4-mavzu. O’rta asrlar iqtisodiy qarashlari. Merkantilizm iqtisodiy ta’limoti


A.Temo’rning iqtisodiy qarashlari


Download 425.79 Kb.
bet4/50
Sana29.10.2023
Hajmi425.79 Kb.
#1733141
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
4-mavzu. O’rta asrlar iqtisodiy qarashlari. Merkantilizm iqtisod-fayllar.org

A.Temo’rning iqtisodiy qarashlari. Amir Temur (1336-1405) iqtisodiyotni boshqarishda o’ziga xos maktab yaratdi. U davlatning muhim ishlarini: soliq yiġish, tartib saqlashni, ijtimoiy binolar - bozorlar, hammomlar, yo’llar, suv inshootlarining tarmoqlarini nazorat qilib turgan. Ayniqsa, toshu tarozi to’ġriligi, odil baho tekshirib turilgan, qallob va tovlamachilar qattid jazolangan.

Negaki, A.Temur: “Raiyatni xonavayron qilish davlat xazinasining kambaġalashishiga olib keladi. Xazinaning kamayib qolishi esa, sipoularning tarqalib ketishiga sabab bo’ladi. Sipoularning tarqoqligi esa, o’z navbatida, saltanatning kuchsizlanishiga olib boradi ”, - deb ko’rsatib bergan.

Mamlakatda dehqonchilikka katta e`tibor berilgan bo’lib, erga egalik qilish quyidagi ko’rinishlarda bo’lgan:




  1. Suyurgol erlar. Katta hajmdagi bu erlar davlat tomonidan ajratib berilib, bir avloddan ikkinchisiga o’tgan. Suyurgol egasi soliqdan ozod qilingan. Bunday er egalari dehqonlarni ishlatib, er soliġi - xiroj olganlar.


  2. Tarxon erlar. Bu erlar xususiy mulk bo’lib, ular odamlarga biron- bir xizmati uchun berilgan.


  3. Ushr erlar. Sayid va xo’jalarga mansub erlar. Bu erlar da olingan hosilning undan biri davlatga berilgan.


  4. Vaqf erlar. Masjid, madrasa, xonadon, qabriston va shu singari joylarga doir erlar. Vaqfda er, suv, bozor, pullar va boshqalar mol- mulki bilan in`om etiladi.


  5. Askarlarga, ularning rahhbarlariga beriladigan erlar.

Amir Temur Angliya va Franciya qirollariga murojaat qilib, xalqaro savdo aloqalarini rivojlantirishga harakat qilgan. Mashriqdan maġribgacha bo’lgan savdo-sotiq ishlarini ko’chaytirish uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlar yaratib berilgan. Masalan, bir kunlik karvon yo’lida barcha narsa muhayyo etilgan, qaroqchilar qattiq jazolangan. Shu narsaga alohida e`tibor berish kerakki, chetdan olib kelingan tovarlar ustiga 10 foiz narx qo’shib sotish mumkin bo’lgan. Bu, hozirgi davr tili bilan aytganda, birinchidan - chet el tovarlariga bo’lgan talabni ko’chaytirsa, ikkinchidan - aholining iste`mol buyumlariga bo’lgan ehtiyojini to’laroq qondirish imkonini beradi.

A.Temo’rning iqtisodiy fikrlari «Temur to’zuklari»da bayon etilgan. .

«To’zuklarda» A.Temur davrida soliq va jarimalarni yigish va harj (sarf) qilishga alohida e`tibor berishgan. «Xirojni yigish vaqtida, - deb uqtiriladi «Temur to’zuklari»da, - ikki vazir tayinlansin. Biri to’plangan molni yozib, raiyat ahvolini tekshirib tursin, boj oluvchilar fuqaroga zulm qilib, ularning ahvoliga haroblik etkazmasinlar. Viloyatlarda yigilgan barcha mol-ashyoni kirim daftariga yozishlari lozim. Ikkinchi vazir esa, chiqim daftariga yozib, yigilgan mollardan sipou maoshiga taqsim qilsinlar».



A.Temur o’qimishli, olim odamlarning mehnatiga yuqori baho bergan.


Download 425.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling