4-Mavzu: milliy iqtisodiyotni rivojlantirish reja


Shu bilan birga, mazkur sohada quyidagi vazifalarni amalga oshirish zarur


Download 59.98 Kb.
bet10/16
Sana13.04.2023
Hajmi59.98 Kb.
#1349696
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
4-mavzu

Shu bilan birga, mazkur sohada quyidagi vazifalarni amalga oshirish zarur:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar shtabi faoliyatini yanada takomillashtirish;
sektorlar faoliyatini muvofiqlashtirish va samaradorligini yanada oshirish maqsadida “tuman (shahar) - viloyat - respublika” tamoyili asosida ularga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish hamda faoliyatini nazorat qilish boyicha hokimliklar, prokuratura, ichki ishlar va soliq idoralarida joriy etilgan vertikal boshqaruv tizimini takomillashtirish;
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini o‘rganish natijalari
boyicha mamlakat darajasida yechiladigan muammolarni hal etishga doir chora-tadbirlar ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish;
har bir hududda aniqlangan muammolarni hal etish boyicha hududiy va respublika “yo‘l xaritalari” ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish, ularda nazarda tutilgan tadbirlar samaradorligini oshirish boyicha qo‘shimcha choralar belgilash;
hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boyicha manzilli topshiriqlar belgilash hamda ularning ijrosi ustidan tizimli nazoratni amalga oshirish.
Ayni paytda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini muayyan mezonlar asosida baholashga davriy va uzluksiz tus bermog‘imiz darkor. Jumladan, barqaror va mutanosib iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash, iqtisodiy islohotlar samaradorligini hisobga olish va yangi ish o‘rinlari yaratish, ishsizlikni kamaytirish va mehnat bozori samaradorligini ta’minlashga alohida e’tiborni kuchaytirish zarur.
Barcha viloyatlar va tumanlarda ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish va aholi turmush sifatini yaxshilash hamda aholi va biznes uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ish- lab chiqarish infratuzilmasining barqarorligi hamda ishonchliligini ta’minlash muhim ahamiyatga egaligicha qolmoqda.
Hududlarning iqtisodiy taraqqiyoti uchun asosiy drayver bo‘lgan qurilish materiallari, to‘qimachilik, ipakchilik, oziq-ovqat, charm-poyabzal kabi turli sohalarda loyihalar ishlab chiqiladi.
Hududlarning iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashda zamonaviy mashinasozlik, elektrotexnika, energetika, qurilish materiallari, oziq- ovqat, to‘qimachilik, charm-poyabzal kabi sohalardagi loyihalarga alohida e’tibor qaratiladi.
Kelgusi besh yilda aholimizning avtomobillarga bo‘lgan talabi yiliga 500-600 mingga yaqin bo‘lishi kutilmoqda. Shuningdek, ushbu sanoat tarmog‘i qishloq xo‘jaligi, qurilish, kommunal xo‘jalik kabi sohalar uchun ham texnika va asbob-uskunalar ishlab chiqaradi. Shuni inobatga olib, viloyatda avtomobil sanoati yirik klasteri tashkil etiladi.
Mamlakat miqyosida hududlarning raqobatbardoshlik darajasini oshirish, ularning iqtisodiyotini yanada diversifikatsiya qilish, ishbilarmonlik muhiti sifatini yaxshilash, tadbirkorlikni doimiy qo‘llab- quwatlash va jadal rivojlantirish masalalari ham Yangi 0‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining tarkibiy qismi bo‘lib qoladi.
Ushbu strategiyada hududlarning moliyaviy mustaqilligiga erishish hamda bank-moliya sohasini rivojlantirish va mahalliy davlat hokimiyati organlarining fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligi va ma’lumotlarning ochiqligini oshirish masalalariga alohida ahamiyat qaratiladi.
Hududlar rivojida aholimizni qiynab kelayotgan eng dolzarb muammolardan biri, yuqorida qayd etilganidek, odamlarni uy-joy bilan ta’minlash masalasidir.
Musofir bo‘lmaguncha musulmon bo‘lmas”, degan naql bor xalqimizda. 0‘zim ham ko‘p yillar musofirchilikda yashab, ishlab, uysizlik azobini his qilganman. Shu bois, odamlarning muammosini yuragimdan o‘tkazib, ularga yechim topish uchun o‘zimni qiynab, qo‘shimcha resurs va imkoniyatlar topishga harakat qilaman.
Hozirgi vaqtda hamma yerda yangi uy-joylar quryapmiz, fuqarolarimiz, mamlakatimizdagi har bir oilaning vatanli bo‘lishi, farovon yashashi uchun tinmay harakat qilyapmiz.
Shu maqsadda hududlarda aholi yashash sharoitini yaxshilash uchun urbanizatsiya siyosati yanada takomillashtiriladi. “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari mutlaqo yangi bosqichda davom ettiriladi va Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumani tajribasi asosida barcha hududlarda “Yangi O‘zbekiston massivlari” barpo etiladi. Renovatsiya dasturlari asosida shaharlarda eskirgan uylar o‘rniga zamonaviy uy-joylar quriladi va oilalar yangi massivlarga ko‘chiriladi.
Bizning yana bir ezgu maqsadimiz - birgalikdagi fidokorona mehnatimiz bilan Yangi O‘zbekiston tarkibida Yangi Qoraqalpog‘istonni bunyod etishdir.
Og‘ir ekologik sharoitga qaramasdan, mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan qoraqalpoq diyori, uning barcha shahar, tuman va ovullarini kompleks rivojlantirish, mehnatkash va matonatli, oqko'ngil va bag‘rikeng qoraqalpoq elining hayotini obod va farovon etishga har qachongidan ham ustuvor ahamiyat qaratamiz.
Asosiy vazifamiz - mamlakatimiz taraqqiyotining garovi sifatida hududlarni mutanosib rivojlantirishdan iborat. Chunki rivojlangan hududlar - Yangi 0‘zbekistonning qudratli tayanchidir.


7.Turizm - O‘zbekiston iqtisodiyotining drayveri

0‘zbekistonning zamonaviy iqtisodiyoti - samarali ishlab chiqarish bilan birga xizmat ko‘rsatish tarmoqlari rivojiga asoslangan iqtisodiyot bo‘lmog‘i zarur.


Bu muhim vazifa turizmni rivojlantirish, 0‘zbekistonni jahon turizmining jozibali markaziga aylantirish, yurtimizni sayyohlar eng ko‘p tashrif buyuradigan davlatlar qatoriga kiritishni ko‘zda tutadi.
Turizm ravnaqi uchun maxsus iqtisodiy hududlarni tuzish, turistik klasterlarni yaratish, sohaga strategik sheriklarni jalb qilish, sayyohlik infratuzilmasi va turizm sanoatini jadal rivojlantirish, hududlarning sayyohlik salohiyatidan to‘liq va samarali foydalanish, milliy turistik mahsulotlarni ishlab chiqarish va uni jahon bozorlari- ga olib chiqish borasidagi faoliyatimizni jadal rivojlantiramiz.
Turistik industriyadagi xizmatlarga ixtisoslashgan tadbirkorlik subyektlarini qo'llab-quwatlash, Low cost aviaqatnovlarini yo‘lga qoyish, soha uchun kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish kabi masalalar ham diqqat markazimizda bo‘ladi. Zero, bugungi kun- da jahonning rivojlangan mamlakatlarida turizm iqtisodiyotning strategik tarmog‘iga, uning o‘ziga xos drayveriga aylanib ulgurgan. Turizmning mamlakatlar yalpi ichki mahsulotidagi o‘rni muttasil oshib bormoqda. Binobarin, turizmni rivojlantirish biz uchun ustu- vor iqtisodiy vazifalardan biri bo‘lmog‘i lozim.
0‘zbekiston juda katta turizm va rekreatsiya salohiyatiga ega, unda jami 8,2 mingta madaniy meros obyekti mavjud, ulardan 209 tasi to‘rtta muzey shahar - Xiva shahridagi IchanqaFa, Buxoro va Shahrisabz shaharlarining tarixiy markazlari hamda Samarqand shahri hududida joylashgan bo‘lib, UNESCOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
Masalan, yaqinda UNESCO tomonidan Buxoroning yana 7 ta qadimiy obidasi ana shu ro‘yxatdan o‘rin oldi. Ular hamda viloyatdagi yana 800 dan ziyod tarixiy boyligimiz bo‘lgan madaniy obyektlar bosqichma-bosqich restavratsiya qilinadi. Jumladan, Ark qo‘rg‘onining bundan 100 yil oldin vayron qilingan qismlari qayta tiklanadi.
Buxoro shahrida eng zamonaviy jihozlangan tarix muzeyi tashkil etiladi. Abu Ali ibn Sino tug‘ilib o‘sgan Afshona qishlog‘ini turizm shaharchasiga aylantirish rejasini ishlab chiqamiz va amalga oshiramiz.
Shuningdek, Toshkent viloyatining Amirsoy va Chimyon turistik majmualarida, Chorvoq suv ombori va “Toshkent dengizi” atrofida, Ohangaron, Angrendagi tog‘li hududlarda qo‘shimcha turistik zonalar va dam olish maskanlari barpo etishga katta miqdordagi investitsiyalar jalb etilib, minglab yangi ish o‘rni yaratiladi. “Yangi O'zbekiston” bog‘idan Parkent tumaniga eltadigan 30 kilometr uzun- likdagi yangi magistral yo‘l quriladi.

Download 59.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling