4-mavzu. Siyosiy tizim
Download 46.72 Kb.
|
siyosiy tizim
- Bu sahifa navigatsiya:
- Siyosiy tizim oz navbatida bir qator kichik tizimlarga bolinadi: Madaniy-mafkuraviy kichik tizim
- Meyoriy kichik tizim
Siyosiy muloqot tegishli axborotning tarqalishini o‘z ichi ga oladi.
Siyosiy ishtirok fuqarolarning siyosiy tizim yoki muholifatni tegishli darajada qo‘llab-quvvatlashlarni o‘zi da ifodalaydi. Siyosiy tizimning tuzilishi: Institutsiyaviy – uni davlat, siyosiy tashkilotlar va ular o’rtasidagi munosabatlar tashkil etadi. Tartibga soluvchi – bu sohaga xos bo’lgan siyosiy va boshqa qoida, an’analar kiradi. Amal qilish – siyosiy faoliyat usullari, siyosatda qo’yilgan maqsadga erishish. Ma’naviy – siyosiy ongning asosiy bo’laklari tashkil etadi: mafkura va psixologiya. Siyosiy tizim o'z navbatida bir qator kichik tizimlarga bo'linadi: Madaniy-mafkuraviy kichik tizim - maqsadi mamlakatda amal qiladigan siyosiy partiyalarning ma'lum g’oyalar va qarashlarga tayanishlari bilan bog’liqdir. Siyosiy partiyalar o'zlarining turli g’oyalarini jamiyat taraqqiyoti yo'nalishlarining hokimiyat uchun kurash uslublari va konsepsiyalaridan kelib chiqib, ilgari surishlari mumkin. Me'yoriy kichik tizim - bu davlat va siyosiy tuzilmalar darajasida tan olingan siyosiy ahloq hisoblanadi. Uning asosiy hujjati konstitutsiya bo'lib, u jamiyat va davlat hayotining me'yorlarini o'zida ifoda etadi. Ommaviy axborot vositalari, kommunikatsiyalar, infratuzilmalar kichik tizimi - Uning jamiyat siyosiy tizimidagi o'rni matbuot, radio va televidenielarni o'z ichiga olganligi siyosiy jarayonlarni xolisona yetkazish va baholash, halqni uni ijrosini ta'minlashda safarbar etish bilan belgilanadi. Xullas, siyosiy tizimdagi uning asosiy o'rni siyosiy faoliyat bilan bog’liq. Siyosiy tizimning mohiyati uni tashkil etuvchi barcha qismlar va ularning ishlash xususiyatlarini tadqiq etish jarayonida nisbatan to‘liq tushuniladi va ochiladi. Umumlashtirib olganda, ular quyidagilardan iborat bo‘ladi. Siyosiy tizim jamiyat mavjudligining iqtisodiy asoslari, ijtimoiy tuzilishi, demografik va ekologik jarayonlar, aholining savodxonligi darajasi va ma’lumotlarga egaligi, ijtimoiy ong holati, ma’naviy-mafkuraviy hayot va xalqaro hayotni qamrab olgan holda, jamiyat holatini aks ettiradi. Shunday qilib, siyosiy tizim mohiyati va tushunchasining tahlili quyidagi xulosalarga olib keladi: 1) Siyosiy tizim faoliyatining asosida xususiy va ijti moiy hayot tafovutlari yotadi. Shuning uchun siyosiy tizim ning asosiy vazifasi - kishilar faoliyati va xulq-atvorini tartibga solishdan iborat; 2) Siyosiy tizim a’zolari turli yoki qarama-qarshi maqsadlarni ko‘zlashlari mumkin - bu ichki ziddiyatlarning manbai hisoblanadi. Bu ziddiyatlar kelishuv yoki kuch ishlatish yo‘li bilan bartaraf qilinishi mumkin; 3) Oliy siyosiy namoyandalar hamma narsaning qonuniy bo‘lishiga intiladilar (o‘zlarining xalq, jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilishlari), buning uchun o‘z ahvollarini oqlaydigan mafkurani yaratadilar va tarqatadilar. Xususan, yuqori doira alohida ijtimoiy guruhlar va shaxslarning xu susiy manfaatlarini ifodalashga harakat qiladilar; 4) Har qanday siyosiy tizimning amal qilishi boshqa siyo siy tizimlar bilan u yoki bu darajada aloqalarning mavjud bo‘lishini taqozo qiladi. Bugungi kun siyosatshunoslik fanida siyosiy tizimlar fa oliyatining ilmiy tahlili analitik model asosida amalga oshiriladi. Siyosatshunoslar siyosiy tizimlar faoliyatini yaqqol tasavvur qilish va tushunishga imkon beradigan bir qancha modellarni ishlab chiqqanlar. Ulardan ikkitasi - amerikalik politologlar D.Iston va G.Almondning siyosiy ti zimlar nazariyasining asosini tashkil etadigan qarashlarini ko‘rib chiqish mumkin. D.Iston «Siyosiy tizim» (1953), «Siyosiy tahlil chegaralari» (1965), «Siyosiy hayotning sistemali tahlili» (1965) kabi tadqiqotlarida har qanday siyosiy tizim, shuningdek bu tizimlarning asosini tashkil etadigan boshlangich tizimlar tahlilining asoslarini bayon qildi. D.Iston siyosiy tizimni uning vositasida jamiyatda qadriyatlar (moddiy va ma’naviy) qat’iyat bilan taqsimlanadigan o‘zaro munosabatlar sifatida belgiladi va shu zaminda, uning a’zolari o‘rtasidagi ziddiyatlar bartaraf qilinishini ta’kidladi. Birinchidan, siyosiy tizim jamiyatda qadriyatlarni taqsimlashi kerak. Ikkinchidan, siyosiy tizim bu taqsimotning majburiy ekanligiga fuqarolarni ishontira olishi lozim. D.Iston siyosiy tizimning modeliga ko‘ra siyosiy tizim «kirish» (ya’ni, tizim nimani iste’mol qiladi), uning moslashuv va saqlanish mexanizmlari va funksiyalari, shu «chiqish»ga (ya’ni, u nima ishlab chiqaradi va qanday rivojlanadi) ega bo‘ladi. D.Iston kirishning ikki shaklini ajratib ko‘rsatadi: talab va qo‘llab-quvvatlash. Talab - jamiyatda qadriyatlarni istalgan tarzda taqsimlash munosabati bilan hokimiyat organlariga yo‘naltirilgan fikr. D.Iston talablarning bir necha shakllarini ajratib ko‘rsatadi: a) taqsimlovchi (ish haqi, ish vaqti, ta’lim olish, tibbiyot xizmati ko‘rsatish shartlari va boshqa xizmatlar haqida), ya’ni, boylik va xizmatlarni taqsimlashga taalluqli barcha talablar; b) tartibga soluvchi (jamoat xavfsizligini ta’minlash, bozor va ishlab chiqaruvchilar ustidan nazorat va boshqalar haqida), ya’ni tartibga solish bilan birga boshqa barcha talablar; v) aloqa qiluvchi (siyosiy axborotlarni taqdim etish, sisiy kuchlardan foydalanish va boshqalar haqida), ya’ni, muloqot va axborot sohasidagi talablar. Talab siyosiy tizimni zaiflashtirish tamoyiliga ega. Download 46.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling