Modelning mukammalligi bo‘yicha fikrlar
Model haqida Norbert Viner va Arturo Rozenblatni fikri:
“Mushukning eng yaxshi modeli bo‘lib, boshqa mushuk hisoblanadi, undan ham
yaxshiroqg‘i bu o‘sha mushukning o‘zidir”.
YAna bir misol:
“CHarli CHaplin harakatlarini taqlid qilish bo‘yicha tanlov o‘tkazilib, mazkur
tanlovda CHarli CHaplinning o‘zi xam ishtirok etgan va ikkinchi o‘rinni egallagan”.
Nega?
Modellashtirish maqsadi:
O‘rganilayotgan ob’ekt, jarayon va tizimning u yoki bu xususiyatlarini o‘rganish, ular
haqida to‘laroq ma’lumot olish,
ularni qayta ishlash, tasvirlash
va ulardan foydalanish;
Bunda model ob’ektni o‘rganish vositasi sifatida qo‘llaniladi.
Modellashtirish nazariyasi o‘rganilayotgan ob’ektlarni boshqa ob’ekt - modelga
almashtirish orqali mazkur asl-ob’ektlarning xususiyatlarini tadqiq qilish usullarini
o‘rganadi.
Modellarni 2 sinfga ajratish mumkin:
•
Moddiy yoki Real (moddiy, tabiatda mavjud),
•
Mavhum yoki Ideal yoki Abstrakt (tabiatda mavjud emas).
Real modellar:
•
Tabiiy (natural),
•
fizik,
•
matematik.
Ideal (mavhum) modellar:
•
ko‘rgazmali,
•
timsolli,
•
matematik.
Real natural modellar – bu o‘rganilayotgan hamda ilmiy,
texnik va ishlab chiqarish
sinovlari o‘tkazilayotgan real ob’ektlar,
jarayonlar, tizimlar ya’ni asl ob’ekt.
Real fizik modellar – bu asl-ob’ektlarning biror fizik xususiyatlarini
tasvirlovchi
maketlar, mulyajlar va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: