4-mavzu: kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanish xususiyatlar reja


Download 57.68 Kb.
bet5/9
Sana05.05.2023
Hajmi57.68 Kb.
#1430434
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-mavzu

masalalar echimlarining umumiy yо‘llarini mustaqil ravishda topish kо‘nikmalari;

-о‘quv vazifalarini ajrata olish, topish va о‘zlashtirish;
-о‘zini va о‘z faoliyatini adekvat baholay olish va nazorat qila olish;
-faoliyatda о‘zini-о‘zi boshqara olish;

  • mantiqiy fikrlash qoidalaridan foydalana olish;

-umumlashtirishning turli shakllarini egallash va ulardan foydalana olish;
-jamoaviy faoliyatlarda ishtirok eta olish;

  • yuqori darajada mustaqil ijodiy faollikka ega bо‘lish.

Lekin aksariyat hollarda kichik maktab Yoshidagi о‘quvchilarning о‘quv faoliyati maktab amaliyotida birinchi о‘ringa bolalarni amaliy kо‘nikmalarga, о‘qish, yozish, sanash malakalariga о‘rgatish muammosi turadi.
Xulosa sifatida aytish mumkinki, boshlang‘ich sinf о‘quv faoliyatining asosiy vazifasi - bu о‘quvchilarni “о‘qish”ga, bilim olishga о‘rgatishdir. Kichik maktab Yoshidagi bolalarning psixik rivojlanishida ta’limning ta’sirida jiddiy о‘zgarishlar yuz beradi. Bu о‘zgarishlar ularni hayotlarining ma’suliyatli davri bо‘lmish о‘smirlik davriga о‘tish uchun tayyorlaydi.

Boshlang‘ich sinf о‘quvchilarining shaxs xususiyatlari


О‘quv faoliyati kichik maktab Yoshidagi о‘quvchi uchun nafaqat bilish jarayonlarining yuqori darajada rivojlanishi, balki shaxs xususiyatlarini rivojlantirish uchun ham imkoniyat yaratadi. Kichik maktab Yoshi davrida bola shaxsining shakllanishi davom etadi. О‘quvchining maktabdagi muvaffaqiyati uning keyingi psixik rivoji va shaxsining shakllanishida tо‘liq ijobiy asos bо‘ladi. Buning natijasida bolaning о‘z-о‘zidan oilasi, о‘qiyotgan sinfi va boshqa jamoalardagi о‘z о‘rnini anglay boshlaganini kо‘rish mumkin.
Yangi faoliyatga о‘tish о‘quvchi bolaning о‘z asosiy faoliyatiga yangi munosabatni paydo qiladi. Unda burch hissi о‘sa boshlaydi. U о‘qish shart ekanligini va u uning burchi ekanligini, belgilab qо‘yilgan qoida va talablar bajarilishi shartligini anglaydi. О‘zini haqiqiy о‘quvchidek his qilgan holda unda yaxshi о‘qishga ehtiyoj paydo bо‘ladi.
Kichik maktab Yoshidagi о‘quvchilarning axlokiy onglari I va IV sinfdagi о‘qish mobaynida muhim о‘zgarishlarga uchraydi va axlokiy sifatlar, bilim va tasavvurlar sezilarli darajada boyiydi va bola о‘zini о‘zi anglay boshlaydi. U о‘ziga xos bо‘lgan yaxshi-yomon xususiyatlarni bilmasa ham, lekin u о‘zini “Men”ini his kiladi. О‘zining vazifasi, maqsadi, uni bajarish lozimligi, uyga berilgan vazifalarni bajarish, takrorlash uning burchi ekanligi kabilarni anglab etadi. Bu Yoshdagi bolalarni maktab dasturiga kiritilmagan juda kо‘p atrof-muhit hodisalari haqidagi bilimlar qiziqtiradi. Bu qiziqishlar bolaning kо‘pincha e’tiborga olinmaydigan ijodiy о‘yinlarga nisbatan qiziqishlarida ham namoyon bо‘ladi. Bunday о‘yinlarda uning ijtimoiy qiziqishlari, emotsiyalari, jamoa uchun tashvishlanish kabi hislari aks etadi. Qiziquvchanlik kichik maktab Yoshidagi bolalarning keng aqliy faolligini namoyon etilish shakli hisoblanadi. Vatanga kerakli inson bо‘lish uchun о‘qishning muhimligi va ahamiyatini bilishi uchun ochiqlik, ishonuvchanlik, ustozining barcha topshiriqlarini bajarishga tayyorlik xususiyatlari keng ijtimoiy burch motivlari, ma’suliyatlilik samarali shartlar hisoblanadi. Maktab ta’limining dastlabki yillarida qiziqishlar, xususan, bilim egallashga nisbatan qiziqishlar, intellektual qiziqishlar sezilarli darajada rivojlanadi. Psixologlarning ta’kidlashicha, dastavval ayrim faktlarga, boshka narsalardan ajratib olingan yolg‘iz hodisalarga nisbatan qiziqishlar hosil bо‘ladi. III - IV sinflarda esa sabablarni, qonuniyatlarni, hodisalar о‘rtasidagi aloqa va о‘zaro bog‘liqliklarni bilib olish uchun bо‘lgan qiziqishlar rivojlanadi.
III sinfdan boshlab о‘qishga qiziqish differensiallasha boshlaydi. О‘quvchilardagi bunday qiziqishlar о‘zini anglash va о‘z xatti-harakatiga baho berishi kabi xususiyatlarni shakllantiradi.Kichik maktab Yoshidagi bolalarning qiziqishlarida samarali о‘qish uchun halaqit beruvchi qator salbiy xarakteristikalari ham mavjud. Kichik maktab Yoshidagi о‘quvchilarning qiziqishlari:
-yetarlicha amaliy natija bera olmaydi;
- qatiy emas, vaziyatli;
-tez qondiriladi va ustozning qо‘llab-quvvatlashisiz tez sо‘nadi;
-о‘quv materiali va topshiriqlar о‘quvchining joniga tez tegadi va charchashni yuzaga keltiradi;
– kam anglanilgan, о‘quvchining ma’lum bir predmetdagi nima yoqishini va nima uchun yoqishini aytib bera olmasligida kо‘rinadi;
- umumlashtirishning pastligi, bir yoki bir nechta predmetlarning tashqi belgilarigagina qarab umumlashtirish;
-о‘quvchini о‘qishning о‘quv faoliyatining usullariga emas, balki natijalariga yо‘nalganligi. Kichik maktab davrining sо‘ngiga qadar о‘quv ishlaridagi qiyinchiliklarni engishga nisbatan qiziqish yuzaga kelmaydi
(bu holat kо‘pincha о‘qituvchilarning о‘zlari tomonidan amalga oshiriladi, ya’ni aksariyat hollarda о‘quvchining qiyinchiliklarni engishga harakati emas, balki natija baholaniladi). Bularning barchasi kichik maktab Yoshida qiziqishlarning etarli darajada rivojlanmaganligi bо‘lib, ba’zan о‘qishga nisbatan yuzaki munosabatni keltirib chiqarishi mumkin. Kichik maktab Yoshidagi о‘quvchilardagi motivlarning umumiy dinamikasiga nazar tashlansa, quyidagilarni kо‘rish mumkin: kichik maktab davrining boshida maktabda bо‘lishning tashqi jihatlariga (partada о‘tirish, forma kiyish portfel kо‘tarish v h.), sо‘ngra birinchi о‘quv mehnati natijalariga (birinchi bor harf va sonlarni yoza olishlariga, о‘qituvchining bahosiga), keyinchalik, jarayonning о‘ziga, о‘qishning mazmuniga va shundan sо‘nggina bilimlarni olish yо‘llariga qiziqish kuchli bо‘ladi. О‘qishning ijtimoiy ahamiyatini tushunish (2- 3 sinflarda) о‘qish mazmunini va bilimlarni egallash yо‘llariga qiziqish bilan mustahkamlanishi zarur. Bunday holda kichik maktab davrining oxirlariga borib, о‘qishga nisbatan motivatsiyaning pasayishi kо‘zga tashlanmaydi.
Bilish motivlari quyidagicha о‘zgarib boradi: kichik maktab Yoshidagi о‘quvchilarning qiziqishlari alohida bir faktlarga qiziqishdan, qonuniyat va prinsiplarga qiziqishga aylanib boradi. Oxirgi yillarda о‘tkazilgan psixologik tadqiqotlar kichik maktab Yoshining о‘rtalariga borib bilimlarni о‘zlashtirish yо‘llariga qiziqish yuzaga kelishi mumkinligini kо‘rsatib berdi. Kichik maktab davrida mustaqil ta’lim motivlari ham yuzaga kelib, lekin ular eng oddiy shaklda - bilimlarni olish qо‘shimcha manbalariga va qо‘shimcha kitoblarni vaqti-vaqti bilan о‘qishga qiziqish bilan yuzaga keladi. Ijtimoiy motivlar birinchi sinfga kelganida differensial bо‘lmagan umumiy tushunishdan о‘qish va о‘rganishning zarurligi sabablarini chuqur anglashga, “о‘zi uchun “ о‘qish mazmunini anglab etishga tomon о‘zgarib, ijtimoiy motivlarni amaliy xarakter kasb etishiga sababchi bо‘ladi. Bu Yoshdagi vaziyatli ijtimoiy motivlar о‘qituvchining qо‘llab-quvvatlashini olishga nisbatan bо‘lgan ehtiyoji hisoblanadi. Bolaning ustoziga bо‘lgan munosabati yomon baho olib xafa bо‘lgan taqdirda ham ijobiy va unga ishonch bildirishi saqlanib qolaveradi. Unda о‘rtoqlari va sinfdoshlari о‘rtasida mavqeli bir о‘rinni egallashga harakat yuzaga kelib, asta sekinlik bilan о‘rtoqlari fikrlariga asoslanish paydo bо‘ladi.
О‘quv faoliyati kichik maktab Yoshidagi bolalarda о‘qishda ma’lum yutuqlarga erishish ehtiyojini qondirishga, Shuningdek, tengdoshlari orasida о‘z о‘rniga ega bо‘lishiga imkoniyat ham yaratadi. Aynan ana shu о‘rin yoki mavqega erishish uchun ham bola yaxshi о‘qishga harakat qiladi. Bu Yoshdagi bolalar doimiy ravishda о‘zlari erishgan muvaffaqiyatlarini boshqa tengdoshlari muvaffaqiyatlari bilan solishtiradilar. Ular uchun doimo birinchi bо‘lish nihoyatda muhim. Kichik maktab davrida bolalardagi musobaqaga kirishish motivi tabiiy psixologik ehtiyoj hisoblanib, bu motiv ularga kuchli emotsional zо‘riqishni beradi. Bu xususiyatlar aslida bog‘cha davridan boshlab yuzaga kela boshlaydi va kichik maktab davrida, Shuningdek о‘smirlik davrida ham yaqqol kо‘zga tashlanadi.
Kichik maktab Yoshidagi bolalar kattalarning u haqidagi fikr va bergan baholariga qarab, о‘zlariga о‘zlari baho beradilar. Shuningdek, о‘quvchining о‘ziga-о‘zi beradigan bahosi, turli faoliyatlaridagi muvaffaqiyatlariga ham bog‘liq bо‘ladi. Kichik maktab Yoshidagi о‘quvchilarda о‘z-о‘ziga beradigan baholari turlicha - yuqori, adekvat - mos yoki past bо‘lishi mumkin. Bu Yoshdagi bolalarda mavjud bо‘lgan ishonuvchanlik, ochiqlik, tashqi ta’sirlarga beriluvchanlik, itoatkorlik kabi xususiyatlari ularni shaxs sifatida shakllantirish uchun yaxshi imkoniyat yaratadi. Kichik maktab davrida boshqarishdan о‘z-о‘zini boshqarishga о‘tishi nihoyatda muhimdir. Etakchi bо‘lgan о‘quv faoliyatidan tashqari boshqa faoliyatlar - о‘yin, muloqot va mehnat faoliyati ham о‘quvchi shaxsi rivojiga bevosita ta’sir kо‘rsatadi. Bu faoliyatlar asosida muvaffaqiyatga erishish motivlari bilan bog‘liq bо‘lgan shaxs xususiyatlari tarkib topa boshlaydi. Kichik maktab davrini bolaning turli faoliyatlarda muvaffaqiyatga erishishini belgilab beruvchi asosiy, shaxsiy xususiyatlarni yuzaga kelish va mustahkamlash davri deb hisoblash mumkin. Bu davrda muvaffaqiyatga erishish motivlari tarkib topa boshlaydi. Bu Yoshdagi bolalar soatlab yolg‘iz holda sevimli mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishlari mumkin va shular asosida ularda mehnatsevarlik va mustaqillik fazilatlari shakllanadi. Kichik maktab davridan boshlab о‘quvchilarni mustaqil mehnat faoliyatiga amaliy va psixologik jihatdan tayyorlashga e’tibor beriladi. Bu davr ichida bolalarda mehnatga nisbatan ongli, ijobiy munosabatda bо‘lish asoslari tarkib topa boshlaydi. Ularda mehnatga havas uyg‘onadi, mehnatga va mehnat ahllariga hurmat bilan qarash, ijtimoiy foydali ishlarda qatnashishga intilish singari fazilatlar tarkib topadi. Kichik maktab
Yoshidagi о‘quvchilarda mehnatsevarlik, asosan, о‘qish va mehnat faoliyatida rivojlanadi va mustahkamlanadi. Kichik Yoshdagi о‘quvchilar zarur bо‘lgan harakat va amallarni darhol о‘zlashtirib va egallab ololmaydilar, kо‘proq ortiqcha va chalkash harakatlar qiladilar. Mehnat jarayonidagi turlicha ish harakatlarini, chunonchi: tikish, tо‘qish, kiyish yoki taxtalarni randalash kabi ish harakatlarni qiynalmasdan va birmuncha silliq bajaradigan bо‘lish uchun har bir ishda har qanday harakatlar qilish kerakligini va bu harakatlarning qay yо‘sinda amalga oshirilishini aniq bilib olish va esda qoldirish kerak bо‘ladi. Harakatlarni qayta-qayta takrorlash, mashq qilib borish natijasida kichik Yoshdagi о‘quvchilarda uchrab turadigan ortiqcha va chalkash harakatlar yо‘qolib boradi.
О‘qituvchilar mehnat darslarida о‘quvchilarning mehnatiga etarli darajada e’tibor berishlari, mehnat darsiga alohida tayyorgarlik kо‘rishlari, о‘quvchilarning har bir harakatlarini ziyraklik va kuzatuvchanlik bilan nazorat qilishlari, ularga individual munosabatda bо‘lishlari maqsadga muvofiqdir.
Boshlang‘ich sinf о‘quvchilarining mehnati:

  • bolalarni Yosh, individual va jismoniy rivojlanishiga mos bо‘lishi; - о‘quvchilar uchun qiziqarli bо‘lishi;

  • undan kundalik ish jarayonida о‘z-о‘ziga xizmat qilishga asoslanganligi;

  • jamoa bо‘lib mehnat qilish orqali bolalarda bir-biriga nisbatan hamkorlik, dо‘stlik, о‘rtoqlik tuyg‘ularini shakllantirishi;

  • о‘quvchini о‘zini tuta bilishga, sabr-toqatli bо‘lishga, qiyinchiliklarga bardosh berishga о‘rgatadigan va ularni shakllantirishi;

  • о‘quvchi о‘z mehnati natijasidan bahramand bо‘ladigan mehnat xususiyatlariga ega bо‘lishi lozim.

Bola о‘z mehnat mahsuli sinf yoki maktab jamoasiga, jamoatchilikka manfaat keltirayotganligini bilib, undan xabardor bо‘lib borsa undagi ijtimoiy foydali mehnatga bо‘lgan ishtiyoq yana ham ortadi va mehnatga nisbatan faol, ijodiy va ongli munosabat shakllana boradi.
Mehnatsevarlik bolada о‘zi qilayotgan mehnati unga zavq bergan taqdirdagina yuzaga keladi va rivojlanadi.
Bu davrda mustaqillikning poydevori yuzaga kelib, о‘quv vazifalarini mustaqil bajarish layoqati yuzaga keladi. Mustaqillikka moyillikning rivojlanishi ikki yо‘nalish asosida amalga oshiriladi.

      1. Mustaqillikning shaxs hislati sifatida vujudga kelishi ijtimoiy muhitga bog‘liq. Bu bog‘liqlik mustaqillikka bо‘lgan ehtiyojni qondirish imkoniyatlari sohasida va qadriyatlarda ifodalangan mustaqillik mazmuni xarakterida ifodalanadi.

      2. Mustaqillikning shaxs hislati sifatida shakllanishida individual xususiyatlar, shaxs yashaydigan va mehnat qiladigan jamoada vujudga kelgan munosabatlarga hamda shaxsning qobiliyatlariga, uning faolligiga bog‘liq bо‘ladi.

Bolada mustaqillik xususiyatining shakllanishi asosan kattalarga bog‘liq. Agar bola haddan ziyod ishonuvchan, itoatkor, ochiq xususiyatli bо‘lsa, unda astasekinlik bilan bо‘ysunuvchanlik, tobelik xususiyati mustahkamlana boradi. Biroq bolani erta mustaqillikka undash, unda ba’zi salbiy hislatlarning shakllanishiga ham olib kelishi mumkin, chunki u hayotiy tajribalari kamligi uchun asosan, kimlargadir taqlid qilgan holda harakat qilishi mumkin. Mustaqillikni shakllantirish uchun bolaga mustaqil bajaradigan ishlarni kо‘proq topshirish va unga ishonch bildirish nihoyatda muhimdir. Shuningdek, shunday bir ijtimoiy psixologik muhit yaratish kerakki, unda bolaga biron bir mas’ul vazifani mustaqil bajarishni topshirish, bu ishni bajarish jarayonida bola о‘zini tengdoshlari, kattalar va boshqa odamlarning lideri deb his qilsin. Ana shu his bolada mustaqil bо‘lishga undovchi motivlarni yuzaga keltiradi.
7-11 Yoshli bolalar о‘zlarining individual xususiyatlarini anglay boshlaydilar. Bolaning о‘z-о‘zini anglashi ham jadal rivojlana boradi va mustahkamlana boshlaydi. Bu davrda bolalar о‘zlarining ismlariga yanada kо‘proq ahamiyat bera boshlaydilar va ularning ismlari tengdoshlari va atrofdagilari tomonidan ijobiy qabul qilinishiga harakat qiladilar. Bolani о‘zining tashqi kо‘rinishi va gavda tuzilishiga beradigan bahosi ham о‘z-о‘zini anglashida ahamiyati juda katta. Kichik maktab davrining oxiriga borib bolalar, ayniqsa, qizlar о‘zlarining yuztuzilishlariga alohida e’tibor bera boshlaydilar. Kichik maktab Yoshidagi о‘quvchining о‘quv faoliyati jarayonida о‘zidagi xulq-atvorni va faoliyatni о‘zi tomonidan muvofiqlashtirish qobiliyati rivojlanadi, ongli ravishda bir fikrga kela olish qobiliyati rivojlanadi, о‘z faoliyatini о‘zi uyushtirishga hamda bilim olish jarayoniga bо‘lgan qiziqishining qaror topishiga yordam beradi, о‘quvchi xulq-atvorining motivlashtirishi ham о‘zgaradi. Bunda dо‘stlari va jamoaning fikrlari asosiy motivlar bо‘lib qoladi. Axloqiy his-tuygular va shaxsning irodaviy xususiyatlari ham shakllanadi. Boshlang‘ich sinf о‘quvchilarida iroda tarbiyasi tashabbuskorlik, dadillik, о‘zini tuta bilish, sabotlilik, chidamlilik, qat’iylik, kamtarlik va intizomlilik kabi irodaviy sifatlarni о‘stirish va mustahkamlashdan iboratdir.
Iroda tarbiyasi bolalarda yomon sifatlar paydo bо‘lishining oldini olish va agar bunday sifatlar paydo bо‘lsa, ularni yо‘qotishdan iboratdir.Bolalar irodasining salbiy tomonlaridan biri о‘ziga ishonmaslikdir. О‘ziga ishonmaslik holati о‘qish, mehnat, о‘yin va shu kabi faoliyatlarda tez-tez qaytarilib turadigan muvaffaqiyatsizliklar tufayli yuzaga keladi.
F.I.Ivashchenko tomonidan о‘tkazilgan tekshirishlarning kо‘rsatishicha, о‘qish sharoitida о‘quvchilarning о‘zlariga ishonmaslik holatlari asosan quyidagi sabablar tufayli yuzaga keladi:” a) о‘qishda izchillik prinsipiga rioya qilmaslik tufayli; b) о‘quvchilarga kuchlari etmaydigan, ya’ni ortiqcha talab qо‘yib yuborish orqali; v) ayrim pedagoglar, ota-onalar va Shuning bilan birga sinfdoshlarning о‘quvchilar kuchiga, xotira qobiliyatlari va fahmfarosatlariga ishonchsizlik bildirishi tufayli; g) ana shunday о‘quvchilarni yomon baho olganliklari uchun qо‘rqitish va jazolash orqali”.
Iroda tarbiyasi tafakkur va hissiyotlar tarbiyasi bilan mahkam bog‘liqdir. Biz bolalarda tafakkurni taraqkiy ettirishimiz bilan birga, ularda о‘z oldiga tо‘la anglab, muayyan maqsadlar kо‘ya olish va juda yaxshi asoslangan qaror va harakatlarni tanlay ola bilish qobiliyatini ham tarbiyalaymiz. Bolalarda ijobiy axloqiy hislarni tarbiyalar ekanmiz, buning bilan axloxiy qaror qabul qilishga va Shuning bilan birga, о‘z qaror hamda harakatlariga axloqiy baho berishga odatlantirib boramiz. Vatanparvarlik va vijdoniy burch hissini tarbiyalash ayni vaqtda boshlang‘ich sinf о‘quvchisining harakat motivlarini tarbiyalash hamdir.
5-6 Yoshlarda kо‘zga tashlangan bolalarning xususiyatlari kichik maktab yillari davomida rivojlanadi va mustahkamlanadi. О‘smirlik davrining boshlariga kelib, juda kо‘pgina shaxsiy fazilatlar shakllanib bо‘ladi. Bolalarning individualliklari ularning bilish jarayonida ham kо‘rinadi. Bu davrda bolalarning bilimlari kengayadi va chuqurlashadi, kо‘nikma va malakalari takomillashadi. 3-4 sinflarga borib, aksariyat bolalarda umumiy va maxsus layoqatlar kо‘zga tashlanadi. Kichik maktab davrida hayot uchun nihoyatda ahamiyatli bо‘lgan muvaffaqiyatga erishish motivi mustahkamlanadi, bu esa о‘z-о‘zidan boshqa layoqatlarni jadal rivojlanishiga olib keladi.
Kichik maktab Yoshidagi bolalar shaxsi rivojlanishiga ularning atrofidagi odamlar, ota-onasi va ayniqsa о‘qituvchi bilan bо‘ladigan munosabati katta ta’sir kо‘rsatadi. 3-4 sinflarga borib bola uchun uning о‘rtoqlari bilan munosabatining ham ahamiyati ortadi. Bu munosabatlardan kattalar ta’lim-tarbiya maqsadlarida foydalanishlari mumkin. I – IV sinf о‘quvchilari о‘z-о‘ziga xizmat kо‘rsatish, turli materiallardan har xil buyumlar yasash, о‘simliklar ekib о‘stirish, uydagi yumushlarga qatnashish kabi bir qancha ishlarda ishtirok etadilar va bu sohada dastlabki kо‘nikma va malakalarni hosil qiladilar.

Download 57.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling