4-mavzu. Tadqiqot jarayoni bosqichlari reja: Tadqiqotlarni loyihalashtirish bosqichi Tadqiqotning texnologik fazasi


Download 442.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/23
Sana07.04.2023
Hajmi442.98 Kb.
#1336941
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
Bog'liq
4 мавзу Тадқиқот жараёни босиқчлари

Mantiqiy yondashuv har bir xodisa, jarayonni xozirgi paytda u erishgan 
rivojlanish nuqtasida ko‘rib chiqishni nazarda tutadi, bu holda tadqiqotda abstrakt-
nazariy ishlanmalar ustun bo‘ladi. 
Tarixiy yondashuv ob’ektning muayyan-tarixiy genezisi (kelib chiqishi) va 
rivojlanishini ko‘rib chiqishni, rivojlanayotgan ob’ektning asosan genetik 
munosabatlarini tadqiq qilish va aks ettirishni ko‘zda tutadi, bu holda tadqiqotda 
muayyan, aniq tarixiy faktlar ustun bo‘ladi. 
Tarixiy va mantiqiy yondashuvlarning birligi, ularning o‘zaro bir-birini 
to‘ldirishi va chatishib ketishi zarurligini esdan chiqarmasligimiz kerak. 
Ko‘pincha, o‘rganilayotgan muammoning ochib tashlanishi bir vaqtning 
o‘zida ham tarixiy yondashuvni (xodisalar, jarayonlar va ilmiy g‘oyalar, 
nazariyalarning tarixiy rivojlanishi), ham mantiqiy yondashuvni (xodisalar, 
jarayonlar, shuningdek, g‘oyalar va nazariyalarning zamonaviy holati, ularning 
o‘zaro aloqalari) birlashtirganda - mantiqiy-tarixiy yondashuvning qo‘llanilishi 
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Mantiqiy-tarixiy yondashuvda mantiqiy jixat ustun 
hisoblanadi. 
Yana boshqa variant – tarixiy-mantiqiy yondashuvdir, unda, mantiqiy-tarixiy 
yondashuvdan farqli o‘laroq tarixiy jixat ustun hisoblanadi. 
Sifatli va miqdoriy yondashuvlar. Sifatli yondashuv o‘rganilayotgan xodisa, 
jarayonning uning o‘ziga xosligi va o‘ziga tegishli ekanligini, shuningdek, xodisalar, 
jarayonlar u bilan bir xil sinfga tegishli ekanligini aniqlovchi belgilari, xossalari, 
o‘ziga xos xususiyatlari majmuini aniqlashga qaratilgan. Miqdoriy yondashuv turli 
xodisalar, jarayonlarning tavsifnomalarini ularga tegishli bo‘lgan, kattaliklar va 
sonlarda ifodalanuvchi xossalarining rivojlanish darajalari yoki intensivligi bo‘yicha 
aniqlashga qaratilgan.
Predmetlar, xodisalar, jarayonlarning miqdoriy tavsifnomalarini baholash 
ham bir turdagi, ham tabiatan sifat jixatidan turlicha bo‘lgan xodisalar, jarayonlarga 
tegishli bo‘lgan umumiy xossalarni aniqlashdan boshlanadi. Bu umumiy xossalarni 
aniqlash go‘yoki ularning sifatdagi farqlarini yo‘qotadi va o‘lchash mumkin bo‘lgan 
muayyan birlikka olib keladi. Masalan, har bir kishi – takrorlanmas shaxs, va turli 
kishilarning umuman shaxslarini baholovchi qandaydir miqdoriy tavsifnomalarni 
kiritish, tabiiy-ki, mumkin emas. Lekin kishilarni qandaydir yagona ko‘rsatkichlar – 
bo‘yi, og‘irligi va xokazolar bo‘yicha, ya’ni, ularning har biriga xos bo‘lgan umumiy 
xossalar bo‘yicha solishtirish mumkin. 
Tadqiqot yondashuvlarinining sinflanishini dialektika kategoriyalari 
juftliklari bo‘yicha sanab o‘tishni davom ettirar ekanmiz, yana fenomenologik 


22 
(fenomen - xodisa) va moxiyatli yondashuvlarni ajratish mumkin: birinchi 
yondashuv u yoki bu o‘rganilayotgan xodisa, jarayonning tashqaridan kuzatiladigan, 
odatda o‘zgaruvchan tavsifnomalarini bayon etishga qaratilgan; ikkinchi yondashuv 
- u yoki bu o‘rganilayotgan xodisa, jarayonning ichki, chuqur, barqaror tomonlarini, 
mexanizmlarini, xarakatlantiruvchi kuchlarini aniqlashga qaratilgan. 
Fenomenologik yondashuv ilm-fan rivojining muayyan bosqichlarida juda 
o‘rinli bo‘ladi. Chunonchi, faqatgina o‘sha paytda biologiya to‘plagan ulkan, faktik, 
fenomenologik materiallar sharofati bilan K. Linney biologik turlarning 
sinflanishini, Ch. Darvin esa - evolyusiya nazariyasini yarata oldi. Yana boshqa 
misol – sayyoralarning xarakatlanishi qonunlari I. Keppler tomonidan ta’riflab 
berilgan, vaxolanki, unga asos bo‘lib daniyalik astronom Tixo Brage tomonidan 
bajarilgan ko‘p sonli kuzatishlar va o‘lchashlar xizmat qilgan. 
Nixoyat, tadqiqot yondashuvlarining ketma-ketligida yagona yondashuv va 
umumiy (umumlashtiruvchi) yondashuvlarning navbati keldi. Yagona yondashuv
uning nomidan ko‘rinib turibdi - ayrim xodisalar, jarayonlarni o‘rganishga 
qaratilgan, umumiy yondashuv xodisalar, jarayonlarning umumiy aloqalari, 
qonuniyatlari, tipologik belgilarini topishga qaratilgan. 
Yuqorida sanab o‘tilgan, dialektika kategoriyalari juftliklari bo‘yicha 
yondashuvlar sinflanishi mustaqil bo‘lgani sababli, har bir muayyan tadqiqot 
ma’lum yondashuvlar to‘plami bilan tavsiflanadi. Bunda, bitta tadqiqotning har xil 
vazifalari turlicha yondashuvlar to‘plami bilan yechilishi mumkin. 
Qayd etish lozim-ki, tadqiqot yondashuvi kategoriyasi, uning metodologik 
bilimlar strukturasidagi roli va o‘rni xali yetarlicha o‘rganilmagan. Ushbu 
masaladagi mavxumlikni quyidagi sodda misolda ko‘rsatish mumkin: yuqorida biz 
dialektika kategoriyalarining 5 juftliklari bo‘yicha (ikkinchi ma’nodagi) tadqiqot 
yondashuvlarini keltirdik. Demak, bir dona tadqiqot predmetida tadqiqot 
yondashuvlari variantlari soni 2
5
= 32 ta bo‘lishi mumkin ekan. Ya’ni, bir dona 
tadqiqot predmetida nazariy jixatdan 32 ta turli tadqiqot o‘tkazish mumkin ekan! 
Birinchi ma’nodagi joiz tadqiqot yondashuvlarini (tizimli, shaxsiy, sinergetik va 
xokazo) ham hisobga olsakchi? 
Shunisi e’tiborli-ki, estetika, san’atshunoslik, adabiyot nazariyasida 
tadqiqotlardagi tadqiqot yondashuvining analogi bo‘lib badiiy, adabiy asar metodi 
tushunchasi keladi: klassitsizm metodi, romantizm metodi, realizm metodi va 
xokazo; arxitekturada – uslub (stil) tushunchasi – klassik uslub, ampir, modern va 
xokazo. Ilm-fanda tadqiqot yondashuvlari ham metodlar rolini o‘ynaydi, lekin u 
maxsus turdagi metodlardir. Yuqorida biz tadqiqot metodlarini ikki darajaga 
bo‘ldik: metodlar–operatsiyalar va metodlar-amallar. Tadqiqot yondashuvlari go‘yo 
3-satxni, darajani tashkil qiladi – ular metodusti yoki ustmetodlar hisoblanadi. 
Tanlangan ob’ekt, predmet va tadqiqot yondashuvlari asosida tadqiqot 


23 
maqsadi aniqlanadi. 
Tadqiqot maqsadini aniqlash bosqichi. Tadqiqotning ob’ekti va predmeti 
asosida uning maqsadi aniqlanadi. Tadqiqot maqsadi bu – tadqiqot yakunida 
erishilishi lozim bo‘lgan eng umumiy (umumlashgan) holdagi voqe’likdir. 
Albatta, maqsadni quyidagicha qisqa ibora bilan formal ravishda ifodalash 
eng oson ish va mantiqan to‘g‘ri ham, va odatda shunday qilinadi ham (albatta, 
muammo savodli va adekvat ravishda ifodalanishi sharti bilan): “maqsad – qo‘yilgan 
tadqiqot muammosini yechish”. Ammo maqsadning bunday ifodalanishida 
tadqiqotchi go‘yoki “muammo to‘liq yechildi va keyingi tadqiqotchilarga ish 
qolmadi” deb o‘ziga mas’uliyat olgan bo‘ladi. Albatta, Davriy qonunni ochgan 
holda D.I. Mendeleev kimyoviy elementlarning sinflanishi muammosini xal qilgan. 
Yoki bo‘lmasam, A. Eynshteyn, maxsus nisbiylik nazariyasini yaratgan holda, 
mexanika va elektrodinamika qonunlarining mos kelishi muammosini xal qilgan. 
Lekin tadqiqotchi muammoni to‘liq yechdi, deb doimo ta’kidlash taxliqali 
hisoblansa kerak. Nima bo‘lganda ham, tadqiqot tugagach tadqiqot muammosi 
uning predmeti, maqsadi va qo‘yilgan vazifalar doirasida to‘la-to‘kis yechilishi 
kerak. (pastroqqa qarang). 
Qayd etish lozim-ki, gumanitar va ijtimoiy fanlar bo‘yicha ilmiy ishlarda, 
ayniqsa, kandidatlik dissertatsiyalar darajasidagi ishlarda ko‘pincha tadqiqot 
maqsadini ta’riflashda xatolik paydo bo‘ladi, sababi - ko‘zlanayotgan ilmiy natijani 
belgilashda har qanday tadqiqotning asosiy natijasi bo‘lishi lozim bo‘lgan yangi 
ilmiy bilimlar o‘rniga mualliflar amaliy maqsadni qo‘yadilar. “...jarayonini 
takomillashtirish...”, “...samaradorligini oshirish...” kabi maqsadlar tadqiqotning 
maqsadlari bo‘lishi kerak emas. Albatta, ma’lum sharoitlarda (joriy etish va 
boshqalar) ilmiy natijalar keyinchalik “...samaradorligini oshirish” va boshqalar 
uchun asos bo‘lishi mumkin, lekin baribir buni tadqiqot ishining maqsadi sifatida 
qo‘ymaslik kerak. Maqsadning xatto “ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish...” 
kabi ta’rifi ham tadqiqotning asosiy maqsadi emas, balki yordamchi, hamrox 
maqsadi, tadqiqotning amaliy ahamiyatini oshirish vazifalaridan biri bo‘lishi 
mumkin holos. 
Tadqiqot natijalarining xaqqoniyligini baholash me’zonlarini shakllantirish 
(tanlash) bosqichi. Tadqiqotning maqsadi aniqlangandan so‘ng, ya’ni, ushbu 
tadqiqotda qanday turdagi natijalar olinishi va ularning joiz, extimoliy strukturasi 
aniqlangach, tadqiqotchi bo‘lg‘usi natijalarning xaqqoniyligini baholash 
me’zonlarini topishni, belgilashni (aniqlashni) boshlaydi. “Baholash me’zoni – ya’ni 
qanday me’zonlar bo‘yicha innovatsiyalar yoki nazariyalarning baholanishi amalga 
oshiriladi?” – bu har qanday tadqiqotchi uchun eng murakkab va o‘tkir savol 
hisoblanadi. Me’zonlar – har qanday faoliyat uchun eng muhim muammodir. 
Me’zonlarning xato tanlanishi oqibatida ko‘p martalab butun-butun ijtimoiy 


24 
institutlar va iqtisodiy tizimlar vayron bo‘lgan.
Shuning uchun, tadqiqotni boshlashda, uning natijalarining xaqqoniyligini 
baholash me’zonlarini tanlashga jiddiy kirishish kerak. Ta’kidlash lozim-ki, nazariy 
tadqiqotning natijalarini baholash me’zonlari, umuman olganda, aniq qiymatga ega, 
bir ma’nolidir, ular ko‘p yillik tadqiqotlar tajribalarida ishlab chiqilgan. Empirik 
tadqiqot natijalarining esa xaqqoniyligini baholash me’zonlari har bir muayyan 
tadqiqot uchun betakror, o‘ziga xos, individualdir, chunki to‘laligicha uning 
mazmuniga bog‘liq. Shunday bo‘lsa ham, albatta, ularni tanlashga nisbatan 
qandaydir umumiy tavsiyalar mavjud. Ular xaqida pastroqda so‘z ketadi. 
Nazariy tadqiqot natijalarining xaqqoniyligini baholash me’zonlari. Nazariy 
tadqiqot natijasi bo‘lmish nazariya, konsepsiya yoki qandaydir nazariy qurilmalar-
konstruksiyalar ilmiy bilimlarning har qanday tarmoqlari uchun ifodalangan 
quyidagi prinsip-me’zonlarga javob berishi lozim:
1) 
predmetlilik; 
2) 
to‘lalik;
3) 
ziddiyatsizlik; 
4) 
talqin qilina olishlik; 
5) 
tekshirish mumkinligi; 
6) 
ishonchlilik; 
Ilmiy nazariyaning belgisi sifatidagi predmetlilik ilmiy nazariyaning barcha 
tushunchalar va da’volar majmui aynan bir predmetli sohaga tegishli bo‘lishi 
kerakligini anglatadi. Predmetlilik prinsipi aynan bir xil bo‘lgan xodisalar, 
jarayonlarni tushuntirish uchun bir necha nazariyalar mavjud bo‘lishi mumkinligini 
inkor qilmaydi (bu esa yuqorida ta’kidlangan qo‘shimchalilik prinsipiga mos 
keladi). 
Nazariyaning belgisi sifatidagi to‘lalik ushbu nazariya o‘zining predmetli 
sohasidagi barcha xodisalar, jarayonlarni qamrab olishi (ta’riflashi) kerakligini 
anglatadi. 
Nazariyaning belgisi sifatidagi o‘zaro zid bo‘lmaslik ushbu nazariyaning 
barcha postulatlari, g‘oyalari, prinsiplari, modellari, shartlari va boshqa strukturaviy 
elementlari mantiqan bir-biriga zid kelmasligi kerakligini anglatadi. Ma’lum-ki, 
ilmiy nazariyalarda ziddiyatlarni topish va ularni xal etish ilmiy nazariyalarni 
takomillashtirish, rivojlantirish yoki yangi nazariyalarni barpo qilishning rag‘bati 
sifatida namoyon bo‘ladi. 
Ilmiy nazariyaning belgisi sifatidagi talqin qilina olishlik (birinchi navbatda 
bu formal nazariyalarga tegishli) nazariya empirik mazmunga ega bo‘lishi kerak, 
nazariya formal natijalarning mazmunli interpretatsiyasi bo‘lishini ko‘zda tutishi 
kerakligini anglatadi – chunki empirik interpretatsiyasiz nazariya ham mavjud emas, 


25 
aks holda u belgilar, formulalarning oddiy to‘plamiga aylanadi-qoladi. Mazkur 
holatda matematika istisno etiladi, - sababi, masalan, N.I. Lobachevskiy tomonidan 
yaratilgan geometriya o‘z davri uchun sof abstraksiya edi va mazmunli 
interpretatsiyaga ega emas edi. 
Ilmiy nazariyaning tekshirish mumkinligi belgisi nazariyani uning mazmunli 
xaqiqatga egaligi va rivojlanishga, takomillashishga qodirligi nuqtai nazaridan 
tavsiflaydi. Tekshirish mumkinligi belgisi nazariyaning mazmuni real ob’ektlarning 
xossalari, munosabatlariga mos kelishini tasdiqlash bo‘lib namoyon bo‘ladi. Ko‘p 
hollarda bunday tasdiqlashning xal qiluvchi usuli bo‘lib tekshirish hisoblanadi. 
Tabiiy-ki, har qanday nazariyaning to‘laligi va o‘zaro zid bo‘lmasligi doimo 
nisbiy bo‘ladi. Xatto matematikada, K. Gedelning mashxur teoremalari ko‘rsatishi-
cha, har qanday nisbatan murakkab bo‘lgan nazariy tizim, bir tomondan to‘liq 
bo‘lmaydi, ikkinchi tomondan – uning o‘zaro zid bo‘lmasligi mazkur tizim doirasida 
to‘lig‘icha isbotlanishi mumkin emas. 
Ilmiy nazariyaning ishonchlilik belgisi ilmiy nazariyada uning asosiy 
g‘oyalari xaqqoniyligi ishonchli ravishda o‘rnatilganligini anglatadi. Bu jixatdan 
ilmiy nazariya ilmiy gipoteza (gipoteza) dan farq qiladi, ya’ni, ilmiy gipotezada 
xaqiqat xaqqoniylikning u yoki bu darajasi bilan o‘rnatiladi. 
Afsuski, gumanitar va ijtimoiy fanlar sohasidagi, ilmiy tabaqalarning barcha 
darajalaridagi ilmiy xodimlarning katta qismi (xatto ko‘pchilik qismi) ilmiy 
nazariya, konsepsiyaga qo‘yiladigan bu belgilar va talablar mavjudligi xaqida 
tasavvurga ham ega emas. Chop etilayotgan ishlarda odatda mutlaqo erkin bo‘lgan 
“...ligi” ko‘rinishidagi ko‘p sonli prinsiplar, shartlar, texnologiyalar va xokazo-va 
boshqalar kiritiladi: maqsadliligi, fundamentalligi, texnologikligi, dinamikligi, 
ochiqligi va xokazo-va boshqalar. Vaxolanki, har qanday ilmiy yig‘ilishda, har 
qanday konferensiyada va xokazolarda quyidagi oddiy samimiy savol bilan 
ko‘pchilik 
ma’ruzachilar 
“ko‘lmakka 
o‘tirishi” 
mumkin: 
Sizning 
konsepsiyangizning to‘laligini isbotlang-chi. Yoki bo‘lmasam: uning o‘zaro zid 
emasligini isbotlang? Va xokazo. 
Tabiiy-ki, yuqorida keltirilgan, ilmiy nazariya, konsepsiyaning belgilari-
me’zonlari dastlabkilar holos. Ular nazariy tadqiqot yakunlangach uning natijalarini 
dastlabki baholash imkonini beradi. Ilmiy nazariya ishonchliligining yakuniy 
me’zoni bo‘lib esa ilmiy nazariyani ommaviy amaliyotda amalga oshirish 
hisoblanadi. Aytishadi-ku, yaxshi nazariyadan ko‘ra omilkorroq, qulayroq narsa 
yo‘q. Lekin ushbu me’zon namoyon bo‘lishi uchun vaqt talab etiladi. Va ko‘pincha 
– anchagina uzoq vaqt talab etiladi. 
Empirik tadqiqot natijalarining ishonchliligini baholash me’zonlari. Empirik 
tadqiqot natijalarining ishonchliligi me’zonlari, xususan, quyidagi belgilarga javob 
berishi kerak:


26 
1. 
Me’zonlar shu darajada ob’ektiv bo‘lishi kerak-ki, (mazkur ilmiy 
sohada mumkin bo‘lgan darajagacha) ular o‘rganilayotgan belgini bir ma’noda 
baholash imkonini berishi lozim, turli shaxslar tomonidan baxsli, munozarali 
baholar berilishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. 
2. 
Me’zonlar adekvatli, validli bo‘lishi kerak, ya’ni tadqiqotchi baholashi 
lozim bo‘lgan aynan o‘sha narsa baholanishi kerak. 
3. 
Me’zonlar tadqiq qilinadigan xodisalarga nisbatan neytral bo‘lishi 
kerak. Chunonchi, pedagogik tajriba davomida, masalan, ba’zi sinflarda o‘quvchilar 
tomonidan yangi mavzu o‘rganilsa-yu, boshqa sinflarda bu mavzu o‘rganilmasa, 
unda solishtirish me’zoni sifatida o‘quvchilar tomonidan ushbu mavzuni bilishini 
olmaslik kerak. 
4. 
Me’zonlar majmui tadqiq qilinayotgan xodisa, jarayonning barcha 
ahamiyatli xossalarini yetarlicha to‘lalik bilan qamrab olishi darkor. 
Odatda “me’zon” tushunchasining sal boshqacha bo‘lgan, lekin u ham to‘g‘ri 
bo‘lgan talqin etilishi ham uchrab turadi, bunda me’zon rolida - olingan natijaning, 
maqsadga yetishishning sifat tomoni qabul qilinadi. Bunda endi “me’zon” 
tushunchasi “ko‘rsatkich”, “parametr” tushunchalaridan ajratiladi. Bunday talqin 
etilishda aynan bir me’zon bir necha ko‘rsatkichlarga, parametrlarga ega bo‘lishi 
mumkin. Masalan, ishchi, mutaxassis tomonidan muayyan topshiriqning bajarilishi 
samaradorligi (me’zon) sarflangan vaqt va yo‘l qo‘yilgan xatoliklar soni 
(parametrlar) bo‘yicha baholanadi. 
Tadqiqotning bo‘lgusi natijalari ishonchliligining me’zonlarini shakllantirish 
bilan tadqiqotni loyixalashning konseptual bosqichi yakunlanadi. Tadqiqotning 
keyingi bosqichi – gipoteza (gipoteza)ni yaratish hisoblanadi. 

Download 442.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling