4-Mavzu: milliy iqtisodiyotni rivojlantirish reja


Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish boyicha quyidagi ustuvor vazifalar mavjud


Download 59.98 Kb.
bet12/16
Sana13.04.2023
Hajmi59.98 Kb.
#1349696
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
4-mavzu

Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish boyicha quyidagi ustuvor vazifalar mavjud:

  • investitsiyaviy va tadbirkorlik faoliyatining turli shakllarini diversifikatsiya qilish uchun kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni, jumladan, mayning, ya’ni turli kriptovalutalarda yangi birliklar va komissiya yig‘imlari formatida mukofot olish imkonini beradigan taqsimlash platformasini ta’minlash vayangi bloklar yara- tish boyicha faoliyatni samarali tashkil etish;

  • smart-kontrakt (raqamli tranzaksiyalarni avtomatik tartibda amalga oshirish orqali huquq va majburiyatlar bajarilishini nazarda tutuvchi elektron shakldagi shartnoma), konsalting, emissiya, ayirboshlash, saqlash, taqsimlash, boshqarish, sug‘urtalash, kraud-fan- ding, ya’ni jamoaviy moliyalashtirish;

  • “blokcheyn” texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish, shu asosda “blokcheyn” texnologiyalarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish boyicha amaliy ish ko‘nikmalariga ega malakali kadrlarni tayyorlash;

  • kripto-aktivlar bo‘yicha faoliyat va “blokcheyn” texnologiyalari sohasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish, raqamli iqtisodiyotda loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun “blokcheyn” texnologiyalarini ishlab chiqish sohasida faoliyat ko‘rsatadigan yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish;

  • xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasini hisobga olgan holda, “blokcheyn” texnologiyalarini joriy etish uchun zarur huquqiy bazani yaratish;

  • raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish sohasida davlat organlari va tadbirkorlik subyektlarining yaqin hamkorligini ta’minlash.

Mazkur vazifalarni bajarish maqsadida mamlakatimizda barcha tarmoqlar va sohalarda, eng awalo, davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, elektron hukumat tizimini takomillashtirish, dasturiy mahsulotlar va axborot texnologi- yalarining mahalliy bozorini yanada rivojlantirish, barcha hududlarda IT-parklarni tashkil etish, shuningdek, sohani malakali kadrlar bilan ta’minlashni ko‘zda tutuvchi 220 dan ortiq ustuvor loyihalarni amalga oshirish boshlandi.
Jahonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanib borayotgani, bu texnologiyalarning iqtisodiyot sektorlariga intensiv ravishda joriy qilinayotgani iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimining jadal raqamli rivojlanishini ta’minlash, shu jumladan, elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini yanada takomillashtirishni taqozo qilmoqda.
O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni shakllantirish maqsadida
Download 59.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling