38
Oddiy og‘ir beton uchun qumning donadorlik tarkibi QMQ bo‘yicha
quyidagi talablarga javob berishi kerak:
4.3-jadval
Nazorat
elaklar
ko‘zi o‘lchami, mm
2,5
1,25
0,63
0,315
0,16
Nazorat elakdagi
to‘la qoldiq A, %
0 - 20
5 - 45
20 - 70
35 - 90
90 - 100
Shu sababli 0,16 mm ko‘zli elakdan 10% dan ko‘p bo‘lmagan qum
namunasi o‘tishi kerak.
Qumning donadorlik yoki granulometrik
tarkibi unda mavjud turli
yiriklikdagi donalar bilan xarakterlanadi va o‘rtacha
qum namunasini standart
elaklardan elab aniqlanadi.
Qumni elash quyidagi ko‘zli
standart elaklarda
amalga oshiriladi: 10mm; 5mm; 2,5mm; 1,25mm; 0,63mm; 0,315mm;
0,16mm.
10mm va 5mm elaklar qum tarkibidagi shag‘al va chaqiq toshlarni ajratish
uchun ishlatiladi.
10mm dan katta donalar 0,5% ( massa bo‘yicha)
gacha ruxsat etiladi, 5mm
dan yirigi esa:
- tabiiy qumda –
10% gacha;
- maydalash chiqindilari asosidagi qumda - 19% gacha;
- boyitilgan qumlarda - 5% gacha.
Qumlarning donadorlik tarkibi 5mm ko‘zli
elakdan elab, yirik
qo‘shimchalarni ajratib aniqlanadi.
Quruq qumdan olingan namunaning 1000g massasini 2,5mm li elakka
solinadi, uning ostida boshqa ko‘zli elaklar joylashtiriladi (kichik ko‘zli elaklar
ketma-ketligida) va ostiga chiqindini yig‘ish idishi qo‘yiladi. Qum
namunasini
elaklar to‘plamidan mexanik usulda va qo‘lda titratib o‘tkaziladi, natijada elaklarda
qolgan ayrim qoldiq aniqlanadi. Ayrim qoldiq qum namunasining umumiy massasi
bo‘yicha foizda beriladi. SHundan so‘ng elaklardagi to‘la qoldiq aniqlanadi. To‘la
qoldiq shu elakdagi va nisbatan yirik ko‘zli barcha elaklardagi ayrim qoldiqlarning
yig‘indisi bilan ifodalanadi.
39
Qumlarning donadorlik tarkibi 5mm ko‘zli elakdan elab, yirik
qo‘shimchalarni ajratib aniqlanadi (rasm-2.2).
Do'stlaringiz bilan baham: