4-mavzu: kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanish xususiyatlar reja


Download 57.68 Kb.
bet7/9
Sana05.05.2023
Hajmi57.68 Kb.
#1430434
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-mavzu

Taajjublanish hissi. Kichik maktab Yoshidagi bolalarda bunday his ularga qandaydir odatdan tashqari, noma’lum biror narsa ta’sir qilganida tug‘iladi. Boshlang‘ich sinf о‘quvchilari kutmagan voqealar sodir bо‘lganida ulardan taajjublanadilar. Bilish jarayonida taajjublanish hissi xursandlik tariqasida о‘tadi. Bu hol samarali bilish faoliyatining doimiy yо‘ldoshidir. «Voqealarni kuzatib borayotganimizda biz о‘zimizda tug‘ilgan hislardan mamnun bо‘lamiz, bu mamnuniyat esa intellektual xursandlikdir (D. R.Dekart).
Kutilmagan bir narsa sababli tug‘ilgan taajjublanish kichik maktab Yoshidagi о‘quvchilarni dastlabki qarashda kam uchraydigan va odatdan tashqari bо‘lib kо‘ringan narsalarni diqkat bilan kо‘zdan kechirishga majbur etadi. Shunday qilib, taajjublanish boshlang‘ich sinf о‘quvchilarini hodisalarni bilishga g‘oyat darajada rag‘batlantiradi.
Hayron qolish hissi. Kichik maktab Yoshidagi о‘quvchilarda hayron qolish hissi kuchli bо‘lib, tushuntirilayotgan yangi materialni, tadqiq qilinayotgan faktlarning sabablarini topishda qiynalib qolganida, bu faktlarni shu damgacha ma’lum bо‘lib turgan hodisalar guruhiga kiritolmay qolganida va shu kabi hollarda bolada hayron qolish hissi tug‘iladi. Bu his ham kichik maktab Yoshidagi о‘quvchilarning bilish faoliyatini yanada kuchaytirishga yо‘llovchi kuchli vositadir.
Ishonch hissi. Narsa va hodisalar о‘rtasidagi bog‘lanishlar va munosabatlarning tо‘g‘riligi kichik maktab Yoshidagi bolalarning tafakkuri jarayonida aniqlanib, mantiqiy ravishda chiqarilgan xulosalar bilan amaliyotning о‘zida yaqqol isbot bо‘lganida ularda ishonch hissi tug‘iladi.
Shubhalanish hissi kichik maktab Yoshidagi о‘quvchilarda tо‘liq rivojlanmagan bо‘lib, bu his asta-sekinlik bilan о‘quv jarayonida bolaning о‘zi chiqargan qoidalari yoki nazariyalariga zid bо‘lib, ular bilan tо‘qnashib qolganida tug‘iladigan hissiyotdir. Bu juda muhim hissiyot bо‘lib, u tо‘plangan dalillarni va aytilgan qoidalarni har tomonlama tekshirib kо‘rishga rag‘batlantiradi. “Samarali ilmiy faoliyat uchun doimo shubha bilan qaramoq va о‘z-о‘zingni tekshirib turmoq zarur” ( I.P. Pavlov) Bu hislar bola qiyinchiliklarni engib, о‘z ishida ma’lum muvafaqqiyatlarga erishganida ahamiyatli ravishda rivojlanadi. Kichik maktab Yoshidagi bola о‘qish va yozishni bilib olganida, о‘zi misol yoki masalani echishni о‘rganib olganida juda katta xursandchilik hissini boshidan kechiradi. О‘quvchilarda о‘z mehnatidan xursand bо‘lish hissini iloji boricha kо‘proq yuzaga keltirish va uni bola xarakterining emotsional jihatiga aylantirish boshlang‘ich sinf о‘qituvchisining asosiy vazifalaridan biridir. Kichik maktab Yoshidagi о‘quvchilarning intellektual hislari uning bilish qiziqishlari bilan bog‘liqdir. Boshlang‘ich sinf о‘quvchisi nima bо‘lganiga, qayerda, qachon va qanday qilib bо‘lganiga juda qiziqadi, Shuningdek uni ”Nima uchun bо‘ldi?” savoliga javobga nisbatan shu voqea bilan bog‘liq bо‘lgan faktlarning о‘zi qiziqtiradi.
Kichik maktab Yoshidagi о‘quvchi doskaga chaqirilganda u о‘qib berishga yoki yozib berishga qо‘rqib, uyalib hijolat torsa, bunday о‘quvchilarni tez-tez doskaga chiqara berish kerak, ana shunda u tortinmaydigan bо‘lib qoladi. Qayta-qayta doskaga chiqaverish natijasida qо‘rquv hissi susaya beradi va u nihoyat butunlay «sо‘nib qolishi» va yо‘k bо‘lib ketishi mumkin.
Albatta, bunda shu hislarni tug‘diruvchi manbaning takrorlana berishi emas, balki odamning salbiy kechinmalardan qutilish istagi muhim rol о‘ynaydi.
"Lekin bu qonuniyat faqat oddiy va tez о‘tib ketadigan hislarga ya’ni, bolaga bir xilda tasir qiluvchi va mazmuni chuqur bо‘lmagan obektlar sababli tug‘iladigan hislargagina taalluqlidir. Murakkab, chuqur hislar bolada shu hislarni tug‘dirgan obyektlar bizga qayta-qayta ta’sir о‘tkaza berganida yо‘q bо‘lib ketmaydi, balki, aksincha, yana ham kuchli va barqaror bо‘lib qoladi. Masalan, muzika asarlarini qayta-kayta eshitish natijasida bizning estetik hislarimiz chuqur va kuchli bо‘lib qoladi. О‘zimiz yaxshi kо‘rgan, о‘zimiz uchun qadrli bо‘lgan joylarga har safar borganimizda bizning shu joylarga bо‘lgan hislarimiz, mehrimiz, odatda, kuchaya boradi. Ayrim emotsional kechinmalarning «sо‘nib qolishi»da boshqa qonuniyatlar ham bor. Masalan, qarama-qarshi hislar ba’zi nisbatlarda bir-birini yо‘qotib yuborishi mumkin. Salbiy his paydo bо‘lib turganida kuchliroq ijobiy his yuzaga keltiradigan sabab paydo bо‘lib qolsa, u holda salbiy his sо‘nib qolishi, yо‘qolishi mumkin. Masalan, bola yiqilib tushib, yig‘lab turibdi. Onasi shu paytda kelib qolib, uni erkalatdi. Bu erkalash ijobiy hislarning paydo bо‘lishiga kuchli sababchi bо‘ladi, Shuning uchun ham bolada kо‘z Yoshi о‘rniga kulish, xursandlik paydo bо‘ladi. О‘quvchidagi chо‘chib turish hissini qayta-qayta doskaga chiqarish yо‘li bilangina yо‘q qilib qolmasdan, balki bolada qarama-qarshi hislarni tug‘dirish yо‘li bilan ham bu chо‘chishlikni oldini olish mumkin. Masalan, birinchi sinf о‘quvchisining xavotirligining sababi uning о‘z kuchiga ishonmaganligida bо‘lsa, unga oson bajara oladigan vazifalarni berish kerak. Shu vazifalarni bajara olgani uchun kattalar tomonidan rag‘batlantirilishi, maqtalinishi bolada ijobiy hislarning tug‘ilishiga yordam beradi, xavotirlik hissi esa yо‘qoladi. Shuning uchun ham doska oldida u о‘zini dadilroq his etadi.
Kichik maktab Yoshidagi bolalarda intellektual va axloqiy hislar, о‘rtoqlik, dо‘stlik hislari katta о‘rin ola boshlaydi. Vatanparvarlik, vijdoniy burch hissi va shu kabi hislar paydo bо‘ladi va о‘sadi. Axloqiy hislarning rivojlanishiga jamoaviy ishlar, о‘qish mazmuni, turli jamoat tashkilotlari va shubhasiz о‘qituvchining shaxsiy namunasi ta’sir kо‘rsatadi. О‘qishning boshida aynan shu о‘qituvchi shaxsi kichik maktab Yoshidagi о‘quvchining juda kо‘p axloqiy hislarining rivojlanishini belgilab beradi. Birinchi vaqtlarda о‘quvchi sinf jamoasi bilan о‘qituvchisi orqaligina bog‘langan bо‘ladi. О‘qituvchi bola uchun barcha diqqat-ye’tibori va hislari qaratilingan markaziy figura bо‘lib hisoblanadi. Bilimli, mahoratli, bolalarni sevuvchi pedagog о‘qishning keyingi bosqichlarida ham о‘quvchilarining о‘ziga bо‘lgan shunday munosabatini saqlab qoladi. Lekin keyinchalik bu muhabbat,bog‘liqlik ustozi va sinf jamosi, о‘rtoqlari, dо‘stlari о‘rtasida bо‘linadi. Shunga qaramasdan boshlang‘ich sinf о‘quvchisi uchun о‘qituvchi asosiy avtoritet hisoblanadi. U о‘qituvchisi haqida uyida jо‘shib va hurmat bilan gapiradi. О‘qituvining ta’siri ostida asta-sekinlik bilan о‘quv, mehnat va о‘yin faoliyatlarida har bir sinfdoshi uchun tashvishlanish, jamoa (kollektivizm) hissi paydo bо‘ladi. Bu esa bolalardagi о‘rtoqlik hissining rivojlanishiga zamin bо‘ladi.Bolalar о‘qishda past о‘zlashtirayotgan о‘rtoqlariga yordam berishga harakat qiladilar. Bu motivlar shunchalik chuqur va kuchli bо‘ladiki, ular maqsadlariga erishish uchun juda kо‘p qiyinchiliklarni: о‘zlashtirmayotgan о‘rtog‘ining dangasaligi, о‘zining darslarini tayyorlashga tezroq ulgurishi, ba’zan esa hatto ota-onalarning qarshiliklarini ham engishi kerak. Bunday vaziyatlarda bolada shakllanayotgan ma’suliyat hissi qiyinchiliklarni engishga va о‘z ishini muvaffaqiyatli bajarishiga yordam beradi. Birinchi sinfda о‘quvchi о‘qituvchisinng tanbehlari о‘rtoqlarining oldida yoki о‘ziga yolg‘iz berilganiga e’tibor bermasa, ikkinchi sinfda о‘rtoqlari oldida berilgan tanbehlardan uyaladigan bо‘lib qolishi bolaning о‘zini jamoa a’zosi sifatida tо‘liq his etayotganidan va о‘rtoqlari uni hurmat qilishlarini istayotganidan dalolat beradi.
Estetik hislar birinchi navbatda bolalarning badiiy asarlarni idrok qilish jarayonida namoyon bо‘ladi.Uchinchi sinfga borib bolalar ustozi о‘qiyotgan she’rlarning nafaqat mazmuniga, balki о‘qilishidagi gо‘zalligiga ham e’tibor beradilar. Badiiy asarlarni о‘qiyotganlarida va kinofilmlarni kо‘rayotganlarida bolalar asosan asar qahramonlaring axloqiy sifatlarini baholaydilar. Badiiy asarning estetik tomoni pedagog tomonidan bolalarga kо‘rsatilishi kerak. Ana shunday о‘rgatish bо‘lgan taqdirdagina kichik maktab Yoshidagi bolalar ularga mos bо‘lgan musiqiy asarlarga emotsional baho bera oladilar.

Download 57.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling