4-mavzu. Tabiy mayda va yirik toldiruvchilar reja


Rasm-4.4. Qum hajmining uning namligini oshishiga qarab o‘zgarishi: 1-


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/14
Sana13.04.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1354869
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
4 Мавзу

Rasm-4.4. Qum hajmining uning namligini oshishiga qarab o‘zgarishi: 1- 
mayda qum; 2- yirik qum 


42 
Qumga quyilgan suv uning donalarini elimlaydi, shu sababli bunday qumni 
biror sig‘imli uskunaga solganda kompakt joylashmaydi va bo‘sh tarkibni xosil 
etadi. Qumning eng katta bo‘sh tarkiblisi namlik 4-7% bo‘lgada (massa bo‘yicha) 
kuzatiladi (rasm-4.4). Bunda qumning uyilma zichligi 10-40% ga kamayadi. Beton 
tayyorlashda qumning namligini inobatga olish zarurdir. 
Maydalash chiqindilari asosidagi qum 
Beton uchun yaroqli qum tog‘ jinslarini maydalash orqali olinadi, ayniqsa 
tabiiy qum mavjud, lekin talabga javob bermaydigan tumanlarda ko‘p ishlab 
chiqariladi. Maydalash chiqindilari asosidagi qum olishda magmatik, cho‘kindi va 
metamorfik yoki zich tog‘ jinslari, xamda shag‘al ishlatiladi.
Dastlabki tog‘ jinslari suvda saqlagan xolatda mustaxkamligi bo‘yicha 
maydalash chiqindilari asosidagi qum 4 ta markaga bo‘linadi (tog‘ jinsi 
mustaxkamligi chegarasi 100. 80. 60 va 40 MPa dan kam bo‘lmasligi kerak). 
Magmatik va metamorfik tog‘ jinslarining mustaxkamlik chegarasi 60MPa dan kam 
bo‘lmasligi cho‘kindi tog‘ jinslari esa 40MPa dan kam bo‘lmasligi kerak. Dastlabki 
tog‘ jinslarining mustaxkamligidan tashqari ularning tarkibi xam muximdir. 
Izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, maydalangan qum donalarining shakli ikkita 
faktorlarga bog‘liq: maydalangan jinslar strukturasiga va maydalash usuliga.
Eng yaxshi qum mayda va o‘rta donadorlikdagi tog‘ jinslarini maydalashda 
olinadi. Bunday qumning donalari yuzasi mikrorelefining balandligi 170-190mkm 
ni tashkil etadi, bu esa uning betonda sement bilan bog‘lanishini ta’minlaydi. Yirik 
donadorni yopiq kristal va shishasimon shakldagi qumlar olinadi. Ularning yuzasi 
mikrorelefi kichik balandlikka ega.
Bundan tashqari kichik donadorli yarim mineralli tarkibli tog‘ jinslari 
(masalan, granit) ni maydalash orqali monomineral tarkibli (kvars, dala shpati
slyuda) qum donalari olinadi, u esa sement toshida kichik bog‘lanishi bilan farq 
qiladi. Tog‘ jinslarini maydalash usuli maydalash usullariga bog‘liq. SHu narsa 
aniqlanganli jinslarni siqish prinsipi asosida ishlaydigan maydalash uskunalari 
(jag‘li, konusli, valkli)da ko‘p miqdorda plastinkasimon va ninasimon shakldagi 
qum donalari olinadi, zarb ta’sirli maydalagichlarda esa (bolg‘ali)-nisbatan kam 
olinadi.
O‘zRST talabiga ko‘ra qum donalari shakli kubga yaqin bo‘lsa, u xolda uning 
bo‘shliqligi xam kichik bo‘ladi, o‘z navbatida betonda sement sarfi xam kamayadi. 
Maydalangan qumlarning donadorlik tarkibiga yuqorida keltirilgan talablar 
qo‘yiladi.
Agar tog‘ jinsi chidamsiz ruda minerallari, kremnezemning amorf turlari va 
boshq asalbiy qo‘shimchalardan tashkil topmasa, u xolda qum olishda maydalashda 
faqat chang (tosh kukuni) keraksiz maxsulot sifatida chiqadi. Qum tarkibidagi chang 


43 
tabiiy qumdagi gil singari beton uchun salbiy tasiri kam, shu sababli standartga 
ko‘ra chang bo‘lishi 1-3%gacha ruxsat etiladi.
Maydalangan qum asosidagi betonda to‘ldiruvchilarning bog‘lanishi va uning 
mustaxkamligi tabiiy kvars qum asosida betonga nisbatan yuqori bo‘lib, nafaqat 
siqilishga balki cho‘zilishga xam yaxshi ishlaydi. Bunday betonlar sovuqqa 
chidamliligi va boshqa xususiyatlari bilan ajralib turadi. Biroq xozirgi vaqtda tosh 
maydalash chiqindilarining 5mm dan kichigi qurilishda kam ishlatiladi, ya’ni tosh 
chaqir toshi ishlab chiqarishda bu massa katta xajmda chiqadi. Bu sanoat 
chiqindilaridan tosh kukunini ajratish (suvda yuvish yoki quruq boyitish ) natijasida 
beton uchun sifatli qum olish mumkin. Maydalash chiqindilari asosida va boyitishda 
olingan qum O‘zRST da nazarda tutiladi. 
Maydalashda olingan qumlar tog‘ jinsining mustahkamligi va shag‘al asosida 
markalarga bo‘linadi. Magmatik va metamorfik tog‘ jinslarini siqilishga bo‘lgan 
mustahkamligi 60 MPa dan, cho‘kindi tog‘ jinslarniki 40MPa dan kam bo‘lmasligi 
kerak 
Maydalashda olingan qumlar mustahkamligi 4.4 – jadvaldagi 
ko‘rsatkichlarga mos bo‘lishi kerak. 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling