4-mavzu. Tadqiqot jarayoni bosqichlari reja: Tadqiqotlarni loyihalashtirish bosqichi Tadqiqotning texnologik fazasi
Download 442.98 Kb. Pdf ko'rish
|
4 мавзу Тадқиқот жараёни босиқчлари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotni o‘tkazish pallasi.
2. Tadqiqotning texnologik fazasi
Tadqiqotning texnologik fazasi shakllantirilgan ilmiy gipotezani tadqiqotning tuzilishini barpo qilish va texnologik tayyorlash bosqichida ishlab chiqilgan ishchi materiallar va uskunalar majmuiga mos holda bevosita tekshirishdan iborat. Texnologik faza ikki palladan iborat: tadqiqotni o‘tkazish va natijalarni rasmiylashtirish. Tadqiqotni o‘tkazish pallasi. Tadqiqotni o‘tkazish pallasi o‘z navbatida ikki bosqichdan iborat: nazariy bosqich (adabiyot ma’lumotlarini taxlil qilish va tizimlashtirish, tushunchalar apparatini aniqlashtirib olish, tadqiqot nazariy qismining mantiqiy tuzilishini shakllantirish) va empirik bosqich – tajriba-eksperimental ishni amalga oshirish. Nazariy bosqich. Adabiyot ma’lumotlarini taxlil qilish va tizimlashtirish. Ilmiy adabiyotlar bilan doimiy ishlash – har qanday ilmiy faoliyatning majburiy komponenti hisoblanadi. Ilmiy adabiyotning o‘zi esa ilm-fanning mavjud bo‘lishi va rivojlanishini ushlab turishning eng muhim vositalaridan biri bo‘lib hisoblanadi – birinchidan, erishilgan ilmiy bilimni tarqatish va saqlash vositasi, ikkinchidan, - kommunikatsiya vositasi, olimlarning o‘zaro ilmiy muloqoti vositasi. Qoidaga ko‘ra, ilmiy bilimlarning turli rivojlanish bosqichlarini aks ettiruvchi adabiyotlar u yoki bu turlarining turlicha funksiyalarini hisobga olish zarur. Yuqorida qayd etilganidek, dastlab yangi ilmiy faktlar, g‘oyalar, nazariyalar 31 ilmiy konferensiyalar, seminarlar, s’ezdlar, simpoziumlarda chop etiladigan tezislarda, shuningdek, predprintlarda va eng tez chop etiladigan boshqa nashrlar turlarida paydo bo‘ladi. Keyin ular endi tizimlashtirilgan va saralangan holdajurnallarda va to‘plamlarda chop etiladigan ilmiy maqolalarga o‘tadi. Keyin – yanada umumlashtirilgan, tizimlashtirilgan va tekshirilgan ko‘rinishdagi faktlar, g‘oyalar, nazariyalar monografiyalarda chop etiladi. Va ilmiy bilimlarning faqat fundamental, umumiy va bir necha bor tekshirilgan yangi komponentlari oliy ta’lim muassasalarining darsliklariga, eng ahamiyatlilari esa – maktab darsliklariga o‘tadi. Ilmiy bilimlarning bu xarakati dinamikasini tadqiqotchi, ilmiy adabiyot manbalarini ularning muhimlik, ishonchlilik va butun ilmiy dunyoda tan olinganlik darajalari bo‘yicha ajratgan holda ilmiy adabiyotlar bilan ishlashda hisobga olishi lozim. Adabiyotlar bilan ishlashni boshlagan har bir tadqiqotchi bibliografiyani tuzishga kirishadi. Xar bir tadqiqot uchun yetakchi ilmiy konsepsiyalar, nazariyani aniqlab olish zarur, ular mazkur ishning asosi sifatida olinadi. Bu yerda tadqiqotchi o‘z ishida foydalanadigan barcha – o‘nlab, yuzlab ilmiy adabiyotlar nazarda tutilmagan. Bu yerda gap xaqiqatda tadqiqot asosida yotgan, yirik olimlarning bir, ikki, uch, oshib ketsa to‘rt konsepsiyalari xaqida ketmoqda. Tadqiqotchi o‘z tadqiqotining metodologik bazasi xaqiqatda nimadan iborat ekanligini aniq ajratib olishi kerak. Tadqiqotning asosi sifatida qaysi nazariya, konsepsiyalar olinishini aniq ajratib olish zarurligi shundan ham kelib chiqadi-ki, ilm-fanda turlicha ilmiy maktablar mavjud, ular ko‘pincha deyarli bir xil muammo bilan shug‘ullanadilar, lekin turlicha nuqtai nazardan, turlicha yo‘nalishlarda. Bu ilmiy maktablar tamomila turlicha, ba’zida qarama-qarshi bo‘lgan ilmiy qarashlarga ega bo‘lishi mumkin. Turlicha ilmiy maktablarning mavjudligi ilm-fan rivoji uchun ob’ektiv zaruriyatdir. Lekin tadqiqotchi, o‘z tadqiqotini barpo qilar ekan, qat’iy nuqtai nazarda turishi kerak – qanday nazariyalar, konsepsiyalarni u bazaviy sifatida tanladi, nega tanladi, qanday nazariyalarni esa faqatgina adabiyotlar taxlili jarayonida ko‘rib chiqadi. Xar qanday ilmiy ishga qo‘yiladigan eng muhim talablar, bu – ishlatilayotgan Download 442.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling