4-mavzu. Kalibrlar
Download 475.41 Kb. Pdf ko'rish
|
4-M
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qabul qiluvchi P-PR
- Nazorat kalibri
- Nazorat kalibrlari K-I
K (K kontrolniy) kalibrlarga bо‘linadi.
Ishchi kalibrlar R-PR ishchi о‘tuvchi (rabochiy proxodnoy) va R-NE ishchi о‘tmaydigan (rabochiy neproxodnoy) kalibrlar buyumlarni ishlash jarayonida foydalanishga mо‘ljallangan. Bu kalibrlardan ishchilar foydalanadi. Qabul qiluvchi P-PR (qabul qiluvchi о‘tuvchi ) va P-NE (qabul qiluvchi о‘tmaydigan) kalibrlardan ishlab chiqaruvchi zavodning texnikaviy nazorat bо‘limlari (TNB) xodimlari va buyurtmachining vakillari foydalanadi. Bu kalibrlar alohida tayyorlanmaydi va ular sifatida qisman yeyilgan R-PR va yangi R-NE kalibrlar qо‘llaniladi. Nazorat kalibri (kontrkalibr) vallarni nazorat qiluvchi kalibrlarni nazorat qilish uchun mо‘ljallangan. Vallarni nazorat qilish uchun teshik kalibr sifatida xizmat qiladi. Lekin, ichki yuzali detallarni tayyorlash va о‘lchash tashqi yuzali detallarga nisbatan ancha qiyin (о‘lchamlari va aniqligiga qarab, 2 5 marta murakkabroq). Shuning uchun halqa-kalibrlar (skoba-kalibrlar) ni ishlashda ularni nazorat qilish uchun K-PR va K-NE kalibrlar qо‘llanadi (K – kontrol). Nazorat kalibrlari K-I (kontrolniye-iznos; iznos – yeyilish) о‘tmaydigan kalibrlar bо‘lib, rostlanuvchi skoba-kalibrlarni kerakli о‘lchamlarga joriy qilish va rostlanmaydigan skoba-kalibrlarni nazorat qilish uchun xizmat qiladi. О‘tuvchi skoba-kalibrdan yeyilish natijasida K-I kalibr о‘tsa, skoba foydalanishdan chiqarib tashlanishi lozim. Amaldagi standartlarga binoan kalibrlar yordamida 6 - kvalitetdan 17 - kvalitetgacha о‘lchamlar tekshiriladi. 6 - kvalitetdan aniqroq kvalitetlardagi о‘lchamlar yuqori aniqlikka ega bо‘lgan universal о‘lchash asboblari yordamida о‘lchanadi. Teshiklarni nazorat qilish uchun tiqin-kalibrlar xizmat qiladi (46, 47 - rasmlar). Silliq, rezbali va boshqa detallar uchun chekka kalibrlarni loyihalashda Teylor о‘xshashlik prinsipiga rioya qilish kerak. Bu prinsipga binoan о‘tuvchi kalibrlarning uzunligi birikma uzunligiga teng, shakli bо‘yicha tutashuvchi detalning prototipi bо‘lishi va detallar shakli xatoliklarini hisobga olgan holda о‘lchamlarni birikmaning butun uzunligi bо‘yicha nazorat qilishi kerak. О‘tmay-digan kalibrlar esa kichik о‘lchash uzunligiga va faqat detalning о‘z о‘lchamini о‘lchash uchun nuqtasimon kontaktga yaqinlashgan kontaktga ega bо‘lishi lozim (teshiklar, masalan, shtixmaslar yordamida nazorat qilinsa bunga erishiladi). Chekka kalibrlar detalning barcha bir-biri bilan bog‘liq bо‘lgan о‘lchamlari va shakldan og‘ishlarini bir vaqtda nazorat qilib, detalning о‘lchamlari va shakldan og‘ishlari joizlik maydonidan chiqib ketmaganligini tekshirishga imkon beradi. Shunday qilib, buyumning о‘lchami, shakli va yuzalar joylashishining xatoliklari joizlik maydoni ichida joylashgan bо‘lsa, bu buyum yaroqli deb hisoblanadi. Nazorat qilish amalda, noqulay bо‘lgani uchun Teylor prinsipiga rioya qilmaslikka tо‘g‘ri keladi. Masalan, о‘tuvchi halqadan foydalanilsa, stanok markazlarida о‘rnatilgan valni nazorat qilish uchun kо‘p marta stanokdan olish kerak bо‘ladi. О‘tuvchi halqalar yordamida nazorat qilishi о‘rniga keng о‘lchash yuzalariga ega bо‘lgan о‘tuvchi skobalar yordamida kо‘p marta nazorat qilinadi, shtixmaslar о‘rniga esa о‘tmaydigan, о‘lchash yuzalari tor bо‘lgan (о‘tuvchi tiqinkalibrga nisbatan sezilarli tor) о‘lchash yuzalariga ega bulgan tiqinkalibrlar ishlatiladi. Vallarni nazorat kilish uchun, asosan, skoba-kalibrlar qо‘llanadi. Eng kо‘p tarqalgan skoba-kalibrlar bir tomonli ikki chegarali skobalardir. Undan tashqari, rostlanuvchi skobalar ham qо‘llanadi. Bunday skobalarni ma’lum intervallarda bо‘lgan har xil о‘lchamlarga rostlash va yeyilishini kompensatsiyalash mumkin. Lekin, rostlanuvchi kalibrlar bikir kalibrlarga nisbatan kamroq aniqliq va ishonchlikka egadir, shuning uchun ularni kо‘proq 8 - va qо‘polroq kvalitetli buyumlarni nazorat qilish uchun qо‘llashadi (48- rasm). 48-rasm. Vallarni nazorat qilish uchun kalibr, rostlanuvchi skoba. Download 475.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling