4-mavzu: kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanish xususiyatlar reja
Download 57.68 Kb.
|
4-mavzu
Nutq turlariBu kabi rasmlar orqali kichik maktab Yoshidagi о‘quvchilarning sо‘z boyliklarini, jumladan sо‘z turkumlaridan qanchalik о‘rinli foydalana olishlarini aniqlash mumkin. 6-11 Yoshli о‘quvchilarning bilish jarayonlaridagi ixtiyoriylik irodaviy zо‘riqish asosidagina, Shuningdek, bola о‘zini atrofdagilarning talabini bajarishga yoki shaxsiy harakat qilishga intilgandagina yuzaga kelishi mumkin. Kichik maktab Yoshidagi bola psixikasining sog‘lomligida, uning bilish faolligida tafakkurning ham rivojlanishini kо‘rish mumkin. Bolaning qiziquvchanligi, asosan, atrof-olamni bilish, о‘rganishga qaratilgan bо‘ladi. Boshlang‘ich sinf о‘quvchisi о‘ynab turib, olam sir-sinoatlari, sababhodisalari va bog‘liqlaridan xabardor bо‘lishga intiladi. Masalan, u о‘zi mustaqil ravishda qanday predmetlar suvda chо‘kishi, qaysilari esa suzishini tadqiq qila oladi. Bola aqliy munosabatlarda faol bо‘lsa, u shunchalik kо‘p savol beradi va bu savollar, asosan, xilma-xil bо‘ladi. Bolani qor, yomg‘ir qanday yog‘ishi, quYosh kechasi qayerda bо‘lishi, mashina qanday qilib yurishi, erdan osmongacha bо‘lgan masofani bilish juda qiziqtiradi. Bu ularning «Nima uchun?», «Qanday kilib?», «Nima orqali?» kabi savollariga javob olishga qaratilgan bо‘ladi. Bu Yoshdagi bolalar asosan о‘zlari kо‘rib turgan narsalar haqida chuqurroq fikr yurita oladilar. Bu Yoshdagi bolalar tafakkurining asosiy turi obrazli tafakkurdir. Bolalarga beriladigan va asosan maktabda amalga oshiriladigan ta’lim bolalar tafakkurining о‘sishi uchun g‘oyat katta ahamiyatga egadir Masalan, psixolog olim Piaje tadqiqotlarida 6-7 Yoshli bolalardan bir-biri bilan teng bо‘lgan idishlardagi suv miqdori sо‘ralgan. Bolalar “Idishlardagi suv miqdori teng”,-deb javob berishgan. Aynan shu miqdordagi suv bolalar kо‘z о‘ngida turli xil balandlikdagi idishlarga quyilib, sо‘ngra qaysi idishdagi suv miqdori kо‘pligini sо‘ralganida bolalar ingichka, lekin baland idishdagi suvning miqdori kо‘pligini aytishgan. Bolalar aynan о‘sha suv miqdorini yana bir-biri bilan teng bо‘lgan idishlarda kо‘rganlaridan sо‘nggina о‘z javoblari notо‘g‘riligini bilganlar. Aynan shunday tajriba bir xil kattalikdagi plastilin shakllari о‘zgartirilganida hamda teng miqdordagi tugmachalar orasi ochiqroq qilib qо‘yilgan qatordagi tugmachalar bilan solishtirilganida ham xuddi shunday javoblar bо‘lgan. Bu tajriba 6-7 Yoshli bolalar asosan kо‘rganlari bо‘yicha fikrlashlarini isbotlab beradi. Bolalarga beriladigan va asosan maktabda amalga oshiriladigan ta’lim bolalar tafakkurining о‘sishi uchun g‘oyat katta ahamiyatga egadir. Ta’lim va maktabda beriladigan bilimlarni о‘zlashtirish jarayonida, kuzatuvchanlik, xotira va hayol о‘sib borishi bilan kichik maktab Yoshidagi bolalar tafakkuriga material bо‘ladigan narsalar doirasi kengaya boradi, bolalarda mantiqiy tafakkur va tanqidiy fikrlash о‘sib boradi. Ta’lim jarayonida bolaning tafakkuri katta о‘sish yо‘lni — konkret tafakkurdan abstrakt - nazariy tafakkurga о‘sish yо‘lini bosib о‘tadi. Kichik maktab Yoshidagi bolalarning tafakkuri hali ham amaliy, qonkret tafakkur bо‘ladi, lekin ta’lim jarayonida bolalarning bunday qonkret tafakkuri, maktabgacha tarbiya Yoshidagi bolalarning qonkret tafakkuriga qaraganda, murakkabrok va mazmunliroq bо‘lib qoladi, ulardagi fikrlash jarayonlarining hammasi takomillasha boradi. Maktabda о‘quvchi bola tobora murakkabroq narsalarni va о‘zi idrok qilayotgan narsalarni hamda hodisalarnigina emas, balki shu bilan birga, tasavvur qilayotgan narsalar va hodisalarni ham bir-biriga takqoslashni, analiz va sintez qilishni о‘rganib oladi. Bolaning maktabdagi о‘qishi jarayonida unda abstraksiyalash qobiliyati о‘sa boshlaydi. Matematika darslarida amaliy qonkret sanashdan abstrakt hisoblashga о‘tilgan vaqtda, Shuningdek, ona tili darslari davomida bu qobiliyat ayniqsa sezilarli suratda о‘sadi. Boshqa fanlarni о‘qish jarayonida bu qobiliyat yanada о‘sadi. Bola analiz qilish, abstraksiyalash va taqqoslashni, mashq qilish yо‘li bilan narsalarning muhim belgilari bilan ahamiyatsiz belgilarini bir-biridan farq qilishni, predmet, voqea-hodisalarning muhim belgilariga qarab turib xulosalar chiqarishni о‘rganadi. Kichik maktab Yoshidagi о‘quvchilarning tafakkuri mantiqiy fikrlash, mulohaza yuritish, hukm va xulosa chiqarish, taqqoslash tahlil qilishning turli usullarini qо‘llashda о‘ziga xos xususiyatlari bilan maktabgacha Yoshdagi bolalar va о‘smirlardan farq qiladi. Ta’lim jarayonida tafakkur operatsiyalariga, mustaqil fikrlashga о‘rgatish kichik maktab Yoshdagi о‘quvchilarni barkamollikka erishtirishning garovidir. 6-11 Yoshli bola mantiqiy fikrlay oladi, lekin bu Yosh asosan kо‘rganlariga tayanib, ta’lim olishga senzitiv bо‘lgan davr hisoblanadi, Boshlang‘ich maktabning о‘zidayok bolalar birinchi sinfdan boshlab kо‘p miqdorda xilma-xil tushunchalarni — grammatikaga, arifmetikaga, tabiatga doir, Shuningdek, ijtimoiy-siyosiy tushunchalarni о‘zlashtirib oladilar. О‘quvchilar о‘zlashtirib oladigan tushunchalar doirasi, asosan, har qaysi sinf uchun turli fanlar yuzasidan tuzilgan о‘quv dasturi bilan belgilanadi. Muayyan ilmiy mazmunga ega bо‘lgan tushunchalar о‘quvchilarga mantiqiy ifodalangan shaklda bayon qilib beriladi. О‘quvchilar о‘zlarining ham tushunchalarini mazmunini ta’riflab, ularning jins va turlariga doir belgilarini kо‘rsatib, aytib berishni о‘rganadilar. О‘quvchilar tushuncha va qoidalarni ta’riflab berolmay qolganlarida yoki ta’riflash mumkin bо‘lmagan paytlarda tasvirlab, taqqoslab, xarakterlab, misollar bilan kо‘rsatib beradilar. N.S.Leytes mulohazalariga kо‘ra, inson Yoshi ulg‘aygan sari aqliy rivojlanish darajasi birmuncha kо‘tariladi, uquvchanlik xususiyati esa birmuncha pasayadi. Kichik maktab Yoshidagi bolalarning uquvchanligi, albatta, о‘smir va о‘spirinlarga nisbatan yuqori, lekin о‘smir va о‘spirinlarning aqliy rivojlanganligi boshlang‘ich sinf о‘quvchilariga nisbatan yuqoridir. Bu holat kichik maktab Yoshidagi о‘quvchilarning etakchi faoliyati – о‘qish bо‘lishi bilan, lekin bilish jarayonlari hali hamma tomonlama rivojlanib bо‘lmaganligi bilan bog‘liq hisoblanadi. Kichik maktab davridagi bolalarning aqliy rivojlanishi ijtimoiy omillar bilan belgilanadi. Individ ijtimoiy munosabatlar ta’sirida о‘zgaradi. Bolaning maktabda muntazam ravishda о‘qishga о‘tishi uning barcha bilish jarayonlarini rivojlanishiga va о‘z-о‘zidan atrof-hayotdagi narsa-hodisalarga nisbatan fikrini, munosabatlarini о‘zgarishiga olib keladi. Download 57.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling