4-Mavzu: milliy iqtisodiyotni rivojlantirish reja
Hududlar iqtisodiy taraqqiyotining strategik vazifalari quyi- dagilardan iborat
Download 59.98 Kb.
|
4-mavzu
Hududlar iqtisodiy taraqqiyotining strategik vazifalari quyi- dagilardan iborat:
sotsial-iqtisodiy jihatdan jadal rivojlanish, aholining turmush darajasi va daromadlarini oshirish uchun har bir hududning tabiiy, mineral va xomashyo, sanoat, qishloq xo‘jaligi, turizm va mehnat salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni ta’minlash; hududlar iqtisodiyotini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish miqyosini kengaytirish hisobidan hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidagi farqni kamaytirish, eng awalo, sanoat va eksport salohiyatini o‘stirish yo‘li bilan tuman va shaharlarni jadal rivojlantirish; yangi sanoat, ishlab chiqarish va servis markazlarini tashkil etish hisobidan shahar tipidagi kichik shaharlar va shaharchalarni faol rivojlantirish, yirik xo‘jalik birlashmalarining mablag‘larini, banklarning kreditlarini va xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qilish; subvension tuman va shaharlarni kamaytirish, sanoat va xizmatlar ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish hisobiga mahalliy budjetlarning daromad bazasini kengaytirish; sanoat va boshqa ishlab chiqarish obyektlarini joylashtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish hamda aholining turmush darajasini yaxshilash maqsadida hududlarning ishlab chiqarish, muhandis-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmasini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish. Yangi 0‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida har bir hudud bo‘yicha tuman va shaharlar kesimida besh yillik dasturlar ishlab chiqildi. Bunda har bir tuman va shahardagi mavjud muammo va imkoniyatlar o‘rganilib, “o‘sish nuqtalari” belgilab olindi. Ularga muvofiq, aniq reja va loyihalar shakllantiriladi. Hududlarni iqtisodiy taraqqiy ettirishning strategik yo‘nalishlaridan biri - mamlakatning har bir tumanida investitsiyalar kiritish uchun jozibali muhit shakllantirish va eksportni qo‘llab-quwatlashdan iborat. Negaki, hozirgi kunda yurtimizning qaysi hududini olmaylik, ularning barchasida iqtisodiy jihatdan yuksalish borasida katta imkoniyatlar mavjud ekanini ko‘ramiz. Ushbu sohada tadbirkorlarni qo‘llab-quwatlash maqsadida investitsiya va eksport yo‘nalishlarida yangi tizim joriy etiladi. Shu asosda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan tuman hokimining investitsiyalar va tashqi savdo masalalari boyicha o‘rinbosariga boysunadigan istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha “Loyiha guruhi” va kichik geologiya ekspeditsiyasi tashkil qilinadi. “Loyiha guruhi” tumanning iqtisodiy salohiyati, barcha tabiiy boyliklari, noruda qazilmalari, geografik joylashuvi, eksport bozorlarining yaqinligi va boshqa imkoniyatlarini chuqur tahlil qilib, aniq loyihalarni shakllantiradi. Shu bilan birga, ushbu guruh tadbirkorlikni tumanbay qo‘llab- quwatlash tizimini yangi darajaga olib chiqish hamda biznes-inkubatorlar tashkil qilgan holda, ularning tadbirkorlik savodxonligini muntazam ravishda oshirib borish bilan shug‘ullanadi. Har yili tumanlarda faol tadbirkorlar tanlab olinib, ularning faoliyatini doimiy ravishda qo‘llab-quwatlash orqali kichik tadbirkorlarni yetaklaydigan lokomotiv tadbirkorlarga aylantirish choralari ko‘riladi. “Loyiha guruhi” tomonidan tumanlar sanoatining yetakchi sohalarida tanlab olingan loyihalar xolding kompaniyasi tomonidan amalga oshirilib, loyiha qiymatining 30 foizgacha bo‘lgan qismi 0‘zbekiston Respublikasining to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg'armasi tomonidan moliyalashtiriladi. Hududlarning rivojlanishi uchun yana muhim omillardan biri - ular o‘rtasida transport aloqasini ta’minlashdir. Barcha aholi punktlaridan, shahar va qishloqlarimizdan poytaxtimizga, eng yirik shaharlar va turistik markazlarga tezda kelib-ketish imkoniyatini beradigan, o‘zaro bog‘langan transport tarmog‘i yaratiladi. Download 59.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling