4-mavzu: Rejalashtirishning mohiyati. Rejalashtirish va uning mazmuni, maqsadi, vazifalari


Bizne-reja va uning har bir bo’limi yetarli darajada asoslangan bo’lishi lozim


Download 283 Kb.
bet13/14
Sana10.11.2023
Hajmi283 Kb.
#1764192
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
4-Mavzu (Rejalashtirish)

Bizne-reja va uning har bir bo’limi yetarli darajada asoslangan bo’lishi lozim. Uning asoslanganligi quyidagilarda namoyon bo’ladi:

  • Maxsus dastur bo’yicha amalga oshirilgan tadqiqotlar ma’lumotlari, xulosalari, tavsiyalariga asoslanishi;

  • tadbirkorlik faoliyatining yutuqlari, muammolari va imkoniyat-lari, kuchli va zaif tomonlari, raqiblardan farqlari va ustunligini aniqlab berishga qaratilgan tahlilga asoslanishi;

  • muayyan tovar ishlab chiqarish (xizmatlar ko’rsatish) aniq loyiha-siga asoslanishi;

  • ishlab chiqilgan investitsion-moliyaviy dasturga asoslanishi;

  • qo’yiladigan vazifalami bajarishni ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan texnik-iqtisodiy, moliyaviy, tashkiliy mexanizmlarga asos­lanishi;

  • texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar majmuyiga asoslanishi;

  • tavakkalni aniqlash va baholash, xavf-xatarlarni sug’o’rtalash das-turiga asoslanishi;

  • tadbirkorlik faoliyatining rivojlanish konsepsiyasiga asoslanishi va hokazo.

Bu yerda shuni tahkidlab o’tish lozimki. biznes rejada ishning texnik bayonidan ko’ra iqtisodiy mamiqiga ko’proq e’tibor berish kerak.
Bizne-reja potentsial kreditorlar, investorlar. hamkorlarni shu ishga ishtirok etib, foyda olishlariga ishontira olishi zarur. Aks holda u o’z vazifasini bajara olmagan hisoblanadi. SHuning uchun biznes rejadagi takliflar, istiqbol, tavakkal, natijalar. imkoniyatlar to’g’ri, aniq, haqiqiy, real baholanishi va aks ettirilishi. texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar, raqamlar, faktlar yetarli darajada asoslangan. aniq, ishonchli bo’lishi lozim. Rejada jiddiy o’ylab koTilmagan takliflar va noreal. noaniq dahvolar bo’lmasligi kerak.
Ichki foydalanish uchun bizne-reja va ayniqsa uning moliyaviy-byudjet qismi (sarmoyani sarflash smetasi) tashqi foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan biznes rejaga qaraganda birmuncha mufassalroq tuzilishi lozim.
Demak, bizne-reja shunday shaklda va mazmunda tuzilgan bo’lishi kerakki, u tadbirkorlik faoliyatini boshlash, amalga oshirish va natijalariga oid barcha savollarga to’liq va aniq javob bera olsin, u bilan qiziqqan bo’lajak hamkorlar esa taklif etilayotgan ish va unda o’z ishtiroki darajasi va manfaatdorligi to’g’risida aniq tasavvur hosil qilsin. Qo’yilgan aniq maqsadga muvofiq biznes rejaning kontsepsiyasi, mantiqiy rivojlanishi, takliflarning tuzilishi yagona bir falsafaga asos­langan bo’lishi zarur. Bunday puxta o’ylangan falsafani shakllantirish va bizne-rejatuzishning boshidan oxirigacha unga amal qilish muhimdir.

Download 283 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling