4-mavzu. Tadqiqot jarayoni bosqichlari reja: Tadqiqotlarni loyihalashtirish bosqichi Tadqiqotning texnologik fazasi


Tadqiqotning tuzilishini shakllantirish bosqichi


Download 442.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/23
Sana07.04.2023
Hajmi442.98 Kb.
#1336941
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
Bog'liq
4 мавзу Тадқиқот жараёни босиқчлари

Tadqiqotning tuzilishini shakllantirish bosqichi. 
Tadqiqotning vazifalarini aniqlash bosqichi. Ma’lum-ki, vazifa deyilganda 
muayyan sharoitlardagi faoliyatning maqsadi tushuniladi. Shunday qilib, tadqiqot 
vazifalari ta’riflangan gipotezani muayyan sharoitlarda tekshirishdagi tadqiqotning 
xususiy, nisbatan mustaqil maqsadlari sifatida gavdalanadi. Tadqiqot vazifalari 
odatda quyidagi ikki variantlardan birida ta’riflanadi.
Birinchi variant – nisbatan soddaroq va unchalik qat’iy bo‘lmagan variant, 
garchi amaliyotda yo‘l qo‘yilgan, masalan, kandidatlik dissertatsiyalarni 
rasmiylashtirishda uchraydigan variant – bunda vazifalar tadqiqotning nisbatan 
mustaqil bo‘lgan, yakunlangan bosqichlari sifatida shakllantiriladi. Lekin, umuman 
olganda, bular - ilmiy masalalar emas, balki tadqiqotning protsessual 
komponentlariga yaqinroq bo‘lgan voqe’likdir. Ular quyidagi fe’llarda ifodalanadi: 
“o‘rganish”, “taxlil qilish” va xokazo. Bu holda tadqiqot vazifalarini 
shakllantirishning bosqichli, davriy strukturasi aniq ko‘zga tashlanadi – har bir 
keyingi vazifa faqatgina avvalgi vazifani yechish asosidagina yechilishi mumkin. 
Ikkinchi variant - ilmiy jixatdan nisbatan murakkabroq va qat’iyroq, afzalroq 
variant hisoblanadi: vazifalar bunda ham tadqiqotning nisbatan mustaqil, 
yakunlangan qismlari sifatida shakllantiriladi. Lekin bu yerda, avvalgi holatdagi 
kabi davriy ketma-ketlik aniq ko‘zga tashlanmaydi. Vazifalar bu yerda tadqiqot 
muammosiga nisbatan ayrim “muammocha”larni yechish zaruriyati sifatida va, 
tabiiy-ki, muayyan shartlarda qo‘yilgan, tadqiqotning ifodalangan gipotezai ta’siri 
ostida bo‘lgan, tadqiqotning umumiy maqsadiga nisbatan juz’iy maqsadlar 


29 
(maqsadchalar) sifatida namoyon bo‘ladi. 
Sharoitlarni (resursli imkoniyatlarni) tadqiq qilish bosqichi. har qanday 
yechilishi mumkin bo‘lgan ilmiy masala faqatgina ma’lum sharoitlar mavjud 
bo‘lgandagina (juz’iy holat – resurslar bo‘lganda) yechilishi mumkin. Faoliyat 
sharoitlarining (sharoitlar guruxining) ularning tavsifnomalari bilan birgalikdagi 
to‘liq ro‘yxatini [53] manbada topish mumkin: xodimlar borasidagi, motivatsiyaviy, 
moddiy-texnik, ilmiy-metodik, moliyaviy, tashkiliy, normativ-xuquqiy, axborot 
borasidagi sharoitlar. 
Tabiiy-ki, tadqiqotning har bir vazifasi va sharoitlarning har bir guruxi 
bo‘yicha batafsil taxlil zarur: har bir muayyan vazifani yechish uchun qanday 
muayyan sharoitlar mavjud, qanday shartlarni bajarish zarur, qanday sharoitlarni 
yangitdan yaratish zarur. Ilmiy faoliyat uchun, birinchi navbatda, xodimlar 
borasidagi, moddiy-texnik va axborot borasidagi sharoitlarni o‘ta sinchkovlik bilan 
taxlil qilish zarur. 
Tadqiqotning dasturini barpo qilish bosqichi. Tadqiqotning tuzilishini 
shakllantirishning oxirgi bosqichi bo‘lib tadqiqotning dasturini (metodikasini) 
yaratish hisoblanadi. Metodika bu – o‘z ichiga muammoning, ob’ektning, tadqiqot 
predmetining ta’rifi, tadqiqotning maqsadi, gipotezalari, vazifalari, metodologik 
asoslari va tadqiqot metodlarini (bularning barchasini biz yuqorida ko‘rib chiqdik) 
oluvchi hujjat. Undan tashqari, tadqiqot metodikasini barpo qilish o‘z ichiga yana 
rejalashni, ya’ni ko‘zlangan ishlarni bajarishning davriy grafigini tuzishni ham 
kiritadi. Garchi ko‘p tadqiqotchilar tadqiqotlarni rejalashtirishga ozgina shubxa, 
ishonchsizlik bilan qarasalar ham, tajribalar shuni ko‘rsatadi-ki, rejalashtirish – 
foydali bo‘lgan tashkiliy unsur hisoblanadi. 
Rejalashtirish xaqida gap ketganda, rejalarning quyidagi ikki turini nazarda 
tutish kerak: individual tadqiqotni rejalashtirish; jamoaviy tadqiqotni rejalashtirish. 
Individual rejalashtirish. Qayd etish lozim-ki, tadqiqot rejalarini ishlab 
chiqish yillar davomida shakllanadigan ma’lum ko‘nikmani talab etadi. Ishga endi 
kirishgan tadqiqotchida bunday tajriba yo‘q, shuning uchun dastlabki paytlarda unga 
tajribali maslaxatchi, ilmiy raxbar kerak. Xazil tariqasida shuni aytish mumkin-ki, 
kitob hammualliflaridan biri kichik ilmiy xodim bo‘lib ishlagan paytda, ilmiy 
raxbariga o‘zining birinchi yillik ish rejasi loyixasini ko‘rsatgan: uni amalga oshirish 
keyinchalik 23 yilni talab qiladi va doktorlik dissertatsiyasini himoya qilish bilan 
yakunlanadi!
Jamoaviy tadqiqotni rejalashtirish masalalari, ularni bunday tadqiqotlarni 
tashkil qilish masalalaridan ayri holda ko‘rib chiqish mumkinmasligi uchun, 
pastroqda, 5-bobda ko‘rib chiqilgan. 
Tadqiqotning texnologik tayyorgarlik bosqichi eksperimental o‘quv-dasturiy 
hujjatlarni, o‘quv qo‘llanmalarni va o‘qitish vositalarini tayyorlashdan; kuzatishlar 


30 
bayoni blankalarini, anketalarni tayyorlashdan; zarur bo‘lgan eksperimental 
uskunalarni xarid qilish yoki tayyorlashdan, zarur bo‘lgan dasturiy ta’minotni 
yaratishdan va xokazolardan iborat. Tadqiqotning texnologik tayyorgarlik bosqichi 
har bir muayyan ilmiy ish uchun o‘ziga xosdir. 
Shu bilan biz tadqiqotni loyixalash fazasini ko‘rib chiqishni yakunlaymiz. 
O‘quvchi tabiiy bir savolni berishi mumkin: nega mualliflar tadqiqotni loyixalash 
ta’rifiga quyidagi, dissertatsiyalar uchun an’anaviy bo‘lgan apparatning 
komponentlarini qo‘shmadilar: tadqiqotning dolzarbligi, ilmiy yangiligi, nazariy 
ahamiyati, himoyaga olib chiqiladigan g‘oyalar, fikrlar?
Gap shunda-ki, mualliflar fikricha, ushbu bo‘limlar dissertatsiyada shuning 
uchun ham kerak-ki, dissertatsiya bu - malakaviy ish, bu bo‘limlar o‘quvchilardan 
ko‘ra dissertantning o‘ziga, o‘zini anglash uchun ko‘proq kerak: qanchalik muhim 
narsani u yaratdi? Bu yerda esa gap faqatgina dissertatsiya ishi emas, balki umuman 
tadqiqot o‘tkazish xaqida ketmoqda. 
Shunday qilib, biz tadqiqotni loyixalashtirishning barcha stadiyalari va 
bosqichlarini ko‘rib chiqishni yakunladik. Pastroqda endi biz tadqiqot o‘tkazishning 
texnologik fazasini ko‘rib chiqamiz. 

Download 442.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling