan normal kalibrga 
aytiladi. Shchuplarning qalinligi 0,02 mm dan 1 gacha plastinkalar shaklida alohida 
yoki, kо‘pincha, har xil qalinlikka ega bо‘lgan tо‘plamlar shaklida chiqariladi 
(masalan, 0,02 mm dan 0,1 mm gacha, har bir 0.01 mm dan keyin; 0,1 mm dan 1 
mm gacha, xar bir 0,1 mm dan keyin va hokazo). Shchuplar qо‘llanganda, bittasi 
yoki bir nechtasi taxlanib ishlatiladi. Ular yordamida kо‘pincha tirqishlar joriy 
qilinadi (45- rasm). 
45 – rasm. Shchuplar.
Mashinasozlikda eng kо‘p tarqalgan kalibrlar – chekka kalibrlardir. 
Chekka kalibr deb о‘lchamlari nazorat qilinuvchi detallarning chekka 
о‘lchamlariga mos keladigan kalibrlarga aytiladi. Bu kalibrlar yordamida joizlikligi 
IT6 dan IT17 gacha bо‘lgan detallarning yaroqligi nazorat qilinadi. Bunday nazorat 
 


qilish, ayniqsa ommaviy va katta seriyali ishlab chiqarishlarda keng qо‘llaniladi. Bu 
kalibrlar yordamida silliq silindrik, konus, rezba va shlitsli detallar, bо‘rtiq 
balandligi va chuqurliklarning о‘lchamlari hamda yuzalarning joylashishi va boshqa 
parametrlar tekshiriladi. Silliq silindrik detallarning о‘lchamlarini nazorat qiluvchi 
ishchi kalibrlar majmui о‘tuvchi va о‘tmaydigan kalibrlardan tarkib topgan. 

Download 475.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling