4-Mavzu: milliy iqtisodiyotni rivojlantirish reja
Yaqin kelajakda qishloq xo‘jaligi sohasidagi islohotlar samarasini oshirish va mazkur jabhani rivojlantirishning quyidagi ustuvor vazifalari belgilab olindi
Download 59.98 Kb.
|
4-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Tomorqa - qo‘shimcha daromad manbai”
- “Suv, tinchlik va xavfsizlik muammolari - o‘zaro chambarchas bogliq”
- Amudaryo va Sirdaryo havzalari suv resurslaridan foydalanish to‘g‘risidagi konvensiyalar
- BMT tomonidan Orol fojiasidan jabr ko‘rgan aholiga amaliyyordam ko‘rsatish boyicha shu yil qabul qilingan maxsus dastur
Yaqin kelajakda qishloq xo‘jaligi sohasidagi islohotlar samarasini oshirish va mazkur jabhani rivojlantirishning quyidagi ustuvor vazifalari belgilab olindi:
❖ oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash va iste’mol ratsionini yaxshilash, talab etiladigan miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni nazarda tutuvchi oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha davlat siyosatini yangi bosqichga ko‘tarish; qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish va sotishda bozor tamoyillarini keng joriy etish, sifat nazorati infratuzilmasini rivoj- lantirish, eksportni rag‘batlantirish, maqsadli xalqaro bozorlarda raqobatbardosh, yuqori qo‘shilgan qiymatli qishloq xo‘jaligi va oziq- ovqat tovarlari ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi qulay agrobiznes muhitini va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishga alohida e’tibor berish; qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmog‘ini modernizatsiyalash, diversifikatsiya qilish va barqaror o‘sishini qo‘llab-quwatlash uchun xususiy investitsiya kapitali oqimini ko‘paytirish orqali sohada davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish mexanizmlarini keng joriy qilish; mamlakat miqyosida yer va suv resurslari, o‘rmon fondidan oqilona foydalanishni nazarda tutuvchi tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish; qishloq xo‘jaligida davlat boshqaruvi tuzilmasini restrukturizatsiya qilish va yanada rivojlantirishni nazarda tutuvchi boshqaruvning zamonaviy tizimlarini rivojlantirish; fermer xo‘jaliklarida mehnat unumdorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash, yuqori qo‘shilgan qiymat yaratishga qaratilgan tarmoq dasturlarini ishlab chiqish orqali davlat xarajatlari samaradorligini oshirish va bosqichma-bosqich qayta taqsimlashga erishish; qishloq xo‘jaligida ilmiy-tadqiqot, ta’lim va maslahat xizmatlarining ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan bilim va ma'lumotlarni tarqatishning samarali shakllarini qo‘llashni nazarda tutuvchi ilm-fan, ta’lim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini yanada rivojlantirish; qishloq joylarni muvozanatli va barqaror taraqqiy ettirishga ko'maklashishni nazarda tutuvchi qishloq hududlarini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish; qishloq xo‘jaligiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish orqali statistik ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish va tarqatishning ishonchli uslublarini joriy etishni nazarda tutuvchi tarmoq statistikasining shaffof tizimini takomillashtirish choralarini ko‘rish. Ushbu vazifalar bilan bir qatorda qishloq xo‘jaligi rivojini ta’minlashga qaratilgan tizimli chora-tadbirlarni royobga chiqarishimiz zarur. Bunda awalo, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari huquq va manfaatlarini himoyalash, qishloq aholisi o‘rtasida “Tomorqa - qo‘shimcha daromad manbai” tamoyilini keng targ‘ib qilish, yer egalarining bilim va tajribasini oshirishga alohida aha miyat berish lozim. Ushbu yo‘nalishda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga zamonaviy agrotexnologiyalarni keng joriy etish, intensivbog‘larvatokzorlar yaratish, organik qishloq xo‘jaligi, meva-sabzavot, oziq-ovqat, asalarichilik, baliqchilik, parrandachilik va chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishni ko‘paytirish borasidagi faoliyat ham alohida e’tiborni talab qiladi. Ayni paytda biz qishloqlarda kichik ishlab chiqarish korxonalari tarmog‘ini, qishloq xo‘jaligi klasterlarini, agroklasterlar, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, ularga chuqur ishlov berish, transportda tashish va sotish (eksport qilish) boyicha kichik ishlab chiqarish korxonalari (qishloq xo‘jaligi xablari) tarmog‘ini rivojlantirishga oid qonunchilikni takomillashti- rish va boshqa amaliy choralarni maqbul, deb hisoblaymiz. Shu bilan birga, qishloqda ishlab chiqarishning yangi infratuzilmasini yaratish, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulot ishlab chiqarish, zamonaviy agrotexnologiyalar, seleksiya va urug‘chilik usullarini joriy qilish, yer, suv va boshqa tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanishda rivojlangan mamlakatlar darajasiga yetish vazifalari ham ahamiyatlidir. Qishloq xo‘jaligida yanada ko‘proq mahsuldorlikka erishish maqsadida hududlarda yerning ball bonitetiga qarab ekin turlarini joylashtirish, hududlarning ixtisoslashtirilishini hayotga keng joriy etish mamlakat iqtisodiyotiga katta foyda keltiradi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi fermer, dehqon va tomorqa yer egalari manfaatlariga xizmat qiluvchi yangi mazmundagi tuzilmalar tashkil etish va ular faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish soha rivojining muhim omillaridan biridir. 5.Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish Bugungi kunda 0‘zbekiston oldida turgan, hal qiluvchi ahamiyatga ega masalalardan yana biri - suv resurslari taqchilligi, atrof- muhit va atmosferaning ifloslanishi, tuproq qatlamining yemirilishi va cho‘llanish muammolari bilan bog‘liq. Global iqlim o‘zgarishi ta’sirining keskinlashuvi jahon mamlakatlarida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik suv ta’minoti darajasini pasaytira boshladi. Shu boisdan barcha mamlakatlarda suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalariga alohida e’tibor berilmoqda. 0‘zbekistonda ham mazkur masala dolzarb bo‘lib qolmoqda. Shuni inobatga olgan holda, suvresurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish masalalari davlatning mudom diqqat markazida bo‘lib kelmoqda. Mamlakatimizda hozirgi kunda qishloq xo‘jaligida 20 million gektardan ortiq, shu jumladan, 3,2 million gektar sug‘oriladigan ekin maydonlaridan foydalanib, aholi ehtiyoji uchun oziq-ovqat mahsulotlari, iqtisodiyot tarmoqlari uchun zarur xomashyo yetishtirilmoqda. Sug‘oriladigan maydonlarning unumdorligini oshirish, meliorativ holati va suv ta’minotini yaxshilash maqsadida davlat dasturlari doirasida keng ko‘lamli irrigatsiya va melioratsiya tadbirlari hayotga tatbiq etilmoqda. Suv resurslaridan foydalanish mexanizmlarini tubdan isloh qilish, ulardan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlash, iqtisodiyot tarmoqlarida suvtejovchi texnologiyalarni joriy etishni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, shuningdek, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boyicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu borada melioratsiya va irrigatsiya obyektlari tarmoqlarini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi sohasiga intensiv usullarni, eng awalo, suv va yer resurslarini tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish ustuvor vazifa etib belgilangan. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida mamlakatimiz ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyotini barqarorlashtirish borasida mavjud sug‘orma dehqonchilik va suv resurslari salohiyatidan samarali foydalanish darajasi hamdaushbu tizimga innovatsion, zamonaviy texnologiyalarni olib kirish ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu maqsadlarga erishish uchun suv xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish bilan bir qatorda suv resurslarini boshqarish tamoyillari va tizimini takomillashtirish masalalari muhim ahamiyatini saqlab qolmoqda. Suv xo‘jaligi tizimini takomillashtirishga qaratilgan yangi va innovatsion loyihalarni shakllantirish va ishlab chiqish, suv xo‘jaligiga xorijiy investitsiyalar, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat va nohukumat moliya tashkilotlari mablag‘larini jalb qilish boyicha vazifalarni belgilab olganmiz. Shu bilan birga, sug‘oriladiganyerlarning meliorativ holatini yaxshilash ishlarini izchil davom ettirish, suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, ularning hisobini yuritish tizimini takomillashtirish barobarida suv xo‘jaligi tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash masalalari ham kechiktirib bo‘lmas vazifalar miqyosini belgilaydi. Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash bilan bog‘liq muammolar to‘g‘risida so‘z yuritar ekanmiz, mintaqaning umumiy suv zaxiralaridan oqilona foydalanish kabi muhim masalani chetlab o‘tolmaymiz. Bu borada BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning “Suv, tinchlik va xavfsizlik muammolari - o‘zaro chambarchas bogliq”, degan fikrini qo`llab-quvvatlaymiz. Suv muammosini hal qilishning mintaqa mamlakatlari va xalqlari manfaatlarini teng hisobga olishdan boshqa oqilona yoli yo‘q. 0‘zbekiston BMTning Preventiv diplomatiya boyicha mintaqaviy markazi tomonidan ishlab chiqilgan Amudaryo va Sirdaryo havzalari suv resurslaridan foydalanish to‘g‘risidagi konvensiyalar loyihalarini olqishlaydi. Bugungi kunning eng o‘tkir ekologik muammolaridan biri - Orol halokati, Orol fojiasi boyicha ortiqcha izohga hojat yo‘q. Dengizning qurishi bilan bogliq oqibatlarni bartaraf etish xalqaro miqyosdagi sa’y-harakatlarni faol birlashtirishni taqozo etmoqda. BMT tomonidan Orol fojiasidan jabr ko‘rgan aholiga amaliyyordam ko‘rsatish boyicha shu yil qabul qilingan maxsus dastur to`liq amalga oshirilishi boyicha chora- tadbirlar ishlab chiqish lozim. Shu bilan birga, suv resurslaridan foydalanish borasidagi mavjud muammolarni izchil hal etishni ta’minlash maqsadida Download 59.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling