4-mavzu. Tabiy mayda va yirik toldiruvchilar reja
Rasm-4.7. Gidravlik klassifikatorning sxemasi
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
4 Мавзу
Rasm-4.7. Gidravlik klassifikatorning sxemasi:
a-pastdan suvli aralashmani uzatish (GKD tipida); b-yuqoridan suvli aralashmani uzatish (GKX tipida); 1- yo‘naltiruvchi truba; 2-yirik fraksiyalar uchun bo‘shatish trubasi; 3-mayda fraksiyali qumli suvli aralashmaning chiqishi; 4- klassifikatsion kamera; 5-quyish trubasi; 6-shitok; 7-klassifikator qabul kamerasining korpusi; 8-diffuzor; 9-tayanch; 10-suvni uzatish trubasi; 11- klassifikatsion kamerada suvni uzatish uchun xalqa; 12- voronka; 13-poplavka; 14- qabul qilish-tushirish kamerasi; 15-so‘ndiruvchi silindrlar; 16-klassifikatsion truba; 17-yopqich; 18-toza suvni tangensial uzatuvchi. 47 Gidravlik klassifikatorlar suvli aralashmani pastdan yoki tepadan uzatish orqali ishlaydi. Birinchi holatda (rasm-4.7, a) suvli aralashma tuproq so‘ruvchi qurilma orqali truba-1ga uzatiladi, undan esa diffuzor-8 orqali klassifikatsion kamera-4ga etkaziladi. Toza suv oqimida aralashgan mayda qum kamera yuqorisidan o‘tib, truba-5 orqali chiqadi. Yirik fraksiyalar voronka- 12 ga cho‘kadi va patrubka-2 orqali uzatiladi. Ikkinchi holatda (rasm-4,7. b) suvli aralashma truba-1 yordamida yuqoridan uzatiluvchi yukni qabul qiluvchi kamera-14da bo‘linadi, chunonchi mayda donadorli qumlarning suvda cho‘kish tezligi keluvchi toza suv oqimining tezligidan kichik, shu sababli diffuzor-8 orqali trubaga tushadi, nisbatan yirik donalarning suvda cho‘kish tezligi yuqori bo‘lib, keluvchi suv oqimida bo‘lmaydi, shu sababli klassifikatsion truba-16 orqali voronka-12ga tushadi va truba-2 orqali tashqariga chiqariladi. Gidravlik klassifikatorga tushuvchi toza suv oqimining tezligini nazorat qilish orqali qumni talab etilgan dona yirikligida ajratishga erishish mumkin. Mayda qumni qisman suvsizlantirish markazdan qochma klassifikator gidrotsiklonda (rasm-2.8.) amalga oshiriladi. Suvli aralashma tangensial ravishda siklonga yo‘naltiriladi va devor atrofida aylanadi. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling