4-mavzu. O‘zbekistonning milliy innovatsion tizimi


O‘zbekistonda innovatsion tizimning me’yoriy-huquiy asoslari


Download 339.12 Kb.
bet3/6
Sana01.03.2023
Hajmi339.12 Kb.
#1241214
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Innovatsion iqtisodiyot 4-mavzu

2. O‘zbekistonda innovatsion tizimning me’yoriy-huquiy asoslari.
Mamlakatimizda innovatsion faoliyatning me’yoriy-huquqiy asoslari yaratilgan. Jumladan, 2017-yilning 29-noyabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-5264-sonli farmoni qabul qilindi. Bu bilan O‘zbekistonda milliy innovatsion tizimning yangicha tarkibini shakllantiriga asos solindi. Mamlakatimizda davlat boshqaruvi organlarida amalga oshirilgan tarkibiy o‘zgarishlar doirasida hozirgi kunga kelib Innovatsion rivojlanish vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birlashtirilib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashkil etildi. Endilikda fan va innovatsiyalar bo‘yicha barcha jarayonlar ushbu vazirlik tomonidan amalga oshirilmoqda va muvofiqlashtirilmoqda (4.3-rasm).


4.3-rasm. Oliy ta’lim tizimining ilmiy-texnika va innovatsion siyosati.
2020-yil 24-iyulda O‘zbekiston Respublikasining “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingan bo‘lib, unda innovatsiyaga quyidagicha ta’rif berilgan: innovatsiya – fuqarolik muomalasiga kiritilgan yoki shaxsiy ehtiyojlar uchun foydalaniladigan, qo‘llanilishi amaliyotda katta ijtimoiy-iqtisodiy samaraga erishishni ta’minlaydigan yangi ishlanmadir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4699-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash doirasida 2020 yil 17 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi agrosanoat majmui va qishloq xo‘jaligida raqamlashtirish tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 794-sonli qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra agrar sohani raqamlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab berilgan.
2021-yil 3-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar tizimi hamda zamonaviy xizmatlar ko‘rsatishni yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi PF-6159-sonli farmoni qabul qilindi. Farmonga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi tashkil etildi. Milliy markaz barcha turdagi davlat ilmiy va oliy ta’lim muassasalarining qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli farmoni bilan tasdiqlangan “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” qabul qilingan bo‘lib, ushbu strategiyaning Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash” bo‘limida keltirilgan 30-maqsadda qishloq xo‘jaligini ilmiy asosda intensiv rivojlantirish nazarda tutilgan. Ushbu maqsadga erishishning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida ilm-fan va innovatsiyaga asoslangan agroxizmatlar ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, agrar sohada ilm-fan va amaliyot integratsiyasini chuqurlashtirishga e’tibor qaratish nazarda tutilgan.
2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasidagi 51-maqsadda iqtisodiyotga innovatsiyalarni keng joriy qilish, sanoat korxonalari va ilm-fan muassasalarining kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish keltirib o‘tilgan bo‘lsa, 52-maqsadda esa global innovatsion indeksda O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini yaxshilash va 2030-yilga qadar top-50 mamlakatlari qatoriga kirish nazarda tutilgan. Buning uchun innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun barcha yo‘nalishlarda keng imkoniyatlarni yaratish, tadqiqotlarni va innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy mexanizmlarini joriy qilish lozimligi ko‘rsatib o‘tilgan.



Download 339.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling