4-mavzu. Tadqiqot jarayoni bosqichlari reja: Tadqiqotlarni loyihalashtirish bosqichi Tadqiqotning texnologik fazasi
Tadqiqotning tuzilishini shakllantirish bosqichi
Download 442.98 Kb. Pdf ko'rish
|
4 мавзу Тадқиқот жараёни босиқчлари
Tadqiqotning tuzilishini shakllantirish bosqichi.
Tadqiqotning vazifalarini aniqlash bosqichi. Ma’lum-ki, vazifa deyilganda muayyan sharoitlardagi faoliyatning maqsadi tushuniladi. Shunday qilib, tadqiqot vazifalari ta’riflangan gipotezani muayyan sharoitlarda tekshirishdagi tadqiqotning xususiy, nisbatan mustaqil maqsadlari sifatida gavdalanadi. Tadqiqot vazifalari odatda quyidagi ikki variantlardan birida ta’riflanadi. Birinchi variant – nisbatan soddaroq va unchalik qat’iy bo‘lmagan variant, garchi amaliyotda yo‘l qo‘yilgan, masalan, kandidatlik dissertatsiyalarni rasmiylashtirishda uchraydigan variant – bunda vazifalar tadqiqotning nisbatan mustaqil bo‘lgan, yakunlangan bosqichlari sifatida shakllantiriladi. Lekin, umuman olganda, bular - ilmiy masalalar emas, balki tadqiqotning protsessual komponentlariga yaqinroq bo‘lgan voqe’likdir. Ular quyidagi fe’llarda ifodalanadi: “o‘rganish”, “taxlil qilish” va xokazo. Bu holda tadqiqot vazifalarini shakllantirishning bosqichli, davriy strukturasi aniq ko‘zga tashlanadi – har bir keyingi vazifa faqatgina avvalgi vazifani yechish asosidagina yechilishi mumkin. Ikkinchi variant - ilmiy jixatdan nisbatan murakkabroq va qat’iyroq, afzalroq variant hisoblanadi: vazifalar bunda ham tadqiqotning nisbatan mustaqil, yakunlangan qismlari sifatida shakllantiriladi. Lekin bu yerda, avvalgi holatdagi kabi davriy ketma-ketlik aniq ko‘zga tashlanmaydi. Vazifalar bu yerda tadqiqot muammosiga nisbatan ayrim “muammocha”larni yechish zaruriyati sifatida va, tabiiy-ki, muayyan shartlarda qo‘yilgan, tadqiqotning ifodalangan gipotezai ta’siri ostida bo‘lgan, tadqiqotning umumiy maqsadiga nisbatan juz’iy maqsadlar 29 (maqsadchalar) sifatida namoyon bo‘ladi. Sharoitlarni (resursli imkoniyatlarni) tadqiq qilish bosqichi. har qanday yechilishi mumkin bo‘lgan ilmiy masala faqatgina ma’lum sharoitlar mavjud bo‘lgandagina (juz’iy holat – resurslar bo‘lganda) yechilishi mumkin. Faoliyat sharoitlarining (sharoitlar guruxining) ularning tavsifnomalari bilan birgalikdagi to‘liq ro‘yxatini [53] manbada topish mumkin: xodimlar borasidagi, motivatsiyaviy, moddiy-texnik, ilmiy-metodik, moliyaviy, tashkiliy, normativ-xuquqiy, axborot borasidagi sharoitlar. Tabiiy-ki, tadqiqotning har bir vazifasi va sharoitlarning har bir guruxi bo‘yicha batafsil taxlil zarur: har bir muayyan vazifani yechish uchun qanday muayyan sharoitlar mavjud, qanday shartlarni bajarish zarur, qanday sharoitlarni yangitdan yaratish zarur. Ilmiy faoliyat uchun, birinchi navbatda, xodimlar borasidagi, moddiy-texnik va axborot borasidagi sharoitlarni o‘ta sinchkovlik bilan taxlil qilish zarur. Tadqiqotning dasturini barpo qilish bosqichi. Tadqiqotning tuzilishini shakllantirishning oxirgi bosqichi bo‘lib tadqiqotning dasturini (metodikasini) yaratish hisoblanadi. Metodika bu – o‘z ichiga muammoning, ob’ektning, tadqiqot predmetining ta’rifi, tadqiqotning maqsadi, gipotezalari, vazifalari, metodologik asoslari va tadqiqot metodlarini (bularning barchasini biz yuqorida ko‘rib chiqdik) oluvchi hujjat. Undan tashqari, tadqiqot metodikasini barpo qilish o‘z ichiga yana rejalashni, ya’ni ko‘zlangan ishlarni bajarishning davriy grafigini tuzishni ham kiritadi. Garchi ko‘p tadqiqotchilar tadqiqotlarni rejalashtirishga ozgina shubxa, ishonchsizlik bilan qarasalar ham, tajribalar shuni ko‘rsatadi-ki, rejalashtirish – foydali bo‘lgan tashkiliy unsur hisoblanadi. Rejalashtirish xaqida gap ketganda, rejalarning quyidagi ikki turini nazarda tutish kerak: individual tadqiqotni rejalashtirish; jamoaviy tadqiqotni rejalashtirish. Individual rejalashtirish. Qayd etish lozim-ki, tadqiqot rejalarini ishlab chiqish yillar davomida shakllanadigan ma’lum ko‘nikmani talab etadi. Ishga endi kirishgan tadqiqotchida bunday tajriba yo‘q, shuning uchun dastlabki paytlarda unga tajribali maslaxatchi, ilmiy raxbar kerak. Xazil tariqasida shuni aytish mumkin-ki, kitob hammualliflaridan biri kichik ilmiy xodim bo‘lib ishlagan paytda, ilmiy raxbariga o‘zining birinchi yillik ish rejasi loyixasini ko‘rsatgan: uni amalga oshirish keyinchalik 23 yilni talab qiladi va doktorlik dissertatsiyasini himoya qilish bilan yakunlanadi! Jamoaviy tadqiqotni rejalashtirish masalalari, ularni bunday tadqiqotlarni tashkil qilish masalalaridan ayri holda ko‘rib chiqish mumkinmasligi uchun, pastroqda, 5-bobda ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotning texnologik tayyorgarlik bosqichi eksperimental o‘quv-dasturiy hujjatlarni, o‘quv qo‘llanmalarni va o‘qitish vositalarini tayyorlashdan; kuzatishlar 30 bayoni blankalarini, anketalarni tayyorlashdan; zarur bo‘lgan eksperimental uskunalarni xarid qilish yoki tayyorlashdan, zarur bo‘lgan dasturiy ta’minotni yaratishdan va xokazolardan iborat. Tadqiqotning texnologik tayyorgarlik bosqichi har bir muayyan ilmiy ish uchun o‘ziga xosdir. Shu bilan biz tadqiqotni loyixalash fazasini ko‘rib chiqishni yakunlaymiz. O‘quvchi tabiiy bir savolni berishi mumkin: nega mualliflar tadqiqotni loyixalash ta’rifiga quyidagi, dissertatsiyalar uchun an’anaviy bo‘lgan apparatning komponentlarini qo‘shmadilar: tadqiqotning dolzarbligi, ilmiy yangiligi, nazariy ahamiyati, himoyaga olib chiqiladigan g‘oyalar, fikrlar? Gap shunda-ki, mualliflar fikricha, ushbu bo‘limlar dissertatsiyada shuning uchun ham kerak-ki, dissertatsiya bu - malakaviy ish, bu bo‘limlar o‘quvchilardan ko‘ra dissertantning o‘ziga, o‘zini anglash uchun ko‘proq kerak: qanchalik muhim narsani u yaratdi? Bu yerda esa gap faqatgina dissertatsiya ishi emas, balki umuman tadqiqot o‘tkazish xaqida ketmoqda. Shunday qilib, biz tadqiqotni loyixalashtirishning barcha stadiyalari va bosqichlarini ko‘rib chiqishni yakunladik. Pastroqda endi biz tadqiqot o‘tkazishning texnologik fazasini ko‘rib chiqamiz. Download 442.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling