4-mavzu. Korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni tahlil qilish usullari. Reja


 Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/43
Sana01.01.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1074371
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   43
Bog'liq
4 MAVZU KORXONALARNING IShLAB ChIQARISh FAOLIYaTINI IFODALOVChI

1. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi: 
2. Davr xarajatlari: 
3. Moliyaviy faoliyat bo‘yichaxarajatlar: 
4. Tasodifiy zararlar. 
Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi, mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish 
yoki qayta ishlash jarayonida ishlatiladigan tabiat resurslari, xom ashyo, material
yoqilg’i, energiya, asosiy fondlar, mehnat resurslari, hamda ishlab chiqarish bilan 
bog’liq boshqaxarajatlarning puldagi ifodasidir
Mahsulot ishlab chiqarish tannarxini tashkil qiladigan xarajatlar o‘zlarining 
iqtisodiy mazmuniga muvofiq quyidagi xarajat unsurlarigabo‘linadi: 
1.Ishlab chiqarish material xarajatlar (qaytariladigan chiqindilar 
qiymati chiqarib tashlangan holda). 
2.Ishlab chiqarish xarakteridagi mehnatga haq to‘lash xarajatlari. 
3.Ishlab chiqarishga taalluqli ijtimoiy sug’urtaajratmalari. 
4.Ishlab chiqarish ahamiyatidagi asosiy fondlar va nomoddiy aktivlar 
amortizatsiyasi. 
5.Ishlab chiqarish ahamiyatidagi boshqaxarajatlar
Mahsulot tannarxini tahlil qilish jarayonidabir so‘mlik tovar mahsulotiga 
ketgan xarajat ko‘ratkichini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. U ishlab 
chiqarish tannarxini tovar mahsuloti hajmiga nisbati tariqasidaaniqlanadi
Demak, bu ko‘rsatkichda foyda bilan ishlab chiqarish tannarxi o‘rtasidagi 
bog’liqlikni yaqqol ko‘rsatishimiz mumkin.
4.6. 
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkoniyatlarini aniqlash 
kompleks iqtisodiy tahlil tizimini asosiy shartidir. Mahsulot ishlab 
chiqarish bo‘yicha ichki xo‘jalik rezervlarini aniqlash usuli. 
 
Iqtisodiy tahlilni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, ichki xo‘jalik 
rezervlarini aniqlashdir. Bu esa asosan uch guruh ishlab chiqarish resurslari -
mehnat resurslari, mehnat vositalari va mehnat predmet lari omillaridan 
oqilona va samarali foydalanishga bog’liq. Ushbu omillar o‘ziga xos mustaqil 
ma’noga ega bo‘lishi bilan birga o‘zaro bir-biri bilan uzviy ravishda bog’langandir. 
Avval har bir omillar guruhi alohida-alohida o‘rganiladi. So‘ngra uchala omillar 
guruhini tahlil qilish asosida mahsulot ishlab chiqarishni oshirish borasidagi 


yig’ma rezervlar to‘g’risida umumiy xulosa beriladi. Komplekt yig’ma deganda, 
rezervlarning eng kam summasi olinadi. 
a) Mehnat omillari tarkibida. 
Mahsulot ishlab chiqarish hajmiga quyidagi mehnat omillari ta’sir ko‘rsatadi: 
- ishchilarning ro‘yxatdagi o‘rtacha sonining o‘zgarishi; 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling