4-Mavzu: milliy iqtisodiyotni rivojlantirish reja


Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishda davlat kompaniyalarini transformatsiya qilishni jadallashtirish lozim


Download 59.98 Kb.
bet5/16
Sana13.04.2023
Hajmi59.98 Kb.
#1349696
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
4-mavzu

Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishda davlat kompaniyalarini transformatsiya qilishni jadallashtirish lozim.
Hozirgi vaqtda davlat ishtirokidagi korxonalarning aksariyati moliyaviy barqaror bo‘lmagani uchun davlatga og‘ir yuk bo‘lib qolmoqda. Shuning uchun joriy yildan barcha davlat korxonalarini isloh qilish dasturi amalga oshirilmoqda. Jumladan, kelgusi yilda Navoiy kon-metallurgiya kombinati, “0‘zbekneftgaz”, “0‘zbekgidroenergo”, “0‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyatlari xalqaro moliya bozoriga chiqib, davlat kafolatisiz mablag‘ jalb qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Tan olish kerak, mutaxassislarning bilim va malakasi, yirik kor- xonalarning texnik imkoniyatlari, ularni mustaqil transformatsiya qilish uchun yetarli emas. Shuning uchun elektr energetikasi, neft- gaz va kimyo sanoati, mashinasozlikdagi yirik korxonalar hamda ti- jorat banklarini isloh qilish uchun Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki hamda “MakKinzi”, “Boston konsalting Grupp”, “Rotshild” kabi xalqaro tan olingan kompaniyalar jalb etildi.
Tarkibiy islohotlarning muhim yo‘nalishi - davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirishdir.
Tovar va moliya bozorlarida erkin raqobat muhitini shakllantirish hamda tadbirkorlarga xomashyo sotib olish uchun teng imkoniyatlar yaratish zarur.
Hozirgi kunda elektr energiyasi, gaz, qimmatbaho metallar, mineral o‘g‘itlar, transport xizmatlari kabi yo‘nalishlarda monopol bozorlar mavjud bo‘lib, ularda ko‘plab muammolar saqlanib qolmoqda.
Iqtisodiy faollik va aholi daromadlari o‘sgani sayin energiya resurslariga bo‘lgan talab ham ortib boradi. Shuning uchun neft-gaz va energetika sohalaridagi islohotlarni va boshlangan yirik loyihalarni yakunigayetkazishimiz lozim.Bundan buyon barcha davlat xaridlari jamoatchilik va parlament nazoratida bo‘ladi.
Iqtisodiy o‘sishga, avvalo, raqobatdosh sanoat zanjirlarini yaratish hamda bunday loyihalarga investitsiyalarni ko‘paytirish orqali erishish lozim.
Garvard universiteti tadqiqotlariga ko‘ra, mamlakatimiz 50 dan ortiq sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda barcha imkoniyatlar va nisbiy ustunliklarga ega. Ayniqsa, neft, gaz-kimyo, metallurgiya, mashinasozlik, elektrotexnika, farmatsevtika, qurilish materiallari, to‘qimachilik, charm-poyabzal, oziq-ovqat hamda “yashil iqtisodi- yot” bilan bog‘liq sanoat tarmoqlari iqtisodiyotimiz “drayverlari”ga aylanishi uchun barcha yetarli sharoitlar mavjud.
Bu tarmoqlarda xususiy sektorning tashabbuslari va yangi loyihalarini qo‘llab-quwatlash hamda kooperatsiyani rivojlantirish boyicha barcha choralar ko‘rilishi lozim.

Download 59.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling