4-mavzu. O‘zbekistonning milliy innovatsion tizimi


-rasm. Davlatning innovatsion-strategik funksiyasi


Download 339.12 Kb.
bet5/6
Sana01.03.2023
Hajmi339.12 Kb.
#1241214
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Innovatsion iqtisodiyot 4-mavzu

4.4-rasm. Davlatning innovatsion-strategik funksiyasi

Ushbu chizma ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, davlatning inniovatsion-strategik funksiyasi milliy innovatsion tizimni yaratish bilan bevosita bog‘liqdir.


Iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi ma’lum mezonlar asosida amalga oshadi va ushbu mezonlar 4.5-rasmda keltirilgan.



4.5-rasm. Iqtisodiyotning innovatsion rivojlanish mezonlari

Ushbu chizmadan ko‘rinib turibdiki, iqtisodiyotning innovatsion rivojlanish mezonlari uch guruhga bo‘linadi: iqtisodiy va ishlab chiarish sohasidagi, ilmiy-intellektual sohadagi va tashkiliy-tijorat sohasidagi mezonlar.


Rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasini tahlil etadigan bo‘lsak, ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari (ITTKI) uchun sarflanayotgan malag‘larning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi qanchalik yuqori bo‘lsa, ushbu mamlakatlarning iqtisodiyoti innovatsion rivojlanayotganligiga guvoh bo‘lamiz.


4.1-jadval.
Ayrim mamlakatlarda ITTKIga sarflanayotgan mablag‘lar



Mamlakatlar

YaIMga nisbatan xarajatlar

Har bir million kishiga to‘g‘ri keladigan tadqiqotchilar soni, kishi

foizda

mlrd. AQSh $

1.

Janubiy Koreya

4,3

73,1

6 856

2.

Isroil

4,2

9,9

8 250

3.

Yaponiya

3,4

131,8

5 328

4.

Shvesiya

3,1

14,2

6 877

5.

Germaniya

2,9

109,5

4 318

6.

AQSh

2,7

476,4

4 217

7.

Fransiya

2,3

38,5

4 233

8.

Singapur

2,2

10,0

6 729

9.

Xitoy

2,0

370,6

1 096

10.

Buyuk Britaniya

1,7

43,8

4 254

11.

Rossiya

1,1

40,3

3 094

12.

Hindiston

0,8

48,0

156

13.

Qozog‘iston

0,2

0,718

790

14.

O‘zbekiston

0,2

0,342

500

Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga sarflanayotgan malag‘larning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi bo‘yicha Janubiy Koreya va Isroil mamlakatlari, ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga sarflanayotgan malag‘larning absolyut miqdori bo‘yicha esa AQSh, Xitoy va Yaponiya mamlakatlari yetakchi hisoblanadi.


Mamlakatimiz iqtisodiyotining ayrim tarmoqlarida innovatsiyalarni jalb etishning holati hozirgi zamon talablari darajasida emas, deb baholash mumkin. Buni O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasi tomonidan taqdim etilayotgan ma’lumotlarda ham ko‘rishimiz mumkin. Korxonalarning innovatsion faoliyatiga baho berishda qo‘llaniladigan asosiy ko‘rsatkichlardan biri – bu ularning ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari bilan shug‘ullanish holatidir. Mamlakatimizda iqtisodiy faoliyat turlari kesimida ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini bajargan tashkilotlar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar 4.2-jadvalda keltirilgan.
4.2-jadval.
2020 yilda iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini bajargan tashkilotlar soni, birlik




Jami

Shu jumladan bajarganlar*)

Ilmiy tadqiqot ishlari

shu jumladan:

Loyiha konstruk-torlik va texnologik ishlar

Tajribaviy nusxa-namunalar, mahsulot-lar tayyorlash

Quri-lish uchun loyiha namuna-lari

Ilmiy-texnik xizmat-lar

funda-mental tadqiqot-lar

Jami

254

195

112

17

9

6

91

Shu jumladan iqtisodiy faoliyat turi bo‘yicha:






















Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi

4

2

1

-

-

-

2

Ishlab chiqarish sanoati

6

5

-

2

1

1

2

Kasbiy, ilmiy va texnik faoliyat

155

110

61

7

5

3

62

Ta’lim

68

62

43

8

3

2

21

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish

6

6

2

-

-

-

-

San’at, ko‘ngil ochish va dam olish

12

9

5

-

-

-

3

Iqtisodiy faoliyatning boshqa turlari

3

1

-

-

-

-

2

*) ish turlari bo‘yicha ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini bajargan tashkilotlar soni yig‘indisi jami ko‘rsatkichga teng bo‘lmagan holatlar mavjud, bunda bitta tashkilot bir nechta ish turini bajargan bo‘lishi mumkin.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari.


Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, 2020 yilda iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini bajargan tashkilotlar soni jami 254 tani tashkil etgan bo‘lib, uning 4 tasi yoki 1,5 foizi qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi tarmog‘i korxonalari hissasiga to‘g‘ri keldi. Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi tarmog‘i korxonalari tomonidan bajarilgan 4 ta ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarining ham atigi 2 tasi ilmiy tadqiqot ishlaridir.


O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda mamlakatimizda ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga jami 838633,8 mln. so‘m xarajat qilingan bo‘lib, uning tarkibida qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi tarmog‘ining ulushi 0,07 foizni yoki 587,8 mln. so‘mni tashkil etgan xolos. Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi tarmog‘ida ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari uchun sarflangan 587,8 mln. so‘m mablag‘ning 265,6 mln. so‘mi (45,2 foizi) davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan, 311,0 mln. so‘mi (52,9 foizi) buyurtmachilar mablag‘lari hisobidan va atigi 11,1 mln. so‘mi (1,9 foizi) korxonalarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan.
Mamlakatimizda 2020-yilda hududlar va ish turlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlanmalarini (ITTKI) bajargan tashkilotlar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar 4.3-jadvalda keltirilgan.
4.3-jadval.
2020-yilda hududlar va ish turlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlanmalarini (ITTKI) bajargan tashkilotlar soni

Hududlar

Jami

Shu jumladan bajarganlar

Ilmiy tadqiqotlar

Shu jumladan: fundamental tadqiqotlar

Loyiha konstruktorlik va texnologik ishlar

Tajribabiy nusxa namunalar

Qurilish uchun loyiha ishlari

Ilmiy texnik xizmatlar

O‘zbekiston Respublikasi

254

195

112

17

9

6

91

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

9

5

4

-

-

-

5

Andijon

7

6

1

1

-

-

2

Buxoro

10

9

4

-

1

-

5

Jizzax

5

2

1

-

-

-

3

Qashqadaryo

5

5

3

2

1

1

3

Navoiy

7

7

1

1

-

-

2

Namangan

2

2

1

-

-

-

-

Samarqand

12

9

6

1

1

1

4

Surxondaryo

3

3

1

-

-

-

-

Sirdaryo

2

2

2

-

-

-

-

Toshkent

21

18

12

1

2

1

3

Farg‘ona

11

5

4

1

-

-

4

Xorazm

8

4

2

-

-

-

3

Toshkent shahri

152

118

70

10

4

3

57

*) ish turlari bo‘yicha ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini bajargan tashkilotlar soni yig‘indisi jami ko‘rsatkichga teng bo‘lmagan holatlar mavjud, bunda bitta tashkilot bir nechta ish turini bajargan bo‘lishi mumkin.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari.


Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, 2020-yilda ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlanmalarini (ITTKI) bajargan tashkilotlar soni hududlar bo‘yicha bir tekisda taqsimlanmagan. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Toshkent shahri yuqori ko‘rsatkichga ega, sababi Toshkent shaahrida ko‘plab ilmiy taadqiqot institutlari va laboratoriyalar joylashgan. Ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlanmalarini mamlakatimiz viloyatlarida ham rivojlantirish lozim.


Mamlakatimizda 2020-yilda hududlar va ish turlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlanmalarini (ITTKI) bajargan kichik korxona va mikrofirmalar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar 4.4-jadvalda keltirilgan.
4.4-jadval.

Download 339.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling