4-Mavzu: milliy iqtisodiyotni rivojlantirish reja
“xizmat sifatida - dasturiy ta’minot”, “xizmat sifatida - platforma”, “xizmat sifatida - infratuzilma”
Download 59.98 Kb.
|
4-mavzu
“xizmat sifatida - dasturiy ta’minot”, “xizmat sifatida - platforma”, “xizmat sifatida - infratuzilma” texnologiyalarini keng joriy etish vazifasi ham dolzarblashmoqda.
Shahar infratuzilmasini boshqarishda raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali transport logistikasi, shahar infratuzilmasi, shahar muhitining sifati, shahar rivojlanishini boshqarish samaradorligi, jamoat, biznes vayashash joylari bilan bog‘liq muammolarni hal qilish uchun “aqlli” va “xavfsiz” shahar loyihalarini izchil amalga oshirish bu borada kutilgan natijani berishi mumkin. Bu yo‘nalishda mavjud aloqa (simsiz va optik), simli va simsiz aloqa texnologiyalari va tizimlari, shuningdek, yangi geografik axborot vanavigatsiyatizimlarining samaradorligini oshirishyo‘llarini o‘z ichiga olgan aloqa va navigatsiya texnologiyalarini takomillashtirish, aloqa operatorlari o‘rtasida sog‘lom raqobatni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish nihoyatda muhim vazifalardan biridir. Iqtisodiyot tarmoqlari va davlat boshqaruvi tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish va telekommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish orqali mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini yanada oshirish maqsadida elektron hukumatni yanada rivojlantirish muhim vazifalardan hisoblanadi. Bunda mamlakat miqyosida sifatli va talab yuqori bo‘lgan elektron davlat xizmatlarini yanada kengaytirish, bosqichma-bosqich barcha davlat xizmatlarini raqamli shaklga o‘tkazish, jumladan, ko‘rsatilayotgan avtomatlashtirilgan xizmatlar ulushini 2030-yilga qadar 90 foizga yetkazish lozim. Elektron hukumat axborot tizimlarini ishlab chiqishda yagona texnologik yondashuvni ta’minlash, shu jumladan, ochiq kodli dasturiy ta’minotdan foydalangan holda, davlat organlarining idoraviy tizimlarini ishlab chiqish xarajatlarini qisqartirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish kerak. Iste'molchilar talabidan kelib chiqqan holda, ochiq davlat ma’lumotlarini ishlab chiqish, shakllantirish va ulardan foydalanish mexanizmlarini takomillashtirish, shuningdek, “ochiq ma’lumotlar”ga asoslangan davlat mobil ilovalari va dasturlari ulushini oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shu bilan birga, davlat ma’lumotlarini boshqarishning yagona tizimini shakllantirish, davlat boshqaruvida ma’lumotlarni to‘plash va raqamlashtirish uchun kerak bo‘lgan barcha resurslarni yaratish orqali asoslangan qarorlarni qabul qilishni avtomatik ravishda shakllantirishga alohida e’tibor berish darkor. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartib-taomillarini optimallashtirish, shu jumladan, ma’muriy tartibotlarni avtomatlashtirish orqali talab qilingan ma’lumot va hujjatlar sonini qisqartirish zarur. Litsenziyalar va ruxsatnomalar berish bilan bog‘liq barcha tartib-taomillarni optimallashtirish va ularni real vaqt rejimida ishlovchi elektron shaklga o‘tkazish dolzarb vazifalarimiz sirasiga kiradi. Elektron hukumat tizimi doirasida elektron davlat xizmatlaridan aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun shaxsni masofadan tasdiqlashning qo‘shimcha shakl va usullari joriy etilishini nazarda tutuvchi raqamli identifikatsiyalashni rivojlantirish diqqat e’tiborimizda bo‘lmog‘i kerak. Iqtisodiyotning real sektorida raqamli texnologiyalarni rivojlantirish maqsadida ham bir qator tadbirlar amalga oshiriladi. Bunda, ayniqsa, sanoat korxonalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish dasturlarini ushbu korxonalarni texnologik qayta jihozlash dasturlari bilan uyg‘unlashtirish, korxona ta'minotining barcha bosqichlarini avtomatlashtirish va boshqarishni ta’minlash, shuningdek, bu orqali logistika va xarid xarajatlarini qisqartirishga alohida ahamiyat qaratiladi. Zamonaviy axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish hisobidan mahsulotlar va xizmatlar sifatini yaxshilash, ularning tannarxini, ishlab chiqarishdagi to‘xtalishlarni kamaytirish, moliyaviy-iqtisodiy faoliyatning shaffofligini oshirish bilan birga, innovatsion avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish boyicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish ustuvor yo‘nalishlardan biriga aylanadi. Barcha ishchi joylarni bosqichma-bosqich avtomatlashtirish hamda ishlab chiqarish jarayonlarini robotlashtirish, shuningdek, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, savdo hajmini oshirishva mijozlarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash maqsadida buyurtmachilar (mijozlar) bilan o‘zaro munosabat mexanizmlarini takomillashtirish, boshqaruv ma’lumotlarini qabul qilishni qo‘llab-quwatlash tizimini, jumladan, real vaqt rejimida biznes-tahlil tizimini joriy qilish orqali takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. Ayni paytda 2025-yilda korxona resurslarini boshqarish tizimini (ERP) joriy qilgan yirik xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ulushini 90 foizga yetkazish, sanoat korxonalarida joriy etilayotgan ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish (ERP, MES, SCADA va boshqalar), robotlashtirish, “Internet buyumlar”, “sun’iy intellekt” kabi texnologiyalarning dasturiy mahsulot qismini 2027-yilgacha, apparat qismini esa 2030-yilgacha davlat-xususiy sheriklik asosida mahalliylashtirish alohida diqqatni talab qiladigan vazifalardan biridir. Kommunal xizmatlar boyicha hisob-kitoblarni boshqarish uchun smart texnologiyalarni, intellektual servislarni joriy qilish va kommunal xizmatlarni tartibga solish uchun Download 59.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling