4-mavzu. Kalibrlar
Download 475.41 Kb. Pdf ko'rish
|
4-M
- Bu sahifa navigatsiya:
- О‘tmaydigan kalibr (NE
- 46- rasm. O‘tuvchi va о‘tmaydigan
О‘tuvchi kalibr (PR) deb tekshirilayotgan ob’yekt materialining
maksimumiga tо‘g‘ri keladigan chekka о‘lchamni nazorat qiluvchi kalibrga aytilaladi. Demak, о‘tuvchi kalibr valni nazorat qilganda, uning eng katta (joiz) chekka о‘lchamini nazorat qilish kerak (bu holda yaroqli detal eng kо‘p materialga ega bо‘ladi). Teshiklarni nazorat qilganda о‘tuvchi kalibr eng kichik (joiz) chekka о‘lchamni tekshiradi (bu holda ham yaroqli detal eng kо‘p materialga ega bо‘ladi). Tekshirish paytida bu kalibr detalning nazorat qilinuvchi elementidan “о‘tish” kerak . Oson eslab qolish uchun yana bitta qoida bor: о‘tuvchi kalibr detal о‘lchamini doim tо‘g‘rilash mumkin bо‘lgan yaroqsizlik chegarasi yonida cheklaydi (joizdan katta val yoki joizdan kichik teshikni qо‘shimcha ishlov berib ham tо‘g‘rilash mumkin). О‘tmaydigan kalibr (NE) deb tekshirilayotgan ob’yekt materialining minimumiga tо‘g‘ri keladigan chekka о‘lchamni nazorat qiluvchi kalibrga aytiladi. О‘tmaydigan kalibr valning eng kichik (joiz) chekka о‘lchamini va teshikning eng katta (joiz) chekka о‘lchamini tekshiradi, ya’ni о‘tmaydigan kalibr tо‘g‘rilab bо‘lmaydigan yaroqsizlik chegaralarini cheklaydi. Nazorat paytida bu kalibr detalning nazorat qilinuvchi elementidan "о‘tmaslik" kerak. 46-rasmda tayyorlash uchun joizliklari bilan val, teshik va joiz о‘lchamlar (eng katta va eng kichik) ni cheklovchi о‘tuvchi va о‘tmaydigan ikkita kalibr bо‘rttirib tasvirlangan. 46- rasm. O‘tuvchi va о‘tmaydigan kalibrlar 47-rasm.О‘tuvchi va о‘tmaydigan kalibrlarning prinsipial sxemasi Chekka kalibrlar yordamida nazorat qilinuvchi parametrning sonli qiymati emas, balki detalning yaroqligi, ya’ni nazorat qilinuvchi parametr ikki chegara orasida joylashgani yoki chegaradan chiqib ketganligi aniqlanadi. Agar о‘tuvchi kalibr (kalibrning о‘tuvchi tomoni) о‘zining og‘irlik kuchi ta’siri ostida yoki unga taxminan teng bо‘lgan kuch ta’siri ostida nazorat qilinuvchi yuza bо‘yicha о‘tsa, о‘tmaydigan kalibr (kalibrning о‘tmaydigan tomoni) esa о‘tmasa, detal yaroqli deb hisoblanadi. Bu holda detalning haqiqiy о‘lchami berilgan chekka о‘lchamlar orasida yotadi. Qolgan barcha hollarda detal yaroqsiz deb hisoblanadi. Kalibrlar ishchi R (R rabochiy), qabul qiluvchi P (P priyomniy) va nazorat Download 475.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling