4-mavzu. O‘zbekistonning milliy innovatsion tizimi
-yilda hududlar va ish turlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlanmalarini (ITTKI) bajargan kichik korxona va mikrofirmalar soni
Download 339.12 Kb.
|
Innovatsion iqtisodiyot 4-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2020-yilda iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha joriy qilingan texnologik innovatsiyalar soni
- 2020-yilda iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ixtirolar, ilmiy-texnika ishlanmalarini patentlash va himoya qilishning boshqa uslublari
- Qisqacha xulosalar
- Nazorat va muhokama uchun savollar
2020-yilda hududlar va ish turlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlanmalarini (ITTKI) bajargan kichik korxona va mikrofirmalar soni
*) ish turlari bo‘yicha ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini bajargan tashkilotlar soni yig‘indisi jami ko‘rsatkichga teng bo‘lmagan holatlar mavjud, bunda bitta tashkilot bir nechta ish turini bajargan bo‘lishi mumkin. Manba: O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari. Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, 2020-yilda respublikamizning ko‘pgina viloyatlarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlanmalari (ITTKI) bajarilmagan. 2020-yilda iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha joriy qilingan texnologik innovatsiyalar soni to‘g‘risidagi ma’lumot 4.5-jadvalda keltirilgan. 4.5-jadval 2020-yilda iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha joriy qilingan texnologik innovatsiyalar soni
Manba: O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari. Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, 2020-yilda joriy qilingan texnologik innovatsiyalar sonida ishlab chiqarish sanoatining ulushi yuqori. Ishlab chiqarish sanoatidagi joriy qilingan texnologik innovatsiyalar tarkibida past texnologiyali texnologiyalar asosiy salmoqni tashkil etgan. 2020-yilda iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ixtirolar, ilmiy-texnika ishlanmalarini patentlash va himoya qilishning boshqa uslublari haqidagi ma’lumotlar 4.6-jadvalda keltirilgan. 4.6-jadval 2020-yilda iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ixtirolar, ilmiy-texnika ishlanmalarini patentlash va himoya qilishning boshqa uslublari
Manba: O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari. Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, 2020-yilda ixtirolar, ilmiy-texnika ishlanmalarini patentlash va himoya qilishning boshqa uslublari tarkibida ta’lim sohasi yuqori salmoqqa ega bo‘lgan. Ayrim tarmoqlarda, jumladan, qishloq xo‘jaligi tarmog‘iga taalluqli ixtirolar, ilmiy-texnika ishlanmalarini patentlash va himoya qilishning boshqa uslublari amalga oshirilmagan. Bundan tashqari, ilmiy tadqiqot muassasalari va tadbirkorlar o‘rtasida o‘zaro aloqalarning samarali mexanizmi mavjud emasligi davlat tomonidan moliyalashtirilayotgan ilmiy-tadqiqotlar natijalarini amaliyotga joriy etishni sezilarli darajada cheklamoqda. Milliy iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish yo‘liga o‘tkazishda quyidagi muammolar mavjud: - innovatsion iqtisodiyotga o‘tishda zarur bo‘lgan mablag‘larning mamlakat hududida notekis taqsimlanganligi va infratuzilmaning tegishli darajada yaratilmaganligi; - mahalliy byudjet mablag‘laridan innovatsion ishlanmalarga deyarli ajratilmasligi; - innovatsion tizimning o‘ta markazlashlashtirilganligi; - innovatsion loyihalarni ekspertizadan o‘tkazadigan tajribali mutaxassislarning yetishmasligi; - innovatsion loyihalarni taqdim etishda ayrim korrupsion holatlarning uchrashi; - mamlakatda fan-texnika taraqqiyoti bilan ishlab chiqarish aloqadorligining zaifligi, yaratilgan ixtirolar, yangiliklar, kashfiyotlarning ishlab chiqarish amaliyotiga tatbiq etishning mukammal mexanizmining yo‘qligi; - respublikada innovatsion rivojlantirishni ta’minlashning strategik rejasi, dasturining to‘liq yaratilmaganligi va bu jarayonda istiqbolli rejalashtirish, prognozlash dastaklaridan samarali foydalanilmayotganligi; - iqtisodiyotga jalb etilayotgan investitsiyalardan foydalanish samaradorligi mezonlarining ishlab chiqilmaganligi va investitsiyalarning moddiy ishlab chiqarish sohasiga nisbatan kamroq kiritilmayotganligi. Mamlakatimiz iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirish uchun quyidagilarga e’tibor berish lozim: innovatsion faoliyatni tashkil etish va uni rivojlantirishning huquqiy-me’yoriy asoslarini takomillashtirib borish; tadbirkorlik subektlarining ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarini kuchaytirish, ular o‘rtasidagi munosabatlarda o‘zaro manfaatdorlik tamoyillari amal qilishiga erishish. Bunda ilmiy-tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish uchun barcha huquqiy-me’yoriy asoslarni yaratish muhim ahamiyatga ega. tadbirkorlik subyektlarining o‘z faoliyatiga innovatsiyalarni joriy etishdan moddiy manfaatdorligini oshirish, ularning o‘z daromadlarini oshirib borishiga turtki beruvchi iqtisodiy erkinligini ta’minlash. Shunday sharoit ta’minlansa, tadbirkorlar innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanishga, resurslarni tejovchi va unumdorlikni oshiruvchi texnologiyalarni o‘z faoliyatiga joriy etishga harakat qiladilar. Innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha tashabbus tarmoqda faoliyat yurituvchi tadbirkorlar tomonidan chiqishi yuqori samara beradi. Bunda tadbirkorlar o‘z faoliyatini intensivlashtirish, faoliyatiga innovatsiyalarni joriy etish maqsadida ilmiy tadqiqot istitutlariga buyurtma berishlari lozim, shunda ilmiy yangiliklar va innovatsiyalarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqarishga joriy etiladi. davlat tomonidan iqtisodiyot tarmoqlarida amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqotlarni moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish, shu maqsadda davlat budjetidan sarflanayotgan mablag‘lardan samarali foydalanish ustidan doimiy monitoring yuritish; iqtisodiyot tarmoqlariga innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha yuqori natijalarga erishgan rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalarini o‘rganish va ularni mamlakatimiz agrar sohasiga joriy etish chora-tadbirlarni amalga oshirib borish; iqtisodiyot tarmoqlariga innovatsiyalarni joriy etish uchun zarur infratuzilmani rivojlantirish. Innovatsion texnologiyalarni qishloq xo‘jaligiga joriy etish sifatli aloqa va internet xizmati mavjud bo‘lishini, zamonaviy bilimlarni egallagan yuqori malakali kadrlar bo‘lishini, konsalting xizmatlari yo‘lga qo‘yilishini talab etadi. Shu va boshqa zaruriy infratuzilmani tashkil etish orqaligina ularning faoliyatini rivojlantirish mumkin. tadbirkorlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari (oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari) hamda mamlakat hukumati o‘rtasida innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha mustahkam hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish lozim. Qisqacha xulosalar Milliy innovatsion tizim – bu jamiyat tomonidan iste’mol qilinadigan yangi texnologiyalar, mahsulotlar va xizmatlarning yaratilishidagi yangi bilimlarni ishlab chiqishda, saqlashda, tarqatishda va yangi texnologiyalarga aylanishida qatnashadigan iqtisodiy subyektlar va ijtimoiy institutlarning (qadriyatlar, me’yorlar, huquqlarning) murakkab tizimi hisoblanadi. Nazorat va muhokama uchun savollar 1. Milliy innovatsion tizimlar konsepsiyasini ishlab chiqish qanday uslubiy tamoyillarga asoslandi? 2. Milliy innovatsion tizim tushunchasi fanga dastlab qaysi olim tomonidan kiritilgan? 3. Milliy innovatsion tizim konsepsiyasini qaysi olimlar rivojlantirgan? 4. Milliy innovatsion tizimning umumiy tuzilishi qanday elementlardan tashkil topgan? 5. O‘zbekistonda innovatsion tizimning me’yoriy-huquiy asoslari. 6. Milliy innovatsiya tizimini shakllantirish konsepsiyasi bosh g‘oyasini nimalar tashkil etadi? 7. Mamlakatimizning milliy innovatsion tizimi va uning hozirgi holati haqida ma’lumotlar bering. 8. Mamlakatimizning milliy innovatsion tizimini yanada takomillashtirish yo‘llari nimalardan iborat? Download 339.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling