4-mavzu. Tadqiqot jarayoni bosqichlari reja: Tadqiqotlarni loyihalashtirish bosqichi Tadqiqotning texnologik fazasi
Download 442.98 Kb. Pdf ko'rish
|
4 мавзу Тадқиқот жараёни босиқчлари
solishtirma tadqiqotlar kiradi. Masalan, Fransiya va O‘zbekiston qonunchiligining
solishtirma tadqiqoti. Modomi-ki, biz analogiya bo‘yicha ko‘pliklar ustidagi barcha bazaviy operatsiyalarga mos keluvchi predmetli sohalarni tuzish usullarini ko‘rib chiqqan ekanmiz, predmetli sohalarni aniqlashning barcha joiz, mumkin bo‘lgan usullari yuqoridagi operatsiyalar va kombinatsiyalar to‘plami bilan cheklanadi, deb taxmin qilish mumkin. Shunday qilib, umumlashtiruvchi tadqiqotni o‘tkazishda o‘rnatilgan predmetli sohada tadqiqotning ob’ekti va predmeti aniqlanadi. Tadqiqot mavzusi. Kitobxonda quyidagi o‘rinli savol paydo bo‘lishi tabiiy edi – nega shu paytgacha tadqiqotning mavzusi xaqida gap bormadi? Bir qarashda, birinchi o‘rinda tadqiqotning mavzusi turishi kerak, va undan keyingina uning bosh g‘oyasi, ziddiyati, muammosi va xokazolar turishi kerakdek go‘yo. Albatta, tadqiqot avvalida tadqiqot mavzusi ta’riflanadi, ifodalanadi. Lekin yakunlangan ko‘rinishga mavzu, qoidaga ko‘ra, tadqiqot predmeti ifodalangandan keyin ega bo‘ladi – chunki aksariyat holatlarda aynan tadqiqot mavzusi tadqiqot predmetiga ishora qiladi, tadqiqot mavzusidagi tayanch so‘z yoki ibora esa ko‘pincha tadqiqotning ob’ektiga ishora qiladi. Tadqiqot ob’ektidan tashqari, tadqiqotning mazmuni va yo‘nalishini tadqiqotchilik yondashuvlari belgilab beradi. Tadqiqotchilik yondashuvi kategoriyasi ikki xil ma’noda keladi. Birinchi ma’noda yondashuv bir dastlabki prinsip, dastlabki fikr, asosiy fikr sifatida qaraladi, masalan, butun yondashuv, kompleks yondashuv, funksional yondashuv (texnikada). Axborot (kibernetik) yondashuv ham ko‘p uchraydi, avvallari sobiq ittifoqda sinfli yondashuv (sotsialistik-kapitalistik) bo‘lgan va xokazo. Bunday tushunchada quyidagilar ko‘p tilga olinadi: tizimli yondashuv, kopleks yondashuv, sinergetik yondashuv va xokazo. Ikkinchi ma’noda tadqiqotchilik yondashuvi tadqiqot predmetini o‘rganish yo‘nalishi sifatida qaraladi. Bunday turdagi yondashuvlar umumilmiy ahamiyatga 20 ega, ularni har qanday fandagi tadqiqotlarga qo‘llash mumkin, va kutb tomonlarni, tadqiqot jarayoni yo‘nalishlarini aks ettiruvchi dialektikaning juftli kategoriyalari bo‘yicha tasniflanadi: mazmuni va shakli, tarixiy va mantiqiy, sifati va miqdori, xodisasi va moxiyati va boshqalar. Mazmunli va formal yondashuvlar. Mazmunli yondashuv, uning nomidan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, o‘rganilayotgan xodisalar va jarayonlarning mazmuniga e’tibor berishni talab qiladi; ushbu xodisa, jarayonlarning asosiy turi, xarakterini belgilaydigan ularning elementlari majmuini va ular o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni aniqlashni talab qiladi; faktlarga, kuzatishlar, tajribalar natijalariga murojaat qilishni va ulardan abstraksiyalar, taxlil, sintez vositasida nazariy xulosalarni chiqarishni talab qiladi. Formal yondashuv esa, (ushbu holatda “formal” so‘zi, masalan, “byurokratning formal munosabati” kabi negativ ma’noni anglatmaydi) o‘rganilayotgan jarayonlar, xodisalardan - “sof” holda, butun jarayon, xodisa bilan aloqadan tashqarida qaraladigan faqatgina barqaror, nisbatan o‘zgarmas jixatlarni chiqarib olishni ko‘zda tutadi. Formal (ba’zan uni formallashgan deb ataydilar) yondashuv qaralayotgan jarayon yoki xodisaning elementlari o‘rtasidagi barqaror aloqalarni ochib tashlash imkonini beradi. Mazmunli va formal yondashuvlar o‘rtasidagi farqni aniqlab olish uchun quyidagi misolni keltiramiz. Aytaylik, o‘quvchilarning darslarni yomon o‘zlashtirilishi o‘rganilmoqda. Ushbu xodisaning, masalan, ijtimoiy sabablarini aniqlash mazmunli yondashuvni talab qiladi. Ushbu xodisaning yillar bo‘yicha o‘zgarishi dinamikasi yoki mintaqalar bo‘yicha taqsimlanishining statistik qonuniyatlarini aniqlash esa odatda formal yondashuv doirasida amalga oshiriladi. Matematik apparatning har qanday qo‘llanilishi, xodisa, jarayonlarning matematik modellarining har qanday qo‘llanilishi, har qanday simvolli yoki formulali tillarning qo‘llanilishi – bularning barchasi formal yondashuvning amalga oshirilishidir. Tabiiy-ki, mazmunli va formal yondashuvlar o‘zaro bog‘liq va bir-birini taqozo qiladi. Qoidaga ko‘ra, predmetni formal ko‘rib chiqishdan avval uning mazmunli taxlili amalga oshirilishi lozim. Shu bilan birga, formallashtirish – ya’ni, mazmunli bilimlarni sun’iy tilga o‘tkazish teskari jarayon – talqin qilish (interpretatsiya), formal natijalarni mazmunli izohlash bilan ham to‘ldiriladi. Ta’kidlash kerak-ki, formal yondashuv albatta to‘g‘ridan-to‘g‘ri miqdoriy yondashuv bilan bog‘liq, deyishimiz noto‘g‘ri. Chunonchi, bir qator tadqiqotlarda topologiya, graflar nazariyasi ko‘p ishlatiladi, ular matematikaning bo‘limlari bo‘lgani bilan, kattaliklar, sonlar tushunchalari bilan doim ham shug‘ullanmaydi. Mantiqiy va tarixiy yondashuvlar. Tarixiylikning dialektik prinsipi rivojlanuvchi ob’ektlarni tadqiq qilish jarayonida bilishning mantiqiy va tarixiy 21 usullari birligini nazarda tutadi. Mantiqiy usul o‘rganilayotgan ob’ektni uning nazariyasi shaklida qayta tiklaydi, tarixiy usul esa – uning tarixi shaklida qayta tiklaydi. Tabiiy-ki, ular bir-birini to‘ldiradi. Download 442.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling