4-Mavzu: milliy iqtisodiyotni rivojlantirish reja


QR to‘lovlari texnologiyasi


Download 59.98 Kb.
bet16/16
Sana13.04.2023
Hajmi59.98 Kb.
#1349696
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
4-mavzu

QR to‘lovlari texnologiyasi va NFC texnologiyalarini joriy qilish, xususan, mobil qurilmalar orqali to‘lovlarni qabul qilish orqali zamonaviy va qulay bo‘lgan masofaviy usullarda qabul qilish imkoniyatini oshirishga alohida e’tibor berish lozim.
Raqamli texnologiyalar milliy bozori uchun qulay muhitni yaratish va istiqbolli “raqamli” startaplarni rivojlantirish lozim. Bunda texnopark va kovorking markazlari faoliyatini davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish orqali zamonaviy raqobatbardosh va eksportga yo‘naltirilgan dasturiy mahsulotlar va xizmatlarni, mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish va boshqa vazifalarni amalga oshirish zarur.
Aholi o‘rtasida raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish sohasida yirik IT-korxonalarni jalb qilgan holda, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini tashkil qilish hamda viloyat va shaharlarda raqamli ko‘nikmalar borasidagi bo‘shliqni bartaraf etish maqsadida yurtimizning barcha hududlarida ixtisoslashtirilgan o‘quv markazlarini tashkil etib vertikal boshqaruv o‘quv modeli tizimini tuman va shaharlar darajalarida (IT-park filiali - o‘quv markazi - maktab) joriy etish muhim vazifalarimizdan biridir.
Bu jihatdan qaraganda, raqamli ko‘nikmalarga ega bo‘lgan aholi ulushini oshirish maqsadida,yuqori malakali mutaxassislar ishtirokida bepul onlayn kurslarni tashkil etish, aholi o‘rtasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun “Bir million dasturchi” loyihasi miqyosini kengaytirish va uni davom ettirish soha rivoji uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Davlat boshqaruvida raqamli ko‘nikmalarni oshirish maqsadida, awalo, davlat xizmatchilarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi ko‘nikmalari va malakalarini oshirish mexanizmini rivojlantirish va doimiy takomillashtirib borish zarur.
Ayni paytda butun mamlakat miqyosida raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini baholash mexanizmlarini ishlab chiqish va bunda quyidagi jihatlarni inobatga olish: axborot savodxonligi (qaror qabul qilish uchun zarur bo‘Igan ma’lumotlarni topish qobiliyati); kompyuter savodxonligi (raqamli qurilmalar bilan ishlash qobiliyati); media savodxonligi ommaviy axborot vositalarini tanqidiy o‘rganish imkoniyati); kommunikativ savodxonlik (zamonaviy raqamli aloqa vositalaridan foydalanish qobiliyati); texnologik innovatsiyalarga (yangi texnologiyalarga) ijobiy munosabatni shakllantirish ham muhim vazifa hisoblanadi. Bunda davlat va mahalliy hokimiyat organlarining raqamli rivojlanish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bo‘linmalarining mas’ul xodimlari bilan ishlash mexanizmini takomillashtirish, jumladan, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish maqsadlariga erishishga asoslangan moddiy rag‘batlantirish tizimini (KPI) joriy etishga alohida ahamiyat qaratish kerak.
Ta’lim sohasida raqamli ko‘nikmalarni oshirish maqsadida, awalo, ta’limning boshlang‘ich bosqichida o‘quvchilarga raqamli texnologiyalarni taqdim etish orqali raqamli ko‘nikmalarni o‘zlashtirish uchun imkoniyatlar yaratish, kelajakda zarur bo‘ladigan keng ko‘lamli raqamli transformatsiya sharoitida yoshlarga bilim va ko‘nikmalar berish bilan bog‘liq tizimli tadbirlar amalga oshirilishi darkor.
Mamlakatimizdagi axborot texnologiyalari sohasidagi tashkilotlarning o‘quv jarayonlariga qatnashishini rag‘batlantirish orqali umumta’lim maktablarida informatika fanini o‘qitish metodlarini takomillashtirish, ayni paytdaesa, iqtidorli IT-mutaxassislarini o‘qitish, qo‘llab-quwatlash va ularni targ‘ib qilish hamda mamlakatimizdan iqtidorli kadrlarning chiqib ketishi bilan bog‘liq holatlarning oldini olish uchun ularning rivojlanishi, unib-o‘sishi uchun munosib imkoniyatlar yaratish nihoyatda muhim vazifadir.
Barcha oliy ta’lim muassasalarida tegishli sohalarda “Internet buyumlar”, robototexnika, sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash va o‘rganish bo‘yicha laboratoriyalar, shuningdek, xorijiy korxonalarni ushbu sohaga jalb qilishni tashkil etish, raqamli texnologiyalar sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish va rag‘batlantirish, g‘oyalar va yangi texnologiyalar yaratishni targ‘ib qiluvchi tanlovlar va tadbirlar (xakatonlar, konkurslar, olimpiadalar va boshqalar) o‘tkazish, ularning tashkiliy mexanizmlarini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratish zarur.
Ta’lim tizimining barcha bosqichlarida qog'oz shaklidagi materiallarni raqamlashtirish formatlaridan foydalanishni qo‘llab-quvvatlash hamda xuddi shunday yondashuvga ko‘ra, mavjud o‘quv jarayonini raqamlashtirish doirasini muttasil kengaytirib borish lozim.
Raqamli iqtisodiyotni yaratish imkoniyatlarini oshirish maqsadida yangi qidiruv tizimlarini yaratish yo‘nalishini ishlab chiqish va aniqlash, raqamli tizimlar elementlari o‘rtasidagi almashinuv vaqtini qisqartirish, yuqori samarali va ishonchli ma’lumotlarni saqlash tizimlari uchun yangi dasturlar yaratish boyicha tadqiqotlar o‘tkazish muhim ahamiyatga ega.
Ayniqsa, robototexnika komplekslari va odamlar o‘rtasidagi ta’sir algoritmlarini ishlab chiqish, ma’lumotlar uzatish tarmoqlari infratuzilmasini, o‘rnatilgan sensorlar va sensor tarmoqlarni takomillashtirish, shuningdek, “bulutli” xizmatlarni taqdim etishning turli modellarini amalga oshirish uchun dasturiy taminot yaratish boyicha ilmiy ishlarni olib borish zarur.
Yirik xalqaro korxonalarning markazlari bilan hamkorlikda raqamlashtirish yo‘nalishidagi faoliyatda inson kapitalini rivojlantirish, jumladan, IT sohasidagi kasblarni ommalashtirish, IT-korxonalar uchun institutsional sharoitlarni yaxshilash va ma’muriy to‘siqlarni kamaytirishga alohida e’tibor qaratish zarur.
Bunda, ayniqsa, ayollar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga raqamli ko‘nikmalarni o‘rgatish uchun davlat tomonidan yordam ko‘rsatish tizimini samarali tashkil qilish, aholida elektron xizmatlarga ishonch uyg‘otish va odamlarda tez rivojlanayotgan raqamli imkoniyatlardan foydalanish yuzasidan zarur ko‘nikmalarni shakllantirish boyicha samarali choralarni ko‘rish lozim.
Ayni paytda aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa texnologiyalari (4G va boshqalar) bilan qamrab olish darajasini oshirish, shahar va qishloqlar o‘rtasidagi raqamli texnologiyalar boyicha tafovutni kamaytirishga alohida ahamiyat beramiz.
Bularning barchasi, o‘z navbatida, mamlakatimizda investitsiya muhitini yaxshilash, axborot texnologiyalari sohasida investitsiyalar samaradorligini oshirish, aholining raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat vositalaridan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.
Download 59.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling