4-mavzu. O’rta asrlar iqtisodiy qarashlari. Merkantilizm iqtisodiy ta’limoti


Ibn Sinoning iqtisodiy qarashlari


Download 425.79 Kb.
bet3/50
Sana29.10.2023
Hajmi425.79 Kb.
#1733141
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
4-mavzu. O’rta asrlar iqtisodiy qarashlari. Merkantilizm iqtisod-fayllar.org

Ibn Sinoning iqtisodiy qarashlari. Uluġ mutafakkir Ibn Sinoning (980-1037) 280 dan ko’p asarlari mavjud bo’lib, ular tibbiyot, matematika, astronomiya, ximiya, falsafa, iqtisodiyot va boshqa sohalarga baġishlangan.

Ibn Sinoning inson ehtiyojlari to’ġrisidagi, mehnat va uning moddiy ishlab chiqarishdagi roli to’ġrisidagi fikrlari diqqatga sazovor. Uning fikricha: «Hayvon tabiat ne`matlariga qanoat qiladi, insonga esa tabiat ne`matlari kamlik qiladi, u oziq-ovqat, kiyim-kechak va uy-joyga ehtiyoj sezadi.

Ibn Sino ideal davlat to’ġrisida fikr yuritib, uni quyidagicha tavsiflab beradi:

  1. hamma o’z foydasini ko’zlab mehnat qilishi kerak;


  2. bu davlatda barcha moddiy boyliklar shunday teng taqsimlanishi kerakki, unda juda katta boylik va ashaddiy kambaġallik bo’lmasin;


3) barcha kishilar halol mehnat bilan shuġullanishi va halol savdo qilishi sababli ur o’sha digan odamlar bo’lmaydi va urushlar tugatiladi, davlatlar o’rtasidagi siyosiy baxslar esa tinch yo’l bilan hal etiladi;


  1. ideal davlatda odamlarda hamma narsa muhayyo bo’ladi, shuning uchun ular bir-biriga qarama-qarshi bo’lmaydilar, quvnoq ashula va musiqani yaxshi ko’radilar, o’zoq vaqt qarimaydilar.


Ibn Sinoning ideal davlat to’ġrisidagi qarashlari Platonning «Qonun»larida, Aristotelning «Afina siyosatchilari»da, Forobiyning «Sahovatli shahar yashovchilarining qarashlari to’ġri sida traktat»ida aytilgan fikrlariga ko’p jihatdan uxshab ketadi.


Yusuf Xos Hojibning iqtisodiy fikrlari. Iqtisodiy fikrlarning rivojlanishiga munosib hissa qo’shgan X1 asrda yashab ijod etgan buyuk shoir va mutafakkir Yusuf Xos Hojib hisoblanadi. U jamiyatning rivojlanishida mehnatning o’rnini qayd qilib o’tgach, shunday deydi: «Odamga foydasi tegmagan odam - murda» va «O’tgan umr achinarli emas, balki sarflangan mehnat achinarlidir». Yusuf Xos Hojib mehnatga tavsif berish bilan cheklanmasdan, balki mehnat taqsimotining ahamiyatiga ham alohida e`tibor qaratdi. U dehqonchilikda, chorvachilikda, hunarmandchilikda yaratiladigan moddiy boyliklarning xususiyatlarini ko’rsatib beradi.



Download 425.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling