4-mavzu. O‘zbekistonning milliy innovatsion tizimi
Mamlakatimizning milliy innovatsion tizimi va uni yanada takomillashtirish yo‘llari
Download 339.12 Kb.
|
Innovatsion iqtisodiyot 4-mavzu
3. Mamlakatimizning milliy innovatsion tizimi va uni yanada takomillashtirish yo‘llari.
Milliy innovatsion tizimlar (MIT) davlat, xususiy va ijtimoiy-iqtisodiy tuzilmalar hamda mexanizmlar yig‘indisi aks topadigan va ularning yangi bilimlarni va texnologiyalarni yaratish, o‘zlashtirish, keng yoyishga qaratilgan faoliyatlari amalga oshiriladigan doiradagi o‘zaro aloqalaridir. Milliy innovatsiya tizimini shakllantirish konsepsiyasi bosh g‘oyasini quyidagilar tashkil etadi: zamonaviy iqtisodiyotni va raqobatni shakllantirishning eng asosiy omili sifatida innovatsiyalar va tadbirkorlar ehtiyojlarini hisobga olib ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish; jamiyatning turli institutlarini (oila, mahalla, partiya va hokazo) innovatsion faoliyat tuzilishi va salmog‘iga ta’sir etuvchi omillar sifatida qarash; iqtisodiyotni rivojlantirishda ilm-fanning o‘rniga alohida ahamiyat berish. Mamlakatimizda milliy innovatsion tizimning subyektlari quyidagilar: 1. Davlat. 2. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi. 3. Oliy ta’lim muassasalari. 4. Ilmiy tadqiqot institutlari va markazlari. 5. Ilm-fan bilan aloqada bo‘lgan tarmoq va soha tashkilotlari. 6. Xususiy sektor. 7. Xalqaro donor tashkilotlar. Bu tizim kichik tizimlardan tashkil topgan. Xususan, ilmiy tadqiqotlarni amalga oshiruvchi tashkiliy tuzilmalar jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin: - ilmiy-tadqiqot bilan shug‘ullanuvchi tashkiliy bo‘linmalar; - ilmiy-tadqiqot bilan shug‘ullanuvchi sektorlar; - tarmoqlar miqyosida yoki markazlashtirilgan tarzda alohida muammolar ustida ish olib boradigan ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari; - ilmiy-texnologik parklar; - ilmiy va ilmiy-uslubiy markazlar; - ilmiy izlanishlarni amalga oshiruvchi boshqa xildagi tashkiliy bo‘linmalar. Quyidagilar alohida kichik tizim bo‘lgan innovatsion infratuzilmaning asosiy elementlarini tashkil etadi: • biznes-innovatsion komplekslar; • telekommunikatsiya komplekslari; • biznes-inkubatorlar; • innovatsion-texnologik markazlar; • konsalting firmalari; • alohida moliyaviy tuzilmalar va hokazo. Innovatsion infratuzilmani yaratish mintaqaning salohiyatini ochib berish uchun har bir mintaqaning o‘ziga xos xususiyatlarini, uning ixtisoslashuvini va iqtisodiyotning xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak. Bunday holda infratuzilmani yaratish mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirish uchun kuchli rag‘batlantiruvchi omil bo‘ladi. Innovatsion infratuzilma obyektlariga quyidagilar kiradi: texnoparklar, maxsus iqtisodiy zonalar, biznes-inkubatorlar, texnologiyalarni uzatish markazlari. Davlatning innovatsion-strategik funksiyasi 4.4-rasmda keltirilgan. Download 339.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling