4-mavzu. Tabiy mayda va yirik toldiruvchilar reja
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
4 Мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qumni boyitish va fraksiyalarga ajratish
- Rasm 4.5. Spiralsimon klassifikatorning sxemasi
4.4-Jadval
Maydalashda olingan qumlarning mustahkam- ligi bo‘yicha markasi Suvga tuyingan xolat-dagi tog‘ jinsining siqilishga bo‘lgan mustahkamligi, MPa Silindrda ezish bo‘yicha shag‘al markasi 1400 140 - 1200 120 - 1000 100 Dr8 800 80 Dr12 600 60 Dr16 400 40 Dr24 Beton uchun mo‘ljallangan qumlar sement ishqorlari kimyoviy ta’siriga chidamli bo‘lishi kerak Qumda ifloslovchi aralashmalar bo‘lishiga ruxsat etilmaydi. Qumni boyitish va fraksiyalarga ajratish Agar mavjud qum koni donadorlik tarkibiga ko‘ra yoki xavfli qo‘shimchalar miqdoriga ko‘ra standart talablariga to‘g‘ri kelmasa va sifatli qumni olib kelish katta sarf xarajatlarni talab etsa, u xolda qumni boyitish iqtisodiy samara beradi. Qumni boyitish bu 5mm dan yirik donalarni olib tashlash, changsimon va gilsimon zarralarni yuvib tozalash va donadorlik tarkibini yaxshilashdan iborat. Qumdan changsimon gilsimon va loyqa qo‘shimchalarni yo‘qotish uchun turli konstruksiyali qum yuvgichlar va klassifikatorlar ishlatiladi. 44 Rasm 4.5. Spiralsimon klassifikatorning sxemasi: 1- qumni ortish; 2- ifloslangan suvni to‘kish; 3- aylanuvchi spiral; 4- suvni uzatish; 5- yuvib tozalangan qumni bo‘shatish. Rasm 4.6.Qum yuvish apparati: 1- suvni uzatish; 2-yuvilgan qumni bo‘shatish; 3- xalqali elevator;4- konussimon baraban; 5-qumni ortish; 6-ifloslangan suvni to‘kish. Bunday 2ta mashinaning sxemasi rasm.4.5 va rasm.4.5 da keltirilgan. Qumni suvda yuvish uni suvli muxitda aralashtirishni va tozalashdan iborat bo‘lib, bunda qum donasi sirtini qoplab turgan gilli qo‘shimchalar va parda suv bilan birikib changlar bilan birgalikda loyqaga aylanadi, toza suv qo‘shishda oqiziladi. Qum yuvgichlar shu taxlidda ishlaydi. Tabiiy qum-shag‘alli aralashmadan qumni navlarga ajratishda elaklar qo‘llaniladi va bu elaklarning o‘zida qumlar yuviladi va ifloslangan suv chiqarilib yuboriladi. Biroq bunda yuvishlari ishlarining sifati maxsus qumyuvgichlar ishlatganga nisbatan pastroq. Qumni yuvgandan so‘ng uni qayta qayta quritish shart bo‘lib, bu ayniqsa qishki mavsumda texnologik jarayonni murakkablashtiradi. Shu sababli qumni quruq usullarga boyitishga xam e’tibor beriladi, masalan xavoga uloqtirilgan qumni xavo oqimida tozalash. Bunday usulda tabiiy qum donasi sirtidagi gil pardasini yo‘qotib bo‘lmaydi, biroq tosh maydalash chiqindilari asosidagi va maydalangan qum tarkibida mavjud chang bo‘laklariniolib tashlash mumkin. Qumni boyitishdan asosiy maqsad qumning talab etilgan donadorlik tarkibini ta’minlash xisoblanadi. Respublikamizning ko‘pgina tumanlarida mavjud konlardagi qum o‘ta maydadir. Ularni betonda qo‘llagan sement sarfini 20-30% va 45 ba’zan 50%gacha oshiradi. Bunday qumlarni tashib keltiruvchi tabiiy qum yoki maydalangan qum qo‘shib boyitish maqsadga muvofiq. O‘zRST 728-96 bo‘yicha mayda tabiiy qumni boyitishda yirik fraksiyalar sifatida maydalangan qum ko‘pincha maydalash chiqindilari ishlatiladi. Noruda materiallar sanoatida istiqbolli yo‘nalishlardan biri bu qumni fraksiyalash bo‘lib, qumni dona yirikligi bo‘yicha fraksiyalarga ajratish xisoblanadi. Keyinchalik beton tayyorlashda fraksiyalarni aloxida – aloxida miqdorlashda tayyorlangan qorishma qum tarkibini doimiyligini ta’minlaydi. Bunday ishlarning bajarilishi standartda ko‘zda tutilgan. Qumni fraksiyalashning zarurligi shundan iboratki, ko‘pgina qum pechlaridagi qum donadorlik tarkibi bo‘yicha bir jinsliligi etarli emas. Ba’zida agar qumning donadorlik tarkibi standart talablariga javob bersa xamki, ular bir jinsli bo‘lmasligi mumkin. Masalan 0.63mm li elakda qolgan to‘la qoldiq 20dan 70% gacha bo‘lishi mumkin, bunday qum yirikligi bo‘yicha turli guruxlarga mansub bo‘lishi mumkin, kam miqdorda bo‘shliqligi va solishtirma yuzasi bilan fraksiyalanadi. Beton tayyorlashda esa sementning qo‘shimcha saralanishiga olib keladi. Qumni fraksiyalashda qum ikkita mayda va yirik fraksiyaga ajratiladi, bunda nazorta elaklar 1.25 yoki 0.63mm ga mos keluvchi donalarga bo‘linadi. SHunday qilib yirikligi 0-5mm li oddiy qum o‘rniga istemolchi talabiga ko‘ra aloxida yirik qum (1.25-5 yoki 0.63-5mm) va mayda qum (1.25 yoki 0.63mm gacha) ishlab chiqarish mumkin. Konlarda qumni fraksiyalashda mayda va yirik fraksiyali qumlarning chiqishi tabiiy bo‘lib, u etarli chegarada o‘zgarishi mumkin, chunki qum kelib chiqishida bir jinsli bo‘lmaydi. Biroq beton tayyorlashda 0.63mm dan kichik fraksiyali qumni 0.63-5mm li fraksiyali qumga aralashtirganda masalan, 1:1 proporsiyada (massa bo‘yicha), xosil bo‘lgan aralashma bir jinsli bo‘ladi. SHunday qilib qumni fraksiyalash beton sifatini oshiradi va sement sarfini kamaytiradi. Biroq 2ta muammo mavjud: birinchi fraksiyalash texnologiyasini tanlash; ikkinchi 2ta fraksiyadagi bo‘lingan qumdan foydalanishning samarali sharoitini ta’minlash. Biroq ko‘pgina beton va temir beton konstruksiyalar ishlab chiqarish korxonalarida, beton qorish sexlarida qumning ikki fraksiyasini miqdorlash, qabul qilish va omborga joylash kabi sharoitlar yaratilmagan. Amaliy jixatdan fraksiyalangan qumni talab etilgan nisbatdagi va donadorli tarkibdagi fraksiyali aralashma shaklida etkazish mumkin. Biroq buni bajarish o‘ta qiyin . agar qumni 2ta fraksiyaga bo‘lish oson kechmas ekan, demak ular asosida bir jinsli aralashma qurilmalari talab etiladi va qumning tannarxi oshadi. SHu sababli korxonalarda beton ishlab chiqarishning eng to‘g‘ri yo‘li bu qumning ikki fraksiyasini ishlatish va omborga aloxida saqlash, so‘ngra beton qorishmasi tayyorlashda ularni bonus komponentlar bilan birga aralashtirish. Bu asosan yangi 46 korxonalarni loyixalashda va qurishda, xamda mavjudlarini qayta tamirlashda nazarda tutiladi. Ko‘p fraksiyali qum aralashmasi to‘kish jarayonida bunkerlardan tushirishda shtabellar yoki konuslardan bo‘shatganda, lenta konveyrlarda uzatishda qavatlanish yuzaga keladi, donalar yirikligi bo‘yicha ajralib qoladi, natijada donadorlik tarkibini optimallashtirishda qiyinchilik yuzaga keladi. SHu sababli qumlarning fraksiyalash va istemolchi talabiga ko‘ra bo‘lgan xolda etkazish maqsadga muvofiqdir. Qumni ishlab chiqarish sharoitida boyitish, fraksiyalash gidravlik klassifikatsiyalashda bajariladi. Donadorli materiallarni gidravlik klassifikatsiyalash standartda keltirilgan bo‘lib, turli zichlikdagi va yiriklikdagi donalarni suvli muhitda turli tezlikda cho‘ktirish bilan aniqlanadi. Qum donalari zichligi deyarli bir xil bo‘lib, gidravlik klassifikatsiyalashda qumni donador yirikligi bo‘yicha ajratish imkonini beradi. Turli gidravlik klassifikatsiyalar mavjud: gravitatsion (turli og‘irlik kuchi hisobiga donalarning ajratilishi sodir bo‘ladi) va markazdan qochma (oqimning aylanishi hisobiga markazdan qochma tezlashtirgich ta’sirida ajratish intensivligi oshiriladi). Gidromexanizatsiyalashgan konlarda qo‘llanilayotgan gidravlik klassifikatorlarning sxemasi rasm-4.7 da ko‘rsatilgan. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling