4-mavzu: kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanish xususiyatlar reja
Download 57.68 Kb.
|
4-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Demokratik uslub
- Liberal uslub
Avtoritar uslubdagi о‘qituvchining о‘quvchilari о‘qituvchi sinfda bо‘lmagan vaqtlarda о‘z-о‘zini boshqarish malakasi bо‘lmaganligi uchun ham intizomga mutlaqo bо‘ysunmaydilar. Bu asosan, tо‘polonda namoyon bо‘ladi. Bu uslub о‘qituvchining mustahkam irodasini kо‘rsatadi, lekin bu iroda natijasida о‘quvchida "ustozim meni yaxshi kо‘radi" degan fikri emas, balki qо‘rquv hissi mavjud bо‘ladi.
Demokratik uslub о‘qituvchi bilan о‘quvchi о‘rtasida dо‘stona munosabat о‘rnatilishiga asos bо‘ladi. Darsdagi intizom majburiy emas, balki muvafaqqiyatga erishish garovi sifatida bolalar ijobiy emotsiyani, о‘ziga ishonch, о‘z muvafaqqiyati, yutuqlaridan quvonishi, dо‘stlari bilan faoliyatda hamkorlik hissini beradi. Demokratik uslub bolalarni birlashtiradi. Shu bilan birga о‘zining faoliyati natijalariga qiziqish uyg‘otgan holda, о‘zi uchun о‘zi harakat qilishi lozimligini anglatadi, о‘zini-о‘zi boshqarishga, о‘z xattiharakatini о‘zi nazorat qilishga о‘rgatadi. Har bir ishga mas’uliyat bilan yondoshish hissi о‘qituvchining shu Yoshdagi bolalar bilan demokratik muomala munosabati asosidagina shakllanadi. Liberal uslub kasbiy layoqati yо‘q bо‘lgan о‘qituvchilarga xos bо‘lgan uslubdir. Bunday о‘qituvchi dars jarayonini yaxshi tashkil eta olmaydi. Bunday darslarda har bir bola о‘z tarbiyalanganlik darajasiga qarab о‘zini tutadi. Bola о‘z majburiyatlarini yaxshi his qilmaydi. Muomala munosabatdagi liberal uslub psixologiya va pedagogaka fanlariga mutlaqo zid uslub hisoblanib, bolalar shaxsini shakllantirish va tarbiyalash jarayonida bu usulni qо‘llab bо‘lmaydi. Shunday kilib, boshlang‘ich sinf о‘quvchilari bilan muomalamunosabatdagi imperativ uslub, asosan, ma’lum bir chegaralarga asoslangan holda bola shaxsi rivojiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi. Demokratik uslub о‘qituvchidan muomala-munosabatda juda katta kasbiy mahoratni talab etgan holda, bola shaxsining ijobiy tomonlarini rivojlantiruvchi yagona uslub hisoblanadi. Liberal uslub esa о‘quvchini emotsional zо‘riqtirmaydi, lekin uning shaxsi rivojiga ham samarali ta’sir kо‘rsatmaydi. Boshlang‘ich maktabda bolalar yangi talablarni qabul qiladilar va ularga qat’iyatlilik bilan amal qilishga harakat qiladilar. Bola uchun о‘qituvchi uning psixologik holatini belgilab beruvchi asosiy figura hisoblanadi. Chunki uning bolaga bо‘lgan munosabati uning nafaqat sinfdagi, balki, umuman tengdoshlari bilan bо‘ladigan munosabatiga, bu munosabat esa о‘z-о‘zidan oilasidagi munosabatlariga ham bevosita ta’sirini kо‘rsatadi. Shuningdek, bu munosabatlar uning о‘quv faoliyati muvaffaqiyatini ham belgilab beradi. О‘qituvchining bolaga munosabati uning о‘rtoqlari va oilasi bilan bо‘lgan munosabatiga ham bevosita о‘z ta’sirini kо‘rsatadi. Shuni ham aloxida ta’kidlab о‘tish kerakki, yangi muloqotning xarakteri kichik maktab Yoshidagi о‘quvchi ta’limining motivlariga, undagi axloqiy sifatlarning rivojlanishiga, о‘z-о‘ziga beriladigan bahoning shakllanishiga hamda bolaning qiziqishlari darajasiga sezilarli ta’sir kо‘rsatadi. Bolalarning о‘quv faoliyati muvaffaqiyati hamda shaxsining shakllanishi kо‘p jihatdan ularning о‘qituvchisi bilan munosabatlaridagi о‘ziga xos xususiyatlariga, sinfdagi о‘z mavqeini qay darajada anglab etishiga, tarkib topgan о‘quvchilar jamosi bilan о‘zaro munosabatlariga bog‘liq bо‘ladi. Download 57.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling