4-mavzu. Tabiy mayda va yirik toldiruvchilar reja


Rasm 4.1. Qumni ochiq holatda qazib olish


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/14
Sana13.04.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1354869
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
4 Мавзу

Rasm 4.1. Qumni ochiq holatda qazib olish: 
1- pastki maydon; 2-qiyalik; 3-yuqori maydon; 4-ishlov berilayotgan maydon.
Suv ostidagi qum konlarini qayta ishlashda suzuvchi uskunalardan tuproq 
so‘ruvchi snaryadlar keng ishlatiladi. Ularda ponton mavjud bo‘lib, ma’lum 
vaziyatga troslar, langarlar va qoziqsimon uskunalar yordamida joylashtiriladi. 
Pantonda tuproq so‘ruvchi markazdan qochma tipdagi nasos mavjud bo‘ladi. Suv 
ostiga tuproq so‘ruvchi uskuna va zarur holda mexanik bo‘shatgich tushuriladi. 
Tuproq so‘rgich va bo‘shatgich birga ishlaydi, chunki bo‘shagan qum suv bilan 
birga trubada suvli aralashma ko‘rinishida so‘riladi, suzuvchi aralashma uzatuvchi 
yordamida yig‘iladi. 


36 
Markazdan qochma tuproq so‘rgichlardan tashqari qum suvli aralashmani 
qazib olishda gidroelevatorlar ishlatiladi. Qum suvli aralashmalar qirg‘oq bo‘yidagi 
maxsus ombor maydonchasida yig‘iladi, u erdagi suv havzaga qaytariladi. Bunda bir 
vaqtning o‘zida qumni chang va gilsimon qo‘shimchalardan tozalash, boyitish va 
fraksiyalash ishlari bajariladi. 
Qumni gidromexanizatsiyalashgan qazib olish faqat daryo yoki boshqa suv 
havzalarida emas, balki suvli tekislik konlarida ham ishlatish mumkin. Suv 
yuzasidan yuqorida joylashgan qum konlarini qayta ishlash gidromonitorlarda 
bajariladi. Gidromonitor o‘zida boshqariladigan trubali stvol va ohirida tor 
nasadkani mujassamlashtiradi. Nasos yordamida yaqin masofadagi suv havzasidan 
uzatilgan suv gidromonitordan katta tezlikda tomchilab otiladi. 
Qumga quyiladigan talablar
Og‘ir beton tayyorlash uchun ishlatiladigan qum sifati asosan donalarining 
tarkibi va zararli aralashmalar bilan aniqlanadi. Qumning dona (granulometrik) 
tarkibi sementni kam sarflab kerakli markadagi beton hosil qilish uchun katta 
ahmiyatga ega. Og‘ir betonda qum yirik to‘ldirgich donalarining orasidagi bo‘sh 
joylarni to‘ldiradi, shu bilan birga qum donalarining orasidagi barcha bo‘sh joylar 
sement qorishmasi bilan to‘ldirilgan bo‘lishi kerak. Bundan tashqari shu 
qorishmaning o‘zi bilan barcha zarrachalarning yuzasi qoplangan bo‘lishi 
kerak.Sement qorishmasini tejash uchun bo‘sh joyi ham, zarrachalarining jami 
yuzasi ham juda kichik bo‘lgan qumlarni ishlatish lozim. 
Og‘ir beton tayyorlash uchun yiriklik moduli 2-3,25 bo‘lgan yirik va o‘rtacha 
qumlar tavsiya qilinadi. Beton uchun mayda va ayniqsa, juda mayda qumlardan 
foydalanishga faqat ularni ishlatilishi maqsadga muvofiqligini texnik- iqtisodiy 
jihatdan asoslangandan keyin ruxsat etiladi.
Qumning o‘rtacha zichligi uning g‘ovakligi va namligiga bog‘liq. Qum 
g‘ovakligi qancha past bo‘lsa, uning o‘rtacha zichligi shunchalik yuqori bo‘ladi, shu 
sababli o‘rtacha zichlik darajasi bo‘yicha qumning donadorligi sifatini baholash 
mumkin. Odatda yumshoq quruq kvars qumning o‘rtacha zichligi 1500-1550 kg/m
3

zichlangan qumning o‘rtacha zichligi 1600-1700 kg/m
3
atrofida o‘zgarib turadi. 
Bundan tashqari qumning o‘rtacha zichligi ma’lum darajada donalarning qanday 
tuzilganligini ko‘rsatadi. Masalan, zich, mustahkam va sovuqqa chidamli donador 
qumlarning o‘rtacha zichligi yuqori (kamida 1550 kg/m
3
) bo‘ladi. Bunday qumlar 
o‘ta mustahkam va sovuqqa chidamli betonlar tayyorlash uchun ishlatiladi. Kvars 
qumning eng past o‘rtacha zichligi uning 5-7 % namligiga mos keladi. Bu holni 
qumni odatdagidek me’yorlashda, shuningdek, uni qabul qilishda hisobga olish 
lozim. 
Beton uchun belgilangan qum sifati donadorligi bilangina emas, balki uning 
tarkibida zararli aralashmalar (gil va chang zarrachalar, organik aralashmalar, 


37 
sulfatli va sulfat kislotali birikmalar) bo‘lishi bilan ham aniqlanadi. Aralashmalar 
miqdori standartda belgilanganidan yuqori bo‘lmasligi kerak. 
Qumda changsimon va gilli zarralar miqdori 4.1- jadvalda ko‘rstailgan 
miqdordan oshmasligi kerak.
4.1-jadval 
Qum sinfi va guruhi 
Changsimon zarralar 
miqdori, % 
Gilli zarralar miqdori, % 
Tabiiy qumda 
Maydalashda olingan 
qumlar 
I - sinf 
Juda yirik 


Yirik va o‘rtacha 


Mayda 


II - sinf 
Juda yirik 

10 
Yirik va o‘rtacha 

10 
Mayda va juda mayda 

10 
Mayin va o‘ta mayin 
10 
me’yorlanmaydi 
Izoh: II - sinf mayda tabiiy qumda buyurtmachi bilan kelishilgan xolda 
changsimon va gilli zarralar miqdori massa bo‘yicha 7% gacha ruxsat etiladi 
Qum, bu mayda to‘ldiruvchi bo‘lib, uning tabiiy (boyitilgan va 
fraksiyalangan) va maydalangan (boyitilgan, fraksiyalangan, shu bilan birga tog‘ 
jinslarini shag‘alga aylantirishdagi maydalash chiqindilari) turlari mavjud.
Betonda qumni optimal miqdorda ishlatganda sement sarfini kamaytirishga va 
mustahkamlikni oshirishga erishiladi. Oddiy og‘ir beton uchun uyilma zichligi 
1400kg/m
3
dan yuqori va dona zichligi 2.0 g/sm
3
dan yuqori qumlar ishlatiladi. 
Qumning zarraviy tarkibiga ko‘ra, yiriklik bo‘yicha GOST 8736-93 p.4.3.1 
ga asosan guruhlarga ajratiladi: 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling